Internetda xavfsizlik protokollari


Download 202.52 Kb.
bet5/9
Sana17.06.2023
Hajmi202.52 Kb.
#1521037
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jamolov Jasur Axborot

"Phishing"dan himoyalanish yo'llari:

  • "Phishing" sifatida ko'ringan shubhali maktublardagi havolalarni hech qachon bosmang.

  • Bunday maktublarga javob bermang va ular so'ragan ma'lumotlarni (masalan, bank va kredit karta ma'lumotlari, parol va hokazo) yubormang.

  • Maktubning tuzilish shaklini tekshiring: professional va imloviy xatolarsiz yozilganmi? Mazmuni va shakli siz bilan tashkilot yoki kompaniya uslubiga to'g'ri keladimi? Unutmang, imloviy xatolarsiz yozilgani ularning haqiqiy va ishonarli maktub ekaniga asos bo'la olmaydi.

  • Maktubning qanchalik haqiqiy ekaniga ishonch hosil qila olmasangiz, unga javob berish yoki undagi havolani ochib ko'rishdan oldin, shu maktubni yu'organ tashkilot yoki kompaniyaga telefon yoki boshqa yo'l bilan bog'lanib, bu maktubning haqiqatdan ham ulardan kelgan yoki kelmaganini tekshiring.

  • Maktub yuborilgan pochta manzili siz bilgan kompaniya saytining nomi va domeni bilan mosligini tekshiring. Masalan, www.saharschool.org saytiga tegishli haqiqiy elektron pochta info@saharschool.org yoki admin@saharschool.org kabi manzillardan keladi. Birinchi qismi istalgan so'z bo'lishi mumkin, ammo elektron pochta belgisidan (@) keyin keladigan qismiga diqqat qarating. "Phishing" maktublarda saharschol.org yoki saharschool.com kabi asl manzilga yaqin, ammo aynan o'zi bo'lmagan boshqa yasama saytlar asosida olingan elektron manzildan foydalanishlari mumkin. Saytlarning haqiqiyligini tekshirishda ham shunga rioya qilish mumkin.

  • Maktubda havola biror so'z ostiga yashiringan bo'lsa, uning qaysi manzilga olib borishini bilishni istasangiz, havolani bosmasdan turib sichqoncha belgisini havola yashiringan so'z ustiga olib boring. Shunda brauzer ostida chap tomonda havola joylashgan manzil ko'rinadi. Sayt manziliga qarab, uning haqiqiy yoki haqiqiy emasligini bilishingiz mumkin. Unutmang, saytning haqiqiy ekaniga to'liq ishonch hosil qilmaguningizcha, uni ochmang.

Spoofing – Siz taniydigan kimdandir kelgan, lekin aslida u odam jo'natmagan maktublar "spoofing" deyiladi. Xakerlar yoki zararli dasturlar tanishingizning elektron manzili ustidan nazorat o'rnatib, uning nomidan sizga zararli maktublar jo'natayotgan bo'lishi mumkin. Yoki aksincha, sizning elektron manzilingiz zararli dasturlar ixtiyoriga o'tib, sizning nomingizdan boshqalarga shunday maktublar ketishi ham mumkin. Bu nafaqat elektron pochta orqali, balki ijtimoiy tarmoqlardagi maktub yuborish yoki xabar chop etish xizmatlari orqali ham yuz berishi mumkin.
"Spoofing"dan himoyalanish yo'llari:

  • Do'stingiz yoki tanishingiz yuborgan maktub shubhali ko'rinsa, unga javob bermang yoki undagi sayt manzilini ochmang.

  • Bu xatning qanchalik haqiqiyligini tekshirish uchun do'stingizga telefon yoki boshqa aloqa yo'llari orqali bog'lanib so'rang.

  • Agar elektron pochtangizdan siz bexabar boshqa odamlarga "spoofing" maktub borganini yoki borayotganini payqasangiz, zudlik bilan elektron pochtangiz parolini o'zgartiring va bu xat ketgan odamlarga qayta bog'lanib, maktubni siz yubormaganingiz haqida ogohlantirib qo'ying.

Elektron pochta xavfsizligi bo'yicha qo'shimcha tavsiyalar

  • Email manzilingizga kuchli parol o'rnating. Parol uchun sodda so'z yoki raqamlardan foydalanmang. "SplashData" firmasi ma'lumotiga ko'ra, o'tgan yili eng ko'p ishlatilgan parollar 12345, 12345678 va qwerty bo'lgan. Bunday parollarni buzish yoki qo'lga kiritish uchun esa xaker bo'lish shart emas. Iloji boricha, parolingizda bosh harflar, raqamlar va maxsus belgilar jamlanmasidan foydalaning. Masalan, "yaxshilik" degan oddiy so'z va harflardan iborat parolni "YaxshiliK1!" shaklida har xil belgilardan iborat murakkab parolga aylantirishingiz mumkin.

  • Elektron pochta parolidan boshqa sayt yoki onlayn xizmatlarda foydalanmang. Har bir sayt uchun alohida parol tanlashingizni tavsiya qilamiz.

  • Yodda tutish uchun parollarni kompyuteringizda yoki boshqa onlayn va elektron qurilmalarda saqlamang. Ularni qog'ozga yozib oling va hech kim bilmaydigan joyda saqlang.

  • Jamoat komputerlaridan foydalanganda har doim ishlatib bo'lgandan so'ng saytdan yoki elektron pochtadan chiqishni unutmang. Buning uchun "Chiqish", Log out" yoki "Vixod" tugmalarini bosishingiz kerak. Tizimdan chiqmasdan turib oynani (brauzerni) yopsangiz, undagi barcha ma'lumotlaringiz saqlab qolinadi va sahifani kimdir qayta ochganda sizning ma'lumotlaringiz chiqib keladi. Jamoat komputerlari deganda kutubxona, internet kafelaridagi yoki birovga tegishli bo'lgan komputerlarni tushunish mumkin.

  • Bir necha odamga bitta maktubni yuborishni istasangiz, e-mail manzillari hammaga ko'rinishi mumkinligini hisobga oling. Maktub olgan tomon bu maktub yuborilgan boshqa emaillarni ko'rmasligi istasangiz, pochta manzilllarini "Bcc" (Gmail va Yahoo kabi ingliz tilidagi pochta xizmatlarida) yoki "Скрытая копия" (Mail.ru kabi rus tilidagi pochta xizmatlarida) qatoriga kiriting. Shunda bitta maktubni olgan bir necha odam bir-birining elektron pochta manzilini ko'rmaydi. Bu muhim, chunki maktub yuborilgan tomonlar email manzilining o'zi bilmagan boshqa odamlarga ko'rinishini istamasligi mumkin.aa



Download 202.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling