Intizomiy jazoni qo‘llanishda sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatning qay darajada og‘ir ekanligi, shu xatti-harakat sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi


Download 15.39 Kb.
Sana15.02.2023
Hajmi15.39 Kb.
#1199281
Bog'liq
MK 100-3


Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qaroriga 3-ILOVA bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi to‘g‘risidagi NIZOMning 27-bandiga binoan, Tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining davlat mehnat huquq inspektorlari hududiy Inspeksiya boshlig‘ining taqdimnomasiga binoan tegishli tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Mehnat kodeksining 182-moddasiga asosan Intizomiy jazo qo‘llanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim. Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi uning ilgari sodir qilgan nojo‘ya xatti-harakati uchun jazo qo‘llashga to‘siq bo‘la olmaydi.
Intizomiy jazoni qo‘llanishda sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatning qay darajada og‘ir ekanligi, shu xatti-harakat sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi. Mehnat kodeksining 101-moddasiga asosan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qoʻmitasining roziligi (agar jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa) olinishi lozim. Bunday hollarda ish beruvchi kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning vakillik organiga xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozlik berish toʻgʻrisida yozma taqdimnoma kiritishi lozimdir.
Mehnat kodeksining 102-moddasi 5-bandiga binoan, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilinishi toʻgʻrisida xodim kamida 3 (uch) kun oldin xabardor qilinishi yoki shu muddatga mos ravishda kompensatsiya toʻlovlari toʻlagan boʻlishi lozimligi belgilangan. Yuqoridagilarga binoan, aholi bandlikka ko;maklashish markazi tomonidan yuborilgan ushbu buyruq loyihasi amaldagi qonun hujjatlariga zid va uni qabul qilib boʻlmaydi.

Mehnat intizomini muntazam ravishda buzganligi uchun mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruqqa quyidagilar ilova qilinishi lozim.



  1. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi hududiy Inspeksiya boshlig‘ining taqdimnomasi.

  2. Avval ham xodimga intizomiy jazo qoʻllanganligi toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi.

  3. Kasaba uyushmasining xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga roziligini tasdiqlovchi hujjat. (Rozilik xati)

  4. Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilinishi toʻgʻrisida xodimni kamida 3 (uch) kun oldin xabardor qilinganligi yoki shu muddatga mos ravishda kompensatsiya toʻlovlari toʻlaganligini asoslovchi hujjatlar.

Download 15.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling