Internet va uning tarixi
Download 60 Kb.
|
Internet va uning tarixi
Internet va uning tarixi Internet-jahon bo’yicha kompyuterlar tarmoqlaridan tuzilgan yahlit tarmoq bo’lib, ular yagona “Til”-andoza-qoidalar majmuyi asosida axborot almashadilar. Yagona andoza sifatida xozirgi kunda TCP/IP andozasi qo’llaniladi. Ko’ngilli tarzda internet jamiyati (ISOC, E-mail manzili: membership@isoc.org), tashkilotlar aro muvofiqlashtirish vazifalarni bajaradi. Internet jahon tarmoqlar tarmog’i bo’lgani uchun uning yagona va butunlay boshqaruvchi egasi yo’q. Lekin unga ulangan axbrot tarmoqlarining shu jumladan internetning egalari va boshqaruvchilari mavjud. Intranet-biror yurodik shaxs (vazirlik, kompanya, tashklot, korxona, ta’lim muassasalari va shunga o’xshash)ga tegishli kompyuter tarmog’i bo’lib, u internetda sinovlardan yaxshi o’tgan axborot texnologiyalari asosida yaratiladi.
Internet davlat buyurtmalarini bajarishda tashkilotlarning birgalikda olib boriladigan faoliyatlarini yengillashtirish maqsadida 70-yillarning oxirida (1969) AQSh mudofaa vazirlarining loyihasi asosida yuzaga kelgan. Bu boshlang’ich tarmoq ARPANet (Advanced Research Projects Agency) bo’lib avvalo Kaliforniya va Yuta shtatlaridagi 4 tagina kompyuterlarni o’zaro bog’lagan. Keyinchalik bu tarmoq kengayib 80-yillar oxirida AQSh milliy ilmiy jamiyatining ixtiyoriga topshirib NSFNet shaklida rivoj topgan. Mazkur tarmoq hozirgi internetning tayanch tarmog’i hisoblanadi. Internet bu tarmoqqa boshqa tarmoqlarning ulanishi orqali mutassil rivojlanishda davom etmoqda. Internetdan tashqari unga ulab internert xizmatlarining ayirmalarining hamda boshqa axborot xizmatlarini mustaqil bajaradigan bizga tarmoqlar ham mavjud (masalan, CompuServer, America Online, BBS). Shuning uchun foydalanuvchi axborot tarmog’ini tanlaganda bu tarmoq internet xizmatining qaysi turlaridan foydalanish imkoniyatini yaratishga qodir ekaniga alohida e’tibor berishimiz lozim. 1994-yil o’rtalarigacha keng foydalanuvchilar ommasi tomonidan internetga qiziqish yo’q edi, chunki unga ulanish va unda ishlash texnologiyasi oddiy foydalanuvchilar uchun qulay emas edi. Internetdan yalpi foydalanishda 1-qadam web texnologiyasining yuzaga kelishi bo’ldi. Web texnologiyasining yaratilishi shaxsiy kompyuter (ShK) lar yaratilishiga o’xshash revolyutsion hodisa deb qaralmoqda. Bu texnologiyaning ajoyib tomoni shundaki, ishni kichik sarf-harajatlardan boshlash mumkin. Bunda varaqlovchi programmalar (brouzer-navigator) va Web-server bo’lsa kifoya. Web serverni esa tashkilotda bor bo’lgan kompyuterlarda yaratsa bo’ladi va har bir yangi rivojlantirish natijasida sanoqli natijalarga erishish mumkin. ShK yaratguncha ham hisoblash resurslariga bo’lgan yondashuv 1-10 mln kishi bo’lgan bo’lsa, ShK yaratilgandan so’ng foydalanuvchilarning soni 10-50 marta ortgan edi. Hozirgi kunda jahon bo’yicha 100-200 mln. ShK ishlab turibdi. Lekin 100 mln. Yer aholisining bor yo’g’i 2 % ini tashkil etadi. Web texnologiyasining yaratilishi bilan aholini yangidan yangi qatlamlari kompyuterlardan foydalanishni boshladi. Bulardan 2 aholidan qatlamlarni ajratib ko’rsatilsa bo’ladi. 1) Jamiyat elitar guruhi - tashkilot rahbarlari, bank prezidentlari, menejmentlar, davlat ma’sul xizmatchilari. 2) Aholi keng qatlamlari - uy bekalari, nafaqaxo’rlar, bolalar.
Boshqa kompyuterlar shu tugunlarga to’g’ridan – to’g’ri ulangan bo’lib ular ham yuqori tezlikda axborot uzatadilar . Ulardan boshqa kompyuterlar keyingilariga ulangan va hakozolar. Foydalanuvchilarning kompyuterlari (klentlar) daraxtsimon tuzulmadagi barglarga o’xshab yashnab ko’payib boradi , shu tariqa jahon axborot tarmog’i – internet shakillanib, umutassil taraqiy etmoqda. Tayanch tarmoqqa bevosita yoki bevosita ulangan boshqa tarmoqlar, internetning asosiy xizmatlarini bazida mujassamlashtirgan holda internetning qismlarini tashkil etuvchi hisoblanadi. Agar biror mamlakatdagi biror kompyuter tayanch tarmoqni bog’lagan kompyuterga ulangan bo’lsa , bu mamlakat internetga ulangandir. Download 60 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling