World Wide Web (Jaxon axborot tarmog`i)
www- Internetning eng ommalashgan axborot xizmatlaridan biri sanaladi. www xizmatining asosiy tushunchalari:
Html formati tushunchasi
Kompyuterda formatlashtirilgan elektron hujjat matn (taxrirlagichlar) muharrirlar Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint hakozalar yordamida yaratiladi.
Ammo biz ushbu elektron hujjatni internet yordamida e`lon qila olmaymiz. Sababi, uni o`qimoqchi bo`lgan boshqa bir internet mijozining kompyuterida biz foydalangan matn taxrirlagich programmasi yoki shriftlar o`rnatilmagan bo`lishi mumkin. SHunnng uchun ham, kompyuterda foydalaniladigan matn tahrirlagichlar va ularning formatlash usullaridan internetda foydalanib bo`lmaydi. Bunday noqulayliklarni oldini olish maqsadida yangi Html (Hypertext Mark-up Language)- "Gipermatnlarni belgilash tili" pratokoli, standarti yarataldi. Bu standart bir qancha maxsus operatorlar majmuasidan iborat bo`lgan Html programmalashtirish tili bo`lib, uning yordamida elektron hujjatlarni internetda bevosita e`lon qilish mumkin. Html formatda tayyorlangan elektron hujjat Html hujjat, Web hujjati yoki Web sahifa deb atash mumkin.
Bitta muallif yoki www ga tegishli bo`lgan bir guruh o`zaro «giperbog`lanishlar" bilan aloqador bo`lgan Web sahifalar majmuasi Web uzel (tugun) yoki satr deb ataladi.
Html "Ginermatn" uzatish protokoli
Http (Hypertext Transfer Protocol) - "Gipermatnlarni uzatish protokoli" - tarmoq protokollari ichida eng sodda va qulay hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi "Giperbog`lanish" dan hosil bo`lgan URL – adresli elektron hujjatlarni o`qishga oid so`rov (zaproc) ni serverga jo`natish va so`ralayotgan hujjat olib bo`lingandan so`ng server bilan aloqani uzishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |