Интернетдан фойдаланиш маданияти


Download 54 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi54 Kb.
#1482626
Bog'liq
INTERNETDAN FOYDALANISH MADANIYATI


INTERNETDAN FOYDALANISH MADANIYATI
"Bugungi kunda axborot olamida Internet davri kelgani, internet-televidenie, internet-radio, elektron pochta, onlayn-video kabi ko‘plab yangi axborot tarqatish texnologiyalari qanday tez sur’atlar bilan rivojlanib, ularning auditoriyasi va ta’sir doirasi tobora kengayib borayotgani haqida ortiqcha gapirishga zarurat yo‘q, deb o‘ylayman. Bunday axborot vositalariga asosan yoshlarning juda katta qiziqish bilan qarashi va ulardan keng foydalanishini hisobga oladigan bo‘lsak, haqiqatan ham, bu masalaning naqadar ulkan ahamiyatga ega ekanini anglash qiyin emas. (I. Karimovning 2011 yili Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo‘llagan tabrigidan) Axborot mavzusi insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida muhim ahamiyat kasb etib, bugungi serqirra va intensiv hayotimiz, globallashuv jarayonlarida esa axborot yanada dolzarb masala bo‘lib, endilikda axborotga egalik, zamonaviy tizimlarining shakllanganligi mamlakatning demokratik rivojini sifatlovchi omilga aylandi. YUrtboshimiz rahnamoligida o‘tkazilgan tizimli islohotlar, yaratilgan mukammal qonunchilik baza, aloqa va telekommunikatsiya sohasida olib borilgan texnologik modernizatsiya ishlari tufayli mamlakatimizda zamonaviy axborot sohasi barpo etildi. O‘tgan yillar davomida o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy yuksalishi, axborotga bo‘lgan huquqlarini ro‘yobga chiqarish, axborot erkinligini ta’minlash maqsadida zarur texnologik sharoitlar va huquqiy kafolatlar yaratildi. Har kimning fikrlash va so‘z erkinligi, o‘zi istagan axborotni izlashi, olishi, uni tarqatish borasidagi konstitutsiyaviy normalar milliy qonunlarimizda rivojlantirildi. SHuningdek, xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‘idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratilishini e’tirof etuvchi normalar qonunlarimizda o‘z aksini topdi. Xususan, bugungi kunda axborot sohasida 1254 ta ommaviy axborot vositasi, shundan 100 TVR, 1032 ta Internet-kafe, 939 ta Internet provayder, 187 ta davlat axborot resursi, "ZiyoNET" yoshlar axborot portali, 1026 ta axborot-kutubxona muassasasi faoliyat yuritmoqda. Internetdan foydalanuvchilarning soni esa to‘qqiz millionga yaqinlashib qoldi. Bularning barchasi fuqarolarimiz, xususan, yoshlarimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqining ifodasidir. Global axborot makoniga real ko‘z bilan qaraydigan bo‘lsak, hozirda keng jamoatchilikni xavotir va tashvishga solib kelayotgan muammolardan biri, shubhasiz, axborot makonida nosog‘lom manfaatlar, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ta’siridagi agressiv axborotlarning (o‘z joniga qasd qilishning oson yo‘llarini targ‘ib qiluvchi 9 ming, erotik mazmunga ega 4 mingdan ziyod saytlar, kompyuter o‘yinlari zo‘ravonlik va yovuzlik, o‘ta jangari ruhdagi (beshafqat urushlar, o‘ldirishlar, otishmalar, portlatishlar va hokazo) Internet saytlar mavjudligi), milliy axborot makonimizga kirib kelishidir. Axborotlar tezkor Internet orqali qabul qilinar ekan, uning aksariyat foydalanuvchilari yoshlar hisoblanadi. Ularning 200.000 nafari Odnoklassniki.ru, 90.000 nafarga yaqin Fasebook, 40.000 nafardan ortiq Moy Mir, 15.000 dan ortig‘i Vkontakte.ru saytining doimiy foydalanuvchilari sanaladi. Nosog‘lom axborot oqimlaridan yoshlarni himoyalashga oid dunyoda qator huquqiy mexanizmlar yaratilgan. Jumladan, xalqaro amaliyotda "Kiber jinoyatlar to‘g‘risida" Konvensiya, "Voyaga etmaganlar uchun xavfsiz Internet va onlayn resurslarni joriy qilish to‘g‘risida" Evropa Ittifoqi Parlamenti Assambleyasining tavsiyalari, "Bola huquqlari to‘g‘risida" BMT Konvensiyasini, "YOshlarni himoyalash to‘g‘risida" Germaniya, "Voyaga etmaganlarni ommaviy axborotning salbiy ta’siridan himoyalash to‘Qrisida" Litva va "Bolalarni sog‘ligi va rivojlanishiga ziyon etkazuvchi axborotdan himoyalash to‘g‘risida" Rossiya qonunlarini tilga olishimiz mumkin. Milliy qonunchiligimizda ham yoshlarni nosog‘lom axborotlardan himoyalashning mexanizmlari mavjud. Xususan, "O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida"gi Qonunda "O‘zbekiston Respublikasida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan, zo‘ravonlikni, hayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar man etilishi", "Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunda "Pornografiya, shafqatsizlik va zo‘ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘luvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda filmlarni namoyish etish taqiqlanishi" belgilab berilgan. YAqinda "Ma’rifat markazi" majlislar zalida "Axborot globallashuvi va yoshlar ma’naviyati" mavzuida bo‘lib o‘tgan videokonferensiya ham Qonunchilik palatasi deputatlari, axborot sohasining mutaxassis va ekspertlari, olimlar, yoshlar vakillari buzg‘unchi g‘oyalar va axborot xurujlaridan yoshlarni himoyalashning tegishli tashkiliy-huquqiy asoslarni takomillashtirish lozimligi qayd etildi. Bugungi axborot globallashuvi jarayonida yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi va ta’limi samaradorligini oshirish borasida qator taklif-mulohazalar bildirildi. Axborot asri davrida yoshlarga yopirilib kelayotgan axborotlardan foydalana olishlari, xususan, nosog‘lom axborotlardan himoyalana olishlari, kommunikatsiya vositalaridan to‘g‘ri foydalana bilishlari uchun bilim va tajriba kerak bo‘ladi. Aynan mana shu borada ular kattalar, ayniqsa, ota-onalar va pedagoglarning ma’naviy-ruhiy ko‘magiga muhtoj. SHuningdek, ishtirokchilar tomonidan o‘sib kelayotgan yosh avlodning media savodxonligi va Internetdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish, Internetning milliy segmentini rivojlantirish yuzasidan aniq takliflar bildirildi. Videokonferensiyada axborot makonining globallashuvi jarayonida yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yanada takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, buni amalga oshirishda jamiyatimizning keng qatlamlari: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ota-onalar va pedagoglarni keng jalb qilish maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi. Darhaqiqat, axborot makonida tahdidlar bor ekan, Milliy axborot makonimizga chegara qo‘yib bo‘lmaydi. SHunday ekan, yoshlarga solom axborot muhitini yaratib, ular ma’naviy olamining daxlsizligini asrash asosiy vazifalarimizdan biridir. Bunda biz deputatlar jahon va rivojlangan demokratik davlatlar amaliyotidan kelib chiqib, axborot ekspansiyasiga qarshi harakat tizimining qonuniy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan qonunchilik jarayonini amalga oshirishimiz lozim bo‘ladi. Zero, yoshlar ma’naviyatiga daxldor yumushlarda beparvolikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Faxriddin SOLIEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi.

MAVZU: INTERNETDAN FOYDALANISH MADANIYATI



BAJARDI: ALIJONOVA IRODA
TEKSHIRDI: TOJIBOYEVA SANOBAR
Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling