Internet tarmog’ining ijobiy va salbiy jihatlari. Axborot xavfsizligi immunitetini shakllantirish


Download 22.59 Kb.
bet1/4
Sana28.01.2023
Hajmi22.59 Kb.
#1136370
  1   2   3   4
Bog'liq
Internet tarmog’ining ijobiy va salbiy jihatlari. Axborot xavfsizligi immunitetini shakllantirish


Internet tarmog’ining ijobiy va salbiy jihatlari. Axborot xavfsizligi immunitetini shakllantirish

Reja:



Kirish

  1. Internet tarmog`larining insonlar hayotiga kirib borishi

  2. Internet tarmog`larining ijobiy va salbiy tomonlari

  3. Axborot xavfsizligini shakllantirish

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


Kirish
Kim nima desin-u, lekin Intenet hayotimizga tobora chuqurroq kirib borib, ni tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgartirib yuboryapti. Shu yerda bir muammo paydo bo‘ladi: tun-u kun hamma murojaat qila oladigan va hatto yosh bolakaylar ham foydalana oladigan axborotlar manbaiga bog‘liq bo‘lib qolishda qanchalik darajada ijobiylik mavjud?
Albatta, Internetning asosiy yutug‘i shundaki, u axborot tashuvchisi hisoblanadi. Axborot esa hozirgi globallashuv davrida neft, gaz, oltin va shu kabi qimmatbaho tabiiy boyliklardan yuqoriroq baholanadi. Axborotga ega bo‘lgan odam hamma narsaga ega bo‘ladi. Biroq borgan sari Internet o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifani emas, aksincha undan hech kim kutmagan narsalarni bajarmoqda. Unda joylashgan ma`lumotlar ham doimo foydali bo‘lavermaydi.


  1. Internet tarmog`lqarining insonlar hayotiga kirib borishi

Hamma Internet haqida eshitgan va undan foydalanishni xohlaydi. Ma’lumki, internet axborotni soniyalar ichida uzoq masofalarga uzatish imkonini beradi. Shuning uchun biz hozir internetni kelib chiqishi, uning tarkibi, unda axborot qanday qoidalar asosida uzatilshi haqida ma’lumot beriladi.Internet tarixi o’zgarib va rivojlanib turuvchi olam yoki jamiyat haqida turli xil ko’rinishdagi katta hajmli axborotlar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida yig’ilib bormoqda. Bu ma’lumotlardan foydalanish zamonaviy axborot texnologiyasi vositalarisiz katta mablag’ va vaqt talab etadi.Bunday muammolar Internet (Xalqaro information tarmoq) ning tashkil etilishi bilan hal etiladi. Internet “sovuq urush “ mahsuli hisoblandi. Uni yaratilishiga yadro zarbalaridan qisman zararlanganda ham ishlay olishga mo’ljallangan tajribaviy aloqa sistemasi sifatida XX asrning 70-yillari boshlarida AQSH Mudofaa Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ARPANET aloqa tarmog’i asos bo’lgan. ARPANET—buzilgan aloqa bo’g’inlarni avtomatik ravishda aylanib o’tishga va tarmoqdagi kompyuterlarning ma’lumot almashishiga imkon yaratuvchi kommunikatsiyalari paketidir. ARPANET tarmog’i birinchi marta ishga tushirilganda 4 ta kompyuter orasida maxsus kabel orqali atigi 2 minut davomida axborot almashinilgan. Avvaliga bu tarmoq maxfiy hisoblangan. Keyinchalik, modem va telefon tarmog’I orqali axborot almashinish imkoniyati yuzaga kelgandan so’ng bu tarmoqqa turli korxona va tashkilotlar ulanib olgan. Shu tariqa bu tarmoq Internet tarmog’iga aylangan.
Bu tarmoq ARPANET(Advanced Research Projects Agency Network) nomini oladi va o‘tgan asrning yetmishinchi yillarida ishlay boshlaydi. U asta-sekinlik bilan oddiy odamlar faoliyatiga ham ta`sirini o‘tkaza boshlaydi. Bunga tobora kichikroq va arzonroq bo‘la boshlagan kompyuterlarning keskin ravishda ko‘payishi sabab bo‘ladi. Ammo, 1984 yilda AQSHda yangi universitet tarmog‘i NSFNet yaratilgach ARPANET o‘z muhimligini yo‘qota boshlaydi va 1990 yilda o‘zi haqida faqat xotira va tarixiy faktlarnigina qoldirib faoliyatini to‘liq to‘xtatadi.



  1. Download 22.59 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling