Internetning hozirgi hayotimizdagi o`rni va ta`siri
Download 2.34 Mb. Pdf ko'rish
|
429MMlGGPT2CZ5uw5vxBQ1R056oTmGeJFh3lXVws
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimberli Yang internetparastlikning beshta asosiy shakllarini ajratib ko‘rsatadi
Internetparastlik (Internet-addiksiya) —
global tarmoqqa ulanishga haddan ziyod oshiqish va undan chiqib keta olmaslik. Ma`lumotlarga ko ‘ra, bugungi kunda internetdan jami foydalanuvchilarning qariyb 10 foizi — internetparast. Kimberli Yang "internetparastlik" mavzuiga ilmiy nuqtai nazardan yondashgan birinchi olimlardan biri. U 1994 yili internetparastlikni aniqlovchi test ishlab chiqadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, quyidagilarni xavfli ogohlantirish (internet- parastlikning alomatlari) sifatida qayd etadi: - elektron pochtani tinimsiz tekshirishga urinish; - navbatdagi "onlayn" muloqotga oshiqish; - o‘tkazilgan "onlayn" muloqotdan huzurlanish; - "onlayn" uchun sarflanadigan xarajatlarning ortib borishi. Kimberli Yang internetparastlikning beshta asosiy shakllarini ajratib ko‘rsatadi: 1. Behayo saytlardan o‘zini tiya olmaslik; 2. Virtual do‘stlarga intilish — doimiy ravishda yangi tanishlar qidirish, tarmoqda virtual do‘stlar sonining haddan ortib ketishi; 3. Turli internet forumlarda vaqt o‘tkazish va muhokamalaridan chiqib keta olmaslik; 4. Web-syorfing. Tarmoq bo‘ylab to‘xtovsiz sayohat; 5. Onlayn komputer o‘yinlariga mukkadan ketish. - Imkon qadar har 2 soatda ko‘z, bo‘yin va bel mushaklarini mashq qildirish zarur. Buning uchun boshni sekin aylantirish, yelkani oldinga va orqaga aylantirish, bel mashqi uchun bir necha marta egilib-turish kerak bo‘ladi. Bu mashqlar yig‘ilib qolgan zo‘rlanishni tarqatishga yordam beradi. - Bir-ikki daqiqa "hech narsa"ga qarash lozim, eng yaxshisi deraza ortiga, uzoqlarga qarang. Diqqat bilan tikilish kerakmas, shunchaki xotirjam boqing. - Ko‘zlarni yumib, ko‘z soqqasini chapga, tepaga, o‘ngga, pastga aylantirish va mashqni teskari yo‘nalishda bajarish. 4 marta bir yo‘nalishda, 4 marta teskari yo‘nalishda. Mashqni zo‘riqish bilan bajarmaslikka urining. - Yana ko‘zni yumib, avval tepaga, so‘ng pastga qaraysiz — 8 marta. - To‘g‘ri yo‘nalishga qaraysiz va 30 soniya ko‘zni tez ochib- umasiz. 3 marta takrorlaysiz. Download 2.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling