Internetning rivojlanish tarixi
Download 404 Kb.
|
1 2
Bog'liqInternetning rivojlanish tarixi
Internetning rivojlanish tarixi Reja:
2.Internetning asosiy tushunchalari 3.O`zbekistonda internetni rivojlanish tarixi 4.Internetga ulanish 5. Internet qaydnomalari 1.Internet tarmog`ining vujudga kelish tarixi Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart internet protokoli (IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri servislaridan tashkil topadi. Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga ma'lumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi. Internet tizimi 20-asr. 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa departamenti urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi qoʻshimcha kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi. 60-yillar oxiri va 70-yillarda Internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bogʻliq boʻldi. 20-asr 70-yillarida turli tarqoq kompyuterlar tarmoqlari orasida informatsiyani uzatish va almashinish qoidalari tizimi ishlab chiqildi. Bular oʻzaro hamkorlikka doir qaydnomalar – Internetworking protocols (IP) boʻlib, global tarmoqni takomillashtirish uchun qulay muhit yaratdi. IP oʻrnatgan tartibga koʻra, har qanday alohida tarmoq informatsiyani koʻp tarmoqlar orqali "birinchi punktdan to oxirgi punktgacha" yetib borishini nazorat qilishi lozim. Shuning uchun Internet negizini tashkil qiladigan qaydnomalar tizimi, xususan, Transmission Control Protocol (TCP), File Transfer Protocol (FTP) ichida IP muhim qaydnomalardan biri hisoblanadi. Internet rivojlanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSH mudofaa departamenti mablagʻ bilan taʼminlagan. 70-yillar oxiriga kelib esa, asosan, uch taʼminlash manbai ajralib turdi: xukumat, un-tlar va tadqiqot laboratoriyalari (shu jumladan mustaqillari ham). 80-yillarda Internet oʻziga xos tarzda universal koʻlamlargacha rivojlana boshladi. Oʻsha davrda Internet vositasida uzatiladigan informatsiyaning oʻsishi "oyiga 20 foizdan koʻpaytirib borish" shiori ostida bordi. Mac, AQSH ning asosiy tarmogʻi bir sekundda 165 mln. bayt informatsiyani qayta ishlaydi va uzatadi. Bu surʼat bir sekundda "Brittanika" ensiklopediyasi"ni uzatish uchun yetarli. 80-yillar oʻrtalarida Internetni jamoat va tijorat tarmoklariga ulash natijasida Internet tizimi ham koʻlam, ham sifat jihatidan rivojlandi. 90-yillarda Internet tizimini boshqarish borasida tub oʻzgarishlar yuz berdi. Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U oʻz faoliyatida oʻzini oʻzi rostlab turish,oʻzini oʻzi boshqarish falsafasiga rioya qilib foliyat yuritadi. Hozirgacha uni boshqarib turadigan yagona tashkilot yoʻq. Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari sifatida ishlab chiqilgan. Texnik masalalar esa "Internet Engineering Forse (IETL) kompaniyasining faol ishtirokida hal qilinadi, barcha standartlar "Internet Architecture Board" (IAB) kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. 20-asrning oxirgi oʻn yilligida Internet tizimi beqiyos darajada oʻsdi. Agar 80-yillar oxirida Internet tizimiga taalluqli 28000 dan ortiq asosiy kompyuterlar faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 90-yillar oxiriga kelib ularning soni oʻnlarcha mln.gayetdi. Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni butun yer yuzi boʻyicha 160 mln. Kishini tashkil qildi (1999).Internet barcha anʼanaviy informatsiya tizimlari – telekommunikatsiya, teleradioeshittirish, informatsiyalarni xalqaro miqyosda faol almashtirish va h. k.ning texnologik imkoniyatlarni uygʻunlashtirib qoʻllanganligi uchun u bir necha vazifani – informatsiya va bilimlar manbai; ommaviy axborot vositasi, insoniyat faoliyatining barcha sohalari (shu jumladan, taʼlim-tar-biya, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, sayyohlik va h. k.) ga taal-luqli informatsiya xizmatlari tizimi; istiqbolli bozor va milliy kom-paniyalarning xalqaro informatsiya maydoni va jahon bozoriga eng tejamli va tezkor usulda qoʻshilish imko-nini beradigan vosita vazifasini oʻtaydi.Jamoat va tijorat tuzilmalari uchun Internetdan foydalanish imkoniyati oshgan sari provayderlar (Internet bilan aloqa oʻrnatishga xizmat koʻrsatadigan kompaniyalar), Internet informatsiyasi isteʼmolchilari soni ham koʻpaymoqda, informatsiya manbai va ommaviy axborot vositasi sifatida Internet ommalashmoqda. Bularning barchasi noshirlar, jurnalistlar, informatsiya agentliklari, i. ch. xamda savdo kompaniyalari va firmalari muhitida raqobatning shakllanishiga ijobiy taʼsir qiladi. Telefon simlaridan tashqari, optik tolali kabellar, radio tarmogʻi yoki sunʼiy yoʻldosh orqali Internetga chiqish mumkin boʻldi. Buning uchun Internet bilan aloqa oʻrnatishga xizmat koʻrsatadigan kompaniyalar – provayderlar boʻlishi lozim. Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart internet protokoli (IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri servislaridan tashkil topadi. Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga ma'lumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi. Internet tizimi 20-asr. 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa departamenti urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi qoʻshimcha kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi. 60-yillar oxiri va 70-yillarda Internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bogʻliq boʻldi. 20-asr 70-yillarida turli tarqoq kompyuterlar tarmoqlari orasida informatsiyani uzatish va almashinish qoidalari tizimi ishlab chiqildi. Bular oʻzaro hamkorlikka doir qaydnomalar – Internetworking protocols (IP) boʻlib, global tarmoqni takomillashtirish uchun qulay muhit yaratdi. IP oʻrnatgan tartibga koʻra, har qanday alohida tarmoq informatsiyani koʻp tarmoqlar orqali "birinchi punktdan to oxirgi punktgacha" yetib borishini nazorat qilishi lozim. Shuning uchun Internet negizini tashkil qiladigan qaydnomalar tizimi, xususan, Transmission Control Protocol (TCP), File Transfer Protocol (FTP) ichida IP muhim qaydnomalardan biri hisoblanadi. Internet rivojlanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSH mudofaa departamenti mablagʻ bilan taʼminlagan. 70-yillar oxiriga kelib esa, asosan, uch taʼminlash manbai ajralib turdi: xukumat, un-tlar va tadqiqot laboratoriyalari (shu jumladan mustaqillari ham). 80-yillarda Internet oʻziga xos tarzda universal koʻlamlargacha rivojlana boshladi. Oʻsha davrda Internet vositasida uzatiladigan informatsiyaning oʻsishi "oyiga 20 foizdan koʻpaytirib borish" shiori ostida bordi. Mac, AQSH ning asosiy tarmogʻi bir sekundda 165 mln. bayt informatsiyani qayta ishlaydi va uzatadi. Bu surʼat bir sekundda "Brittanika" ensiklopediyasi"ni uzatish uchun yetarli. 80-yillar oʻrtalarida Internetni jamoat va tijorat tarmoklariga ulash natijasida Internet tizimi ham koʻlam, ham sifat jihatidan rivojlandi. 90-yillarda Internet tizimini boshqarish borasida tub oʻzgarishlar yuz berdi. Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U oʻz faoliyatida oʻzini oʻzi rostlab turish, oʻzini oʻzi boshqarish falsafasiga rioya qilib foliyat yuritadi. Hozirgacha uni boshqarib turadigan yagona tashkilot yoʻq. Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari sifatida ishlab chiqilgan. Texnik masalalar esa "Internet Engineering Forse (IETL) kompaniyasining faol ishtirokida hal qilinadi, barcha standartlar "Internet Architecture Board" (IAB) kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. 20-asrning oxirgi oʻn yilligida Internet tizimi beqiyos darajada oʻsdi. Agar 80-yillar oxirida Internet tizimiga taalluqli 28000 dan ortiq asosiy kompyuterlar faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 90-yillar oxiriga kelib ularning soni oʻnlarcha mln.gayetdi. Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni butun yer yuzi boʻyicha 160 mln. Kishini tashkil qildi (1999).Internet barcha anʼanaviy informatsiya tizimlari – telekommunikatsiya, teleradioeshittirish, informatsiyalarni xalqaro miqyosda faol almashtirish va h. k.ning texnologik imkoniyatlarni uygʻunlashtirib qoʻllanganligi uchun u bir necha vazifani – informatsiya va bilimlar manbai; ommaviy axborot vositasi, insoniyat faoliyatining barcha sohalari (shu jumladan, taʼlim-tar-biya, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, sayyohlik va h. k.) ga taal-luqli informatsiya xizmatlari tizimi; istiqbolli bozor va milliy kom-paniyalarning xalqaro informatsiya maydoni va jahon bozoriga eng tejamli va tezkor usulda qoʻshilish imko-nini beradigan vosita vazifasini oʻtaydi.Jamoat va tijorat tuzilmalari uchun Internetdan foydalanish imkoniyati oshgan sari provayderlar (Internet bilan aloqa oʻrnatishga xizmat koʻrsatadigan kompaniyalar), Internet informatsiyasi isteʼmolchilari soni ham koʻpaymoqda, informatsiya manbai va ommaviy axborot vositasi sifatida Internet ommalashmoqda. Bularning barchasi noshirlar, jurnalistlar, informatsiya agentliklari, i. ch. xamda savdo kompaniyalari va firmalari muhitida raqobatning shakllanishiga ijobiy taʼsir qiladi. Telefon simlaridan tashqari, optik tolali kabellar, radio tarmogʻi yoki sunʼiy yoʻldosh orqali Internetga chiqish mumkin boʻldi. Buning uchun Internet bilan aloqa oʻrnatishga xizmat koʻrsatadigan kompaniyalar – provayderlar boʻlishi lozim. 2.Internetning asosiy tushunchalari WWW (World Wide Web) – butun jahon tarmog’i. Ayni mana shu xizmat Internet bilan foydalanishni soddalashtirdi va ommaviylashtirdi. WWW asosida to`rtta poydevor mavjud: 1. Barcha hujjatlarning yagona formati (shakli). 2. Gipermatn. 3. Hujjatlarni ko`rish uchun maxsus dasturlar. 4. Yagona manzilni ko`rsatish tizimi. Hujjatlarning yagona formati (shakli). Internetda barcha hujjatlar HTML (Hyper Text Markup Language – Gipermatnni belgilash tili) formatida tuziladi. HTML yordamida yozilgan hujjatlarni web-hujjat yoki web-sahifa deb atashadi. Birorta foydalanuvchi yoki tashkilotga qarashli bo`lgan, bir-biriga bog`langan web-sahifalar to`plami SAYT deb aytiladi. Aslida web-sahifa oddiy matndan iborat va uning fayl kengaytmasi “*.htm” yoki “*.html” bo`ladi. Matnning o`lchamini, rangini, shaklini o`zgartirish uchun HTML teg (belgi)lari qo’llaniladi. HTML teglari yordamida sahifaga rasm, video o`rnatish, orqa fon (ko`rinish), musiqaviy ijro va yana ko`p narsalar qo`shish mumkin. Natijada, oddiy matn chiroyli va qulay ravishda taqdim etiladi. Gipermatn. WWW xizmatining eng inqilobiy qismi gipermatn orqali umuman klaviaturaga tegmasdan, faqat sichqonchaning chap tugmasini chertish yordamida Internetda sayohat qilish mumkin. Gipermatnning asosiy elementi giperko`rsatkich – tarmoqdagi boshqa hujjatga ko`rsatkich bo’lib, ular ikki xil: matn va grafik. Ko’rsatkichni aniqlash uchun websahifa ko’rilyatganda sichqoncha belgisi “qo`l” ko`rinishiga o`zgarsa, demak sichqonchaning tagidagi element giperko`rsatkichdir. Matn ko`rsatkichlar, odatda, oddiy matnlardan ajralib turishi uchun, tagida chiziqchali va boshqa rangda bo`yaladi. Internetning rivojlanish yo'nalishi ixtiyoriy ravishda ishlaydigan "Internet jamiyati" tomonidan belgilanadi.Internetda ishlashda, ayniqsa davlat chegarasi, intellektual mulk va litsenziyalarni topshirishda huquqiy normalarga rioya qilish kerak. Internet yuqori tezlikdagi telekommunikatsiya magistral tarmoqlariga asoslanadi. Avtonom tizimlar NAP tarmog'iga ulanish nuqtalari orqali magistral tarmoqqa ulanadi, ularning har biri o'z ma'muriy boshqaruviga, o'z ichki marshrutlash protokollariga ega. Avtonom tarmoqlar Internetga kirish xizmatlarini taqdim etadigan xizmat ko'rsatuvchi provayderlar tomonidan shakllantiriladi. Internetning asosiy xujayralari lokal tarmoqlardir.Kommutaciyalangan telefon kanallari orqali modemga kirish uchun ma'lumotlar uzatish tezligi bir necha kbit / s dan 56 kbit / s gacha. Ijara qilingan liniyalarda 64 kbit / s dan 2 Mbit / s gacha. Internetning tarkibi odatdagi mijoz-serverdir. Ma'lumotlar oladigan kompyuterlar -"mijozlar" va "mijozlar" ga ma'lumot beradigan "serverlar" mavjud, ular ham ma'lumotlarni oladilar. Internetning soddalashtirilgan tarkibiy diagrammasi sek. 12,8. Internet turli xil jismoniy tarmoqlarni ulash uchun IP protokolidan foydalanadi.Internet-manzillar tizimi. Internetda ishlash uchun siz faqat kompyuterning domen manzilini yoki ulanishni o'rnatmoqchi bo'lgan foydalanuvchini bilishingiz kerak.Faqat manzili uchun faqat domen manzilini emas, balki yagona manzilli qidiruv manzilini ishlatish yanada samaralidir, bu domen manziliga qo'shimcha ravishda, foydalaniladigan kirish texnologiyasi va kompyuterning fayl tuzilmasidagi resurs spetsifikatsiyasini o'z ichiga oladi. Masalan: URL manzilida: http://engec.ru/user/lab/met.htm, qaerda: http - kirish uchun ishlatiladigan gipermatnli uzatish protokoli. Aksariyat hollarda ushbu protokol qo'llaniladi; www.engec.ru - SPbGIEU veb-serverining domen manzili. Ko'pgina serverlarning manzillari www prefiksidan boshlanadi, bu www serverning ushbu kompyuterda ishlayotganligini ko'rsatadi. Foydalanuvchi bilan Internet aloqasi: Oflayn- kechiktirilgan javob bilan aloqa rejimi (so'rov va javob o'rtasida sezilarli vaqt o'tadi; Onlayn - faol aloqa rejimi (so'rov va javob berish vaqti juda kichik) Kompyuteringizni Internetda ishlash uchun ulang va sozlang. Internetga kirish bilan bog'liq xizmatlar provayderlar tomonidan taqdim etiladi. Internetga kirish bilan bog'liq xizmatlar provayderlar tomonidan taqdim etiladi. 3.O`zbekistonda internetni rivojlanish tarixi O‘zbekiston Respublikasida internet rivoji bevosita mamlakat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘lanadi. U o‘zida zamonaviy davlat va aholi turmush tarziga xos barcha bosqichlarni aks ettiradi. O‘zbekistonda Internet rivojini quyidagi asosiy davrlarga bo‘lish mumkin: 1990-yillar boshi. UUCP ma’lumotlar uzatish tizimida elektron pochta orqali ma’lumot almashish imkoni paydo bo‘ldi. Foydalanuvchilar analog modemlar yordamida Moskvaga yoki boshqa shaharlararo qo‘ng‘iroqni amalga oshira boshladilar. Ma’lumotlar uzatish tezligi 1200-2400 bod (bit/s)ni tashkil qilgan. 1992-1995 yillarda UUCP mahalliy provayderi faoliyatini boshlagan. U tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar tezligi 9600-14400 bod (bit/s)ni tashkil qilgan. Shundan so‘ng BCC (Biznes Aloqalar Markazi), CCC va PERDCA (Silk.org) provayderlari tashkil etilgan. SONET elektron tijorat tarmoqlariga ulanish boshlangan. FidoNet matnli ma’lumotlarni jo‘natish global tarmog‘i ishga tushdi. Relcom – ilk elektron pochta tarmog‘i ishga tushdi. Ma’lumot uzatish tezligi 9600 dan 14400 bodgacha bo‘lgan analog modemlar orqali Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati tug‘ildi. Mazkur xizmatlar Naytov, BCC hamda Silknet (PERDCA) provayderlari tomonidan ko‘rsatilgan. 1995 yil 29 aprelda «UZ»domeniga asos solindi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining ma’lumotlarini banklararo uzatish tarmog‘iga asos solindi. 1996 yil. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida BMTning O‘zbekistonda Internetni rivojlantirish loyihasi tashkil etildi. Keyinchalik bu UzNet nomi bilan tanilgan. Telekommunikatsiya bozorida UzPAK kompaniyasi faoliyatini boshladi. 1997-1999 yillar. Internetning misli ko‘rilmagan rivojlanish davri. Har bir provayder xalqaro Internet tarmog‘ida o‘zining mustaqil kanaliga ega bo‘ldi. Ba’zi birlarida Moskvaga qadar modemlari, boshqalarida asinxron sputnik kanallari mavjud bo‘lgan. O‘zbekistonning ilmiy-ta’lim tarmog‘i UzSciNet faoliyatini boshladi. Yangi internet provayderlari tashkil etildi. Internetdan bir soat foydalanish bahosi 600 so‘m (shu davrda Markaziy bank kursi bo‘yicha bu o‘rtacha 4 dollarga teng mablag‘) bo‘lgan. Muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha texnologiyalar analogdan raqamli shaklga o‘ta boshladi. Naytov hamda UzNet provayderlari faqatgina yuridik shaxslar uchun raqamli modemlar orqali Internet xizmatlarini ko‘rsata boshladi. Internetdan foydalanish tariflarini trafikka binoan belgilash amaliyoti boshlandi. Internet tarmog‘i orqali ovozli aloqa o‘rnatish tajribasi qo‘llandi. Sarkor Telecom provayderi Radio Ethernet simsiz tarmoq texnologiyasini joriy qildi. TransOsiyo-Yevropa (TAYe) optik aloqa ma’lumotlar uzatish tarmog‘idan foydalanila boshlandi. 1999 yil. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №52-son qarori imzolandi. Qarorga muvofiq xalqaro ma’lumotlar uzatish, shuningdek Internet tarmog‘iga ulanish O‘zAAA dan xalqaro tarmoqqa chiqishga huquq beruvchilitsenziyani olib, O‘zbekiston Respublikasi ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari operatorlari (provayderlari)ning respublika va xalqaro kompyuter tarmoqlaridan, shu jumladan Internetdan faqat «UzPAK» ma’lumotlarni uzatish davlat tarmog‘ini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasining va Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ining texnik vositalari orqali foydalanishiga oid belgilangan tartib belgilandi. “Iskra” hukumat aloqa tarmog‘i va boshqa bir qator ma’lumotlar uzatish vositalari orqali xalqaro tarmoqqa chiqish to‘xtatildi. UzNet uskunalari, tarmog‘i va xodimlar UZPAK boshqaruviga o‘tkazildi. Barcha provayderlarga tarmoqlarini UZPAK tarmog‘iga birlashtirish tavsiya qilindi. Provayderlar faoliyatining quyidagi jadvali ommalashtirildi: barcha trafik shaxsiy yoki sotib olingan kanallar orqali o‘tkazilgan, UzPAK kanalidan (odatda bu 33600 bod (bit/s)li analog modem bo‘lgan) zahira sifatida foydalanilgan. O‘sha mahalda UzPAK xizmatlari narxi boshqa provayderlarnikidan yuqori bo‘lgan. Shunday bo‘lsa ham, asinxron aloqa foydalanuvchilari soni o‘sib borgan. 1999-2000 yillar. BMTning O‘zbekistonda Internet tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihasi – UZB/99/016 (UzSciNet) ish boshladi. Bu gal O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshida akademik tarmoq yaratish bo‘yicha ish boshlandi. Internet bozorida qator o‘zining mustaqil (asosan sun’iy yo‘ldosh) kanallariga ega bo‘lgan provayderlar faoliyati kuzatildi. Ilk Cisco tarmoq akademiyasi ishga tushdi. 2001-2002 yillar. Tashqi Internet kanallarining o‘tkazuvchanlik salohiyati 8,5 Mbit/s. dan 18 Mbit/s.gacha oshdi. Sarkor Telekom ilk marotaba TAYe orqali China Telecomga ulandi. DialUp xizmatlari uchun narxlarning keskin pasayishi kuzatildi. “Naytov Internet” biznesi Buzton kompaniyasiga o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro kompyuter tarmoqlaridan foydalanishni markazlashtirishdan chiqarish to‘g‘risida”gi 352-son qarori imzolandi. Unga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 52-sonli qarorida qayd etilgan, O‘zbekiston Respublikasi ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari operatorlari (provayderlari)ning respublika va xalqaro kompyuter tarmoqlaridan, shu jumladan Internetdan faqat «UzPAK» ma’lumotlarni uzatish davlat tarmog‘ini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasining va Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ining texnik vositalari orqali foydalanishiga oid belgilangan tartib bekor qilindi. Provayderlar hali ham xalqaro aloqaga ulanishni «O‘zbektelekom» AK orqali amalga oshirishlari zarur edi. 2003-2005 yillarda. Tashqi Internet kanallarining o‘tkazuvchanlik salohiyati 32 Mbit/s dan 143,1 Mbit/s gacha oshdi. DSL orqali Internet tarmog‘iga ulanish ham jismoniy, ham yuridik shaxslar o‘rtasida keng ommalashdi. Provayderlar hududlarda ham Internetga ulanish bo‘yicha xizmatlarni kengaytira boshlashdi. Internet tezligi 64 Kbit/sek.dan 1 Mbit/s.gacha oshdi. Oylik abonent to‘lovi orqali DialUp orqali ulanganlarga oylik cheksiz tariflar joriy qilindi. Provayderlar Callback xizmatini joriy qilishdi. O‘zbekiston mobil aloqa bozorida Rossiyaning Vmpelkom (Bilayn), MTS, Telia Sonera kompaniyalari faoliyatini boshladi. Telekommunikatsiya bozorida IP telefoniya (Platinum connect, 2Oxygen, Buzton) kompaniyalari paydo bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali – www.gov.uz tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 6 oktyabrdagi 221-son qaroriga muvofiq, davlat va jamoat organlari, fuqarolar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini har tomonlama qondirish maqsadida Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ining faoliyat ko‘rsatishini va uni rivojlantirishni ta’minlash «O‘zbektelekom» AK zimmasiga yuklatildi. UZINFOCOM markazi esa O‘zbekistonning yuqori darajali domeni(ccTLD.uz)ga administratorlik qilish huquqini qo‘lga kiritdi. UZ milliy domenini ro‘yxatga oluvchi 6 ta registrator (Tomas, BCC, Sarkor Telecom, Global Study, TV-Inform i Arsenal-D) faoliyat ko‘rsatmoqda edi. O‘zbekiston AT Assotsiatsiyasi, ZiyoNet axborot ta’lim tarmog‘i, kompyuter xurujlariga tezkor choralar ko‘ruvchi «UZ-CERT» xizmati, Milliy axborotqidiruv tizimi WWW.UZ ga asos solindi. 2006-2009 yillar. Tashqi Internet kanallarining o‘tkazuvchanlik salohiyati 1125 Mbit/s.gacha oshdi. Birinchi elektron raqamli imzoni ro‘yxatga olish markazi ochildi. Kompaniyalar GPRS, 3G, Wi-MAX texnologiyalari asosida simsiz Internet xizmatlarini ko‘rsatishni boshladilar. Internet foydalanuvchilari soni 2 milliondan oshib, mobil aloqa foydalanuvchilari 10 millionga yetdi. Simus kompaniyasi «UZ» domenining milliy registratoriga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Krizisga qarshi dasturga kiritilgan qo‘shimcha infratuzilma ob’ektlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1073-son qarori asosida 2009 yilgacha aloqa va telekommunikatsiya ob’ektlarini, xususan milliy va hududiy ma’lumotlar almashish tarmoqlarini rivojlantirishning qo‘shimcha choralari belgilab olindi. Mobil aloqa operatori «MTS – O‘zbekistan» mamlakat hududida 4G (4-avlod) mobil tarmog‘ini qurish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘ldi. 2010-2011 yillar. Foydalanuvchilar soni 7,378 mln.ga yoki aholi miqdoriga nisbatan 24 % ga tedi. Bundan mobil Internetdan foydalanuvchilar 4,119 mln.ni tashkil qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ko‘pchilik Internetdan foydalanishda mobil aloqani ma’qul ko‘radi. 2010 yilda O‘zbekistonda Internet foydalanuvchilari soni 3,2 millionga oshib, 2002 yil bilan solishtirganda o‘sish 23,8 %ni tashkil qiladi. O‘zbekistonning barcha hududlarida Internet foydalanuvchilari soni muntazam oshib bormoqda va mamlakat aholisining 24 %i xalqaro tarmoqdan foydalanadi. 2010 yil so‘ngida Internetdan foydalanuvchi davlat organlari soni 7643 taga yetdi. UZINFOCOM markazi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2010 yilda «UZ» milliy domenidan ro‘yxatdan o‘tgan faol domenlar miqdori 11 mingtaga yetgan. 2010 yilda TAS-IX da trafik hajmi 615025,32 GBaytga yetib, 2009 yilga nisbatan 314,8% ga oshgan. 4.Internetga ulanish Internetga ulanish tartibi Internetga bog‘lanish uchun nima qilish kerak? Internetga bog‘lanish uchun avvalambor kompyuter, aloqa kanali, modem va programma ta’minotiga ega bo‘lish kerak. Provayder telefon raqamlarini olish, hamda mijozning qayd qilingan takrorlanmas nomi (Login) va narol (Rassword)ga ega bo‘lish zarur. Internetga ulanish tartibini aniq bir misol yordamida tushuntirishga harakat qilamiz. Faraz qilaylik, O‘zbekistonda Internet xizmatini ko‘rsatuvchi provayderlardan biri bo‘lgan "Simus" orqali siz Internetga ulanmoqchisiz. Buning uchun siz avvalo kompyuteringizdagi Сетевое окружениеtizim tarikibiga kiruvchi Сетевые подключения (tarmoqqa ulanish) standart programmasi yordamida kompyuteringizni provayder serveriga avtomatik tarzda ulanish uchun sharoit yaratib olishingiz kerak. Bu quyidagicha amalga oshiriladi: 1.Windows XP ish stolidan Сетевое окружениеbelgisini izlab topasiz va sichqoncha ning chap tugmachasini unda ketma-ket ikki marta bosasiz. Natijada kompyuter ekranida Сетевое окружениеdarchasi ochiladi .(1-rasm) Bu darchada kompyuteringiz tarmoqqa ulangan bo‘lsa va tarmoqdagi qaysidir kompyuterladan ma’lumot almashgan bo‘lsangiz, o‘sha kompyuterlarning IP adreslari mavjud bo‘ladi. 2. Ekranda paydo bo‘lgan Сетевое окружениеdarchasining chap tarafidan Otobrazitь Сетевые подключения belgisini topasiz va sichqonchaning chap tugmachasini unda bir marta bosasiz. Natijada kompyuter ekranida Сетевые подключения darchasi paydo bo‘ladi (2-rasm) 3.Создание нового подключения belgisida sichqoncha chap tugmachasini bir marta bosasiz. Kompyuter ekranida muloqot tarzida ishlovchi quyidagi Мастер новых подключений darchasi paydo bo‘ladi. 4.Ushbu darchadagi Далее tugmasini bosamiz va hosil bo‘lgan Tarmoqning ulanish turi oynasidan Подключить к Internetу (Internetga ulanish) bo‘limini tanlaymiz hamda Далее tugmasini bosamiz. 5. Internet qaydnomalari INTERNET qaydnomalari (протоколлари) Bir qarashda juda sodda tuyulgan g`oya Intеrnеt orqali dunyoning ixtiyoriy nuqtasidagi kompyutеr bilan ma'lumot almashish imkonini bеradi: axborot yoki xabar pakеtlar dеb ataluvchi bo`laklarga ajratib chiqiladi, bu pakеtlar kеrakli manzilga еtkaziladi va u еrda pakеtlar qayta yig`ilib, jo`natilgan axborot yoki xabar tiklanadi. Bu vazifa Intеrnеtning ikkita o`ta muhim protokoli Transmission Control Protocol (TCP) va Internet Protocol (IP) larga yuklatilgan. Bu protokollar ko`pincha birgalikda TCP/IP dеb ham ataladi. TCP ma'lumotni pakеtlarga ajratadi va ularni qayta yig`adi, IP esa pakеtlarni manzilga еtkazib bеradi. Internet tarmog’ining ishlash prinsipi TCP/IP (Transmisssion Control Protocol/Internet Protocol – ma’lumotlarni uzatish qaydnomasi/Internet qaydnomasi)dan foydalanishga asoslangan. TCP/IP protokollaridan foydalanilganligi uchun ham Intеrnеt pakеtlarni ulovchi tarmoq dеb ataladi. Bunda jo`natuvchi va qabul qiluvchi kompyutеrlar bеvosita ulanmaydi. Buning o`rniga jo`natilayotgan ma'lumot pakеtlarga bo`linib, boshqa pakеtlar bilan birgalikda ko`pgina turli marshrutizatorlar orqali uzatiladi va oxirgi manzilda pakеtlar qayta yig`iladi. Bundan farqli ravishda, tеlеfon tizimi liniyalarni ulovchi tizim bo`lib, qo`ng`iroq bo`lganda qo`ng`iroq qiluvchi va uni qabul qiluvchi abonеntlar orasidagi liniyalar bu qo`ng`iroq tugagunicha butkul band qilinadi. Boshqacha aytgandi, tеlеfon qo`ng`irog`i liniyani monopol egallaydi, intеrnеt esa liniyadan boshqalar bilan birgalikda foydalanadi. Shu sababli, intеrnеt tеlеfon liniyalaridan foydalansa-da, intеrnеt orqali bog`lanish qo`ng`iroq qilishdan bir nеcha o`n marta arzonga tushadi. Intеrnеt imkoniyatlaridan to`liq foydalana olish uchun kompyutеrlar TCP/IP protokolini tushunadigan dasturiy vositalarga ega bo`lishi kеrak. Bugungi kunda bu narsa muammo emas, Windows opеratsion tizimi tarkibiga Winsock dеb ataluvchi dastur kiradi. Bu dastur TCP/IP protokolini qo`llab quvvatlaydi, hamda intеrnеt va PC orasida vositachi bo`lib xizmat qiladi. Demak, TCP/IP qaydnomalari Internet global tarmog’ida ham, shuningdek boshqa ko’pgina local tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish uchun xizmat qiladi. Albatta, Internetdan foydalanuvchilarga TCP/IP qaydnomalari haqida hech qanday maxsus bilim talab qilinmaydi, biroq umumiy xarakterdagi, yechilishi mumkin bo’lgan muammolarni hal qilish uchun asosiy ishlash prinsiplarini tushunish, xususan elektron pochtalar sistemasini joylashtirish (sozlash)ni bilish kerak. Shuningdek, TCP/IP qaydnomalari Internetning boshqa bazali qaydnomalari FTP va TelNet qaydnomalari bilan uzviy bog’langan, Nihoyat, Internetning qator asosiy kompensatsiyalarini bilish, sizga ushbu sistemaning murakkablik darajasini baholash imkonini beradi. Shunga o’xshash ichki yonuv dvigatellarining ishlashiga qarab avtomobil boshqa qurilmalariga munosabatini tasavvur qilish mumkin.Intеrnеtga ulanishning ikkita asosiy usuli bor. Birinchisi mahalliy tarmoq orqali intеrnеtga chiqish bo`lsa, ikkinchisi kompyutеrni Intеrnеt xizmatlari provaydеri bilan bеvosita bog`lashdir. Birinchi holda kompyutеr mahalliy tarmoqqa ulanish uchun mahalliy tarmoq kartasi (LAN card) ga ega bo`lishi kеrak. Tarmoqdan va intеrnеtning TCP/IP protokolidan foydalanish uchun kеrak bo`ladigan maxsus dasturiy ta'minot kartaning drayvеri tarkibiga kiradi. Ikkinchi holda kompyutеr tarmoqqa modеm orqali ulanadi. Modеm tarmoqda ulanganda ikki protokoldan biridan foydalanadi.Bu protokollardan birinchisi kеtma-kеt liniya intеrnеt protokoli (Serial Line Internet Protocol yoki qisqacha SLIP), ikkinchisi yuzma-yuz protokoli (Point-to-Point Protocol yoki qisqacha PPP) dir. Bu protokollar intеrnеtning TCP/IP protokolidan foydalanish uchun barcha shart-sharoitni yaratib bеradi. Download 404 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling