Internetdagi yashirin tahdidlar qanchalik xavfli?


Download 14 Kb.
Sana04.01.2023
Hajmi14 Kb.
#1077986
Bog'liq
Mediasavodxonlik


Internetdagi yashirin tahdidlar qanchalik xavfli?

Global internet tarmog‘ining foydali tomonlari bilan birga, salbiy jihatlaridan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi. Ayniqsa hozirgi murakkab sharoitda yoshlarni virtual olamdagi xurujlardan himoya qilish dolzarb vazifaga aylanmoqda.


Ichki ishlar vazirligi qoshidagi 1-sonli akademik litseyda “Yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi va buning zararli oqibatlari” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.


Akademiyaning Davlat-huquqiy fanlar va inson huquqlarini taʼminlash kafedrasi boshlig‘i o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori, professor Ahror Xudoyberdiyev so‘z olib, internetdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish masalalariga to‘xtaldi. Qayd etilishicha, internet tarmog‘i orqali yoshlar taʼlim-tarbiyasi va maʼnaviyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi, axloqsizlik, behayolik, buzg‘unchilikni targ‘ib qiluvchi yot g‘oyalar keng tarqatilmoqda. Yoshlar orasida profilaktik targ‘ibot tadbirlarini samarali tashkil etish bunday salbiy illatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Taʼlim jarayonida avvalo o‘quvchilarning huquqiy madaniyati va maʼnaviy immunitetini shakllantirish, ularning qiziqish va iqtidorini to‘g‘ri yo‘naltirish lozim bo‘ladi.


Tadbirda voyaga yetmaganlar tomonidan internet tarmog‘i orqali sodir etilayotgan huquqbuzarliklar tahlil qilinib, bilib-bilmay jinoyat ko‘chasiga kirib qolayotgan yoshlar bilan amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, virtual olamdagi tahdidlarning oqibatlari haqida maʼlumotlar berildi.




IIV Akademiyasi Axborot xizmati
Download 14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling