Internet tushunchasi
Download 21.69 Kb.
|
1 2
Bog'liqJabbarov X. Internet tushunchasi. Glabal tarmoq tushunchasi
Internet tushunchasi. Global tаrmogʼi vа uning аhаmiyati Internet tushunchasi; Global tarmoq tushunchasi; Internet tushunchasi. Internet bu yagona standart asosida faoliyat koʼrsatuvchi jahon global kompyuter tarmogʼidir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, yaʼni “international network” – xalqaro tarmoq va “interconnected networks” «tarmoqlararo» degan maʼnoni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi boʼlib, oʼzining alohida axborot maydoniga ega boʼlgan virtual toʼplamdan tashkil topadi. Internet tarmogʼi, unga ulangan barcha kompyuterlarning oʼzaro maʼlumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet tarmogʼining har bir mijozi oʼzining shaxsiy kompyuteri orqali boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. masalan, vashingtondagi kongress kutubxonasi katalogini koʼrib chiqish, nyu-yorkdagi metropoliten muzeyining oxirgi koʼrgazmasiga qoʼyilgan suratlar bilan tanishish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, bank muomalalarini amalga oshirishi va hatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi internet tarmogʼi mijozlari bilan shaxmat oʼynash mumkin. Global tarmoq tushunchasi. Internet tarmogʼining asosiy yacheykalari (qismlari) bu shaxsiy kompyuterlar va ularni oʼzaro bogʼlovchi lokal tarmoqlardir. Internet tarmogʼi – bu global tarmoq vakili hisoblanadi. Internet alohida kompyuterlar oʼrtasida aloqa oʼrnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini oʼzaro birlashtirish imkonini ham beradi. аgar bironbir mahalliy tarmoq bevosita internetga ulangan boʼlsa, u holda mazkur tarmoqning har bir ishchi stantsiyasi (kompyuteri) internet xizmatlaridan foydalanish mumkin. Shuningdek, internet tarmogʼiga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar ham mavjud boʼlib, ularni xost kompyuterlar (host – asosiy hisoblash mashinasi) deb atashadi. Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter oʼz manziliga ega va u yordamida dunyoning istalgan nuqtasidagi istalgan foydalanuvchi bilan muloqot qila olishi mumkin. Internet tarmogʼining tuzilishi. Internet oʼz - oʼzini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim boʼlib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan: texnik; dasturiy; axborot. Internet tarmogʼining texnik taʼminoti har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sunʼiy yoʼldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoqning texnik vositalari majmuidan tashkil topgan. Internet tarmogʼining dasturiy taʼminoti (tarkibiy qismi) tarmoqka ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) ishlashni taʼminlovchi dasturlar. Internet tarmogʼining axborot taʼminoti internet tarmogʼida mavjud boʼlgan turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir, veb-sayt va hokazo koʼrinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan. Internetning ikkita asosiy vazifasi boʼlib, buning birinchisi axborot makoni boʼlsa, ikkinchisi esa kommunikatsion vositasidir. Internetga bogʼlanish. Internet tarmogʼiga ulanish ajratilgan aloqa kanali (optik tola, sunʼiy yoʼldosh aloqasi, radiokanal, ajratilgan kommutatsiyalanmaydigan telefon liniyasi) boʼyicha doimiy ulanish, shuningdek kommutatsiyalanadigan, yaʼni uzib-ulanadigan ulanish (dial-ur access, dial-ur) koʼrinishida amalga oshiriladi. Telefon liniyasi orqali internetga ulanish. internet tarmogʼiga oddiy telefon tarmoqlari orqali standart modem qurilmalari yordamida ulanish mumkin. Telefon liniyasi orqali internetga ulanishda modem qurilmasidan tashqari maxsus dasturdan (protokol) ham foydalaniladi. bunda ushbu dastur yordamida internetga ulanganda telefon liniyasi band qilinadi, seans tugatgandan soʼng telefon tarmogʼi boʼshatiladi va unda boshqa foydalanuvchi foydalaniishi mumkin. Internetga ulanishni amalga oshiruvchi dasturning yutugʼi shundaki, ular internetga toʼgʼridan toʼgʼri ulanishga imkon beradi. Telefon liniyasi orqali «chaqiruv» boʼyicha internetga bogʼlanish internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder bilan mijoz oʼrtasida amalga oshiriladi. bunda foydalanuvchi mantiqiy nom (login) va maxfiy belgi (parol) yordamida internetga toʼgʼridan-toʼgʼri ulanadi. Mobil aloqa vositalari yordamida internetga ulanish. internet tarmogʼiga nafaqat kabel yoki telefon liniyasi orqali simli ulanish mumkin, balki mobil aloqa vositalari yordamida simsiz ulanish ham mumkin. internet tarmogʼiga simsiz ulanish kompyuter orqali yoki mobil telefonning oʼzida amalga oshiriladi. Аgar kompyuter orqali internetga simsiz ulanish kerak boʼlsa, u holda kompyuterdan tashqari internet xizmatlarini taqdim etuvchi operator yoki provayderning simsiz ishlovchi modemi yoki xuddi shu vazifani bajaruvchi mobil telefon apparati zarur. Аgar mobil telefonning oʼzida turib internetga bogʼlanish yoki undan foydalanish kerak boʼlsa, u holda internet xizmatlarini koʼrsatuvchi mobil operatorning mijozi boʼlishingiz va unda gprs xizmati yoqilgan boʼlishi talab qilinadi. mobil aloqa vositalari yordamida internetdan foydalanilganda wap texnologiyasi internetdan simsiz foydalanish imkonini beradi. mobil aloqa tarmoqlarida soʼrovlarni va maʼlumotlarni uzatish uchun gprs transport xizmatidan foydalaniladi. Modem tushunchasi va uning vazifasi. modem modulyator-demodulyator soʼzlarining qisqartmasi hisoblanadi. ushbu qurilmaning asosiy vazifasi kompyuterdan olingan raqamli signalni uzatish uchun analog shakliga aylantirish va qabul qilingan signalni analog shakldan raqamli shaklga qaytarish hamda aloqa kanallari boʼylab uzatishdan iborat. Modem signalni (axborot) telekommunikatsiya kanallar boʼylab uzatishni taʼminlaydi. Modem yordamida internetda oddiy analog telefon tarmogʼi orqali bogʼlanish mumkin. bunday modemlarning nazariy jixatdan eng yuqori foydalanish tezligi 56 kb/sek. ni tashkil etadi. Modem ichki va tashqi turlarga boʼlinadi va har ikkalasi ham internetga yoki telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun xizmat qiladi. Oʼzbekiston respublikasidagi internet tarmogʼining rivojlanishi. respublikamizda milliy internet-segmentini rivojlantirish boʼyicha ishlar oʼzr vazirlar mahkamasining “kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 2002 yil 6 iyundagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan “2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi”ga asosan amalga oshirilmoqda. Respublika telekommunikatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish boʼyicha loyihalarni amalga oshirish natijasida mamlakatimiz aholisining keng qatlamlari uchun internet xizmatlaridan foydalanish borgan-sari yengil boʼlib bormoqda. hozirgi vaqtda respublikamizda internet foydalanuvchilarining umumiy soni 7,3 mln. kishidan ortdi, shundan 3,5 mln. kishi, yaʼni 1000ta fuqarodan 111tasi aloqa liniyalari orqali internetga shaxsiy kompyuterlari orqali ulanadi. Mobil internet foydalanuvchilarining soni esa hozirgi kunda 3,8 mln. kishini tashkil etadi. Respublikamizda аktni rivojlantirishga boʼlgan katta eʼtibor tufayli internet tarmogʼida milliy resurslar soni yildan yilga ortmoqdan. hozirgi kunda respublikada .uz domen zonasida ikkinchi darajali domen nomlarini roʼyxatga olish boʼyicha 7 ta registratorlar faoliyat koʼrsatadi: tomas, billur.com, arsenal-d, sarkor telecom, vss, tv-inform va simus. Milliy axborot resurslarini rivojlantirish boʼyicha hukumat qarorlari va chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish natijasida .uz milliy domen zonasidagi domen nomlarining soni yildan-yilga ortmoqda. jumladan, 01.01.2011y. holatiga .uz milliy domen zonasidagi domen nomlarining soni 11088 tani tashkil etdi, yil boshiga nisbatan boʼlgan oʼsish 16%ni tashkil etdi. Maʼlumotlarni uzatish, jumladan, internet tarmogʼiga ulash xizmatlarni taqdim etuvchi xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning soni bugungi kunda 982tani tashkil etadi, jamoa foydalanish punktlarining umumiy soni esa 1025taga yetdi. Provayder va operatorlarning aksariyat qismi toshkent shahrida joylashganligiga qaramay, respublikamizning boshqa hududlari, ayniqsa samarqand va buxoro viloyatlarida ham provayder va operatorlar sonining barqaror oʼsishi kuzatilmoqda. Internet tarmogʼi vazifasi va undan foydalanish maqsadlari. internet tarogʼinig vazifasi internet tarmogʼi abonetlariga veb-hujjatlarni oʼqish, elektron pochta, fayl uzatish va qabul qilish, muloqotda boʼlish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash xizmatini koʼrsatish. Internet tarmogʼidan axborotlarni almashish, masofaviy taʼlim olish, konferentsiyalar oʼtkazish, veb-saytlarni tashkil etish, elektron pochtani joriy qilish, muloqot oʼrnatish va shu kabi maqsadlarida foydalaniladi. Kompyuter tarmog’ini tashqil etish uchun maxsus qurilmalar (hub) va dasturiy vositalar bo’lishi lozim. ikki kompyuterni o’zaro bog’lash to’g’ridan-to’g’ri bog’lanish deyiladi. tarmoq axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob'ektlar tarmoq ob'ektlari deyiladi. tarmoq ob'ektlari alohida kompyuter, kompyuter kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo’lishi mumkin. axborotni territorial joylashuviga karab kompyuter tarmoqlarini asosiy sinfga ajratish mumkin: global tarmoqlar. kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. ahborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqka ulanish kerak bo’ladi. kompyuterlarning o’zaro ahborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuiga kompyuter tarmoqlari deyiladi. kompyuterlar soniga karab tarmoqlar lokal, intatsaviy va global tarmoqdarga bo’linadi. Download 21.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling