Http (Hypertext Transfer Protocol) - "Gipermatnlarni uzatish protokoli" - tarmoq protokollari ichida eng sodda va qulay hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi "Giperbog`lanish" dan hosil bo`lgan URL – adresli elektron hujjatlarni o`qishga oid so`rov (zaproc) ni serverga jo`natish va so`ralayotgan hujjat olib bo`lingandan so`ng server bilan aloqani uzishdan iborat.
Elektron pochta (E-mail).
Elektron pochta (E-mail – Electronic mail) oddiy pochta vazifasini bajaradi. U bir manzildan ikkinchisiga ma`lumotlarni junatilishini ta`minlaydi. Uning eng asosiy afzalligi vaqtga bog`liq emasligidir. Elektron xatlar jo`natilgan zaxotiyoq manzilga boradi va egasi olguncha qadar uning pochta qutisida saqlanadi. Elektron xatlar bir vaqtning o`zida bir necha adreslar bo`yicha jo`natilishi mumkin:
MS DOS dan foydalanuvchilar uchun btm programmasi kengroq tarqalgan.
Unix- tizimlar uchun elm programmasi kengroq tarqalgan.
Windows operatsion tizimida edektron pochta bilan ishlashni Microsoft Outlook Expess ilovasi ta`minlaydi.
Internet bir-biriga bog`langan kompyuterlar yagona tarmog`idir. Internetga bog`lanishning bir necha usuli mavjud. Bog`lanish turlari o`zaro imkoniyatlari va ma`lumotlarni uzatish tezligi bilan farqlanadi. Sifat va tezlik oshishi bilan narx ko`tariladi.
To`g`ridan-to`g`ri kirish (ajratilgan liniya bo`yicha);
SLIP va RRR (yordamida);
"CHaqiruv`` yordamida bog`lanish (Dial-up Access, Dial-up);
UUCP yordamida.
To`g`ridan-to`g`ri bog`lanish. Buning uchun aloqa tarmoq ajratiladi. Uni odatda provayder ta`minlaydi. Bu usul tarmoqning barcha imkoniyatlaridan to`liq foydalanishga imkon beradi. Kompyuteringiz server vazifasini o`taydi. Siz bu holda Provayder sifatida ishlashingiz mumkin. YA`ni Server yordamida maxalliy tarmog`i kompyuterlarni: Internetga bog`lashingiz mumkin. Ma`lumotlarni uzatish tezligi 10 MbҒsek. To`g`ridan-to`g`ri aloqani Radio Ethernet orqali amalga oshirish mumkin. Bunday bog`lanish uchun tarmoq simlarining zaruriyati bo`lmaydi. Bu bog`lanish radio-antenalar yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |