Internetda ishlash asoslari web-brauzerlar


Download 5.1 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi5.1 Kb.
#1347145
Bog'liq
Internetda ishlash asoslari web-brauzerlar-fayllar.org


Internetda ishlash asoslari web-brauzerlar

Internetda ishlash ASOSLARI

Web-brauzerlar



Internetning WWW xizmatidan foydalanish uchun ham maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Ular web-brauzerlar (Browser) deb ataladi. Browser inglizcha so‘z bo‘lib, ko‘rishni ta’minlash, ko‘rsatish ma’nosini anglatadi.

Birinchi Webbrauzer 1990yilda CERN (Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, nomi World Wide Web bo‘lgan.

Mosaic, Opera, AdWiper, Netscape Navigator, Netscape Communicator, Google Chrome, Mozilla Firefox, Microsoft Internet Explorer va Power Browser shular jumlasidandir.



Shulardan eng mashhurlari quyidagilar:
Hozirgi kungacha juda ko‘p Webbrauzerlar ishlab chiqarilgan.

Microsoft firmasining Internet Explorer dasturining Windows operatsion sistemasi tarkibiga kiritilganligi bu brauzerning keng tarqalishiga sabab bo‘ldi.



Shuning uchun Microsoft Internet Explorer dasturi asosida brauzerlarning vazifalari va imkoniyatlari bilan tanishamiz.
Webbrauzerlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Websahifalarni
xotiraga yuklash va ko‘rsatish;
Websahifani
diskka yozib qo‘yish (saqlash);
WWWdagi manzili bo‘yicha Websahifani
chaqirish.

Internet Explorer dasturi interfeysi



Internet Explorer dasturi Пуск menyusi tarkibidagi Windows ish stoli yoki Masalalar paneliga joylashtirilgan yorlig‘i orqali ishga tushiriladi.

Fayl menyusi orqali, asosan, Websahifani ochish (kompyuter xotirasiga yuklash), uni o‘z nomi yoki boshqa nom bilan saqlab qo‘yish, Websahifani qog‘ozga chop etish, dasturdan chiqish ishlari amalga oshiriladi.



Tahrir menyusi yordamida qirqib olish, nusxa olish, joylashtirish,
izlash kabi amallarni bajarish mumkin.
Ko‘rinish menyusi tarkibiga, asosan, dasturning ekrandagi ko‘rinishiga ta’sir etuvchi (uskunalar paneli, manzillar satri, holat satrini ekrandan olib qo‘yish yoki joyiga qaytarib qo‘yish, shrift o‘lchami va kodlash usulini o‘zgartirish) amallar kiradi.
Tanlangan menyusiga kirgan amallar yordamida o‘zingizga yoqqan
yoki ko‘p foydalanadigan websahifalarni saqlab qo‘yish, ularga
yangi larini qo‘shish, tartiblash ishlarini bajarish mumkin.
Ma’lumot menyusi yordamida Microsoft Internet Explorer dasturidan foydalanish haqida ma’lumot olish mumkin.

Internet Explorer dasturining uskunalar paneli



Menyular tarkibiga kirgan amallarning ba’zilari kam qo‘llanilsa, ba’zilari tez-tez qo‘llaniladi. Ko‘p qo‘llaniladigan amallarni bajarishni osonlashtirish maqsadida dasturda uskunalar paneli tashkil etilgan.
Uskunalar paneli tugmalar majmuidan iborat bo‘lib, har bir tugma ma’lum amalni bajaradi.

Internet Explorer dasturi ishlash uchun qulay bo‘lib, oson o‘zlashtiriladi.



Chunki bu dastur yordamida Internet tarmog‘idagi websahifa ochiladi va zarur bo‘lsa, qog‘ozga chop etiladi yoki diskda saqlab qo‘yiladi.

Internet tarmog‘idagi websahifani ochish uchun Internet Explorerning manzillar satriga kerakli websahifa manzilini yozib, ENTER klavishini bosish kifoya.

Websahifaning hajmiga qarab, uning ochilishiga bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha vaqt sarflanishi mumkin. Websahifa ochilish jarayonida uning qismlari ekranda asta-sekin ko‘rinib boradi.

Ma’lumotlar oynasidagi websahifani qog‘ozga chop etish uchun uskunalar panelidagi «chop etish» tugmasi bosiladi. Tez-tez murojaat qilib turiladigan websahifalarni «Tanlangan» papkasiga qo‘shib qo‘yish mumkin. Buning uchun uskunalar panelidagi «tanlangan» tugmasi bosiladi.

Hosil bo‘lgan «Tanlangan» oynasidagi «Qo‘shish…» (Дабавить) tugmasi bosilsa, ekranga «Tanlanganlarga qo‘shib qo‘yish» (Добавление в избранное) lavhasi chiqadi.

Savol va topshiriqlar:

1. Internetning WWW xizmatidan foydalanish imkoniyatini beruvchi dasturlar haqida ma’lumot bering.

2. Webbrauzerlarning asosiy vazifalarini aytib bering.

3. Birinchi Webbrauzer qachon va kim tomonidan ishlab

chiqarilgan?

4. Internet Explorerni ishga tushirish usullarini amalda ko‘rsatib

bering.

5. Internet Explorerning menyulari haqida so‘zlab bering.

6. «Tanlangan» menyusining asosiy vazifalarini izohlang.

7. Internet Explorerning uskunalari vazifalarini tahlil etib bering.



http://fayllar.org
Download 5.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling