Intizor usmonova gap. Gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlari
Download 45.31 Kb. Pdf ko'rish
|
Gapning ifoda maqsadiga ko\'ra turi
INTIZOR_USMONOVA GAP. GAPNING IFODA MAQSADIGA KO'RA TURLARI. GAP HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT Gap bir voqea-hodisa haqidagi xabarni, so'roqni yoki buyruqni ifodalovchi asosiy sintaktik butunlikdir. Gap so'z birikmasidan kesim va ega, yoki faqat kesim bo'laklariga aloqador grammatik asosga egaligi bilan farq qiladi, so'z birikmasi tushuncha, gap fikr ifodalaydi. Grammatik asosda gapning fikriy mundarijasi ifodalanadi. Bu fikriy mundarija fe'l kesimning mayl va zamon ma'nolari bilan bog'liq bo'ladi. Bilib oling. Gap muomalaning eng kichik birligi bo'lib, tugallangan fikr va tugallangan ohangga ega bo'ladi, gap tarkibidagi so'zlar ham ma'no tomondan ham grammatik tomondan o'zaro bog'lanadi. Ayrim hollarda gapdagi so'zlar tartib va ohang yordamida ham o'zaro bog'lanadi. Masalan: Oq paxtalar ochildi. Bu gapda o va paxtalar so'zlari bir-biri bilan so'z tartibi orqali bog'langan. Har bir gap biror maqsad -mazmunni ifodalaydi. Og'zaki nutqda ana shu mazmunga mos keladigan tugal ohang bo'ladi. Ohang ayni bir vaqtda gaplarni bir-biridan ajratib ham turadi. Ohang gap uchun eng muhim belgidir. Ayrim so'z (Kuz. Tong.) yoki so'z birikmalarini tugallik ohangi bilan aytsak, gap yuzaga keladi va biror fikr-maqsad anglashiladi: Ko'm -ko'k dala. G'arbiy chegaralardan biri. Ayni bir sodda gapning ohangini o'zgartirish orqali ba'zan uch xil mazmun ifodalash mumkin. Buvijonim keldilar. - Buvijonim keldilar! -Buvijonim keldilar? Yozma nutqda ana shu ohangga qarab har bir gap oxiriga yo nuqta, yo so'roq, yoki undov belgisi qo'yiladi. GAPNING IFODA MAQSADIGA KO'RA TURLARI Darak gap va uning uslubiy xususiyatlari Har bir gapda ma'lum bir maqsad, niyat yoki his-hayajon ifodalanadi. So'z yoki so'zlar vositasida ifodalangan fikr gap deyiladi. Nutqimizda gaplar quyidagi maqsadlardan biri uchun ishlatiladi: 1)xabar berish; 2)so'rash, aniqlash; 3)buyurish, undash; 4)istak, xohish bildirish. Shu sababli gapning ifoda maqsadiga ko'ra darak gap, so'roq gap, buyruq gap, istak gap turlari ajratiladi. Eslab qoling: So'zlovchining maqsadiga xoslangan gap turlariga gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlari deyiladi. Ifoda maqsadiga ko'ra gaplar: 1)darak gaplar; 2)so'roq gaplar; 3)buyruq gaplar; 4)istak gaplaga bo'linadi. Darak, so'roq, buyruq va istak gaplar egali va egasiz, yig'iq va yoyiq, sodda va qo'shma gap shaklida bo'lishi mumkin. Darak gaplar darak, xabar, ma'nosini bildiruvchi gaplardir. Bunday gaplarning xarakterli xususiyati: - kesimi tasdiq yoki inkor shaklida turgan aniqlik maylidagi fe'llar bilan, ba'zan tasdiq yoki inkor shaklidagi otlar bilan ifodalanadi; - yuz bergan yoki yuz berishi mumkin bo'lgan voqea-hodisani tasdi yoki inkor qilish yo'li bilan ifodalaydi; - darak ohangi bilan talaffuz qilinadi; - darak ohangi gap oxiriga qarab pasayib boradi; - gap bo'laklari to'g'ri tartibda joylashgan bo'ladi. Eslab qoling: Kesimi aniqlik maylidagi fe'llar, tasdiq yoki inkor ma'nosini bildiruvchi otlar bilan ifodalanib, biror voqea-hodisa haqida xabar bildiruvchi gaplarga darak gaplar deyiladi. Masalan, Ana bu - bizning bog'imiz. Yozuvda darak gaplar oxiriga nuqta qo'yiladi. Ba'zan darak gaplardagi gap bo'laklarining me'yordagi tartibi o'zgarishi mumkin: a)Urug'chilik instituti shahar markazidan xiyla chetda joylashgan b)Shahar markazidan Urug'chilik instituti xiyla chetda joylashgan d)Xiyla chetda joylashgan Urug'chilik instituti shahar markazidan uzoqda edi. Juda muhim: Darak gaplardagi bunday uch xil gap bo'laklarining tartibi gapning umumiy mazmunini bir xil ifodalasa ham, lekin uslubiy xoslanishlik va gap bo'laklaridan birining ahamiyatlilik darajasini ifodalashga ko'ra o'zaro farqlanadi: a) va b) harflari bilan belgilangan gaplar kitobiy uslubga xos; d)harfi bilan berilgan gapda institutning qayerda joylashganligiga alohida ahamiyat berilgan. Darak gaplar ma'lum axborotni tasdiq va inkor yo'li bilan ifodalaydi. Kesimi bo'lishsiz fe'llardan, yo'q, emas so'zlarini olgan sifatdosh va otlar bilan ifodalangan gaplar darak-inkor gaplar sanaladi. Juda muhim. Ba'zan gapning inkor shakli orqali tasdiq ma'nosi ifodalanadi. Bunday vaqtda ikkita inkor shakl qo'llanilib, gapga tasdiq ma'nosini beradi. Masalan, o'qimay qo'ymayman. Inkor shakl orqali ifodalangan tasdiq ma'nosi tasdiq shakl orqali ifodalangan tasdiq ma'nosidan kuchliroq bo'ladi. Darak gaplar orqali tasdiq, inkor, xabar, orzu-umid, maslahat, taajjub, tashvish, gina, kinoya ma'nolari ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Ba'zan ayollarning o'ziga befarqligini ko'rib hayron qolasan kishi - tashvish. Ayollarning tibbiy madaniyatini oshirish to'g'risida ham o'ylanmog'imiz zarur -maslahat. So'roq gaplar va ularning uslubiy xususiyatlari So'roq gaplar so'roq ma'nosini bildirgan gaplardir. Eslab qoling: So'roq olmoshlari, so'roq yuklamalari yoki so'roq ohangi yordamida ifodalanib, so'zlovchiga noma'lum bo'lgan voqea-hodisa haqida axborot olish maqsadida qo'llaniluvchi gaplarga so'roq gaplar deyiladi. So'roq olmoshlari yordamida ifodalangan so'roq gaplar so'roqqa javob bo'luvchi so'zni talab qiladi. Masalan: - Ko'chatlarga kim suv quydi? - Salim. So'roq yuklamalari orqali ifodalangan so'roq gaplar "ha" yoki "yo'q" javoblarini talab qiladi. Ha yoki yo'q so'zlarini javob tarzda qo'llab, so'ngra unga izoh beriladi. Masalan: - Bu litseymi? - Ha, bu litsey. So'roq gaplar oxiriga doimo so'roq belgisi qo'yiladi. Ba'zan darak ma'nosini ifodalash uchun so'zlovchi darak shaklidan (qolipidan) emas, balki so'roq gap shaklidan foydalanadi. Masalan: Buni kim bilmaydi? Juda muhim: Bunday so'roq gaplar ritorik so'roq gaplar deyiladi. Ritorik so'roq gaplar javob talab qilmaydi. Javobi shu gapning o'zida bo'ladi. Badiiy tilda, ba'zan ommaviy nutqda so'zlovchi o'z his-tuyg'ularining hayajon bilan ifoda etadi. Ritorik so'roq gaplar jumlaning ta'sirli bo'lishiga xizmat qiladi va badiiy uslubning bir turi hisoblanadi. Bunday so'roq gap kesimi bo'lishsiz fe'llar bilan ifodalangan bo'lsa, tasdiq darak gap ma'nosini, aksincha, bo'lishli fe'llar bilan ifodalangan bo'lsa, inkor gap ma'nosini bildiradi. Masalan: Bu daraxtni kesishga kim jur'at qiladi? ("Bu daraxtni kesishga hech kim jur'at qilolmaydi" ma'nosini bildiradi). So'roq gap orqali ifodalangan darak ma'nosi darak gap orqali ifodalangan darak ma'nosidan kuchliroq bo'ladi. Shuningdek, so'roq gap shakli orqali buyruq ma'nosi ham ifodalanishi mumkin. Masalan: - Yurmaysizmi? ("Yuring" ma'nosida) So'roq gap orqali ifodalangan buyruq ma'nosi buyruq gap orqali ifodalangan buyruq ma'nosidan kuchliroq bo'ladi. Darak ma'nosini ifodalagan so'roq gaplarga so'roq-darak gaplar, buyruq ma'nosini bildirgan so'roq gaplarga esa so'roq-buyruq gaplar deyiladi. Buyruq gaplar va ularning uslubiy xususiyatlari Buyruq gaplar - kesimi buyruq maylidagi fe'l bilan ifodalanib, buyurish, da'vat qilish ma'nolarini bildirgan gaplardir. Masalan: Chiroyli yoz. Kitobni o'qing. Vahimaga berilmang. Juda muhim: Buyruq gaplarning buyruq maylidagi fe'l bilan ifodalangan kesimi ba'zan tushib qolishi mumkin, lekin uning o'rni nutq vaziyatidan bilinib turadi. Masalan: Hamma paxta terimiga! Buyruq gaplarning oxiriga yozuvda nuqta (ba'zan undov belgisi) qo'yiladi. Buyruq gaplarning kesimi aniq nisbat, ikkinchi shaxs, buyruq maylidagi fe'llar bilan ifodalanadi. Masalan: Chekmang! Ba'zan majhul nisbat, uchinchi shaxs, buyruq maylidagi fe'llar bilan ifodalanishi ham mumkin. Masalan: ishga qabul qilinsin. Juda muhim: Ayrim hollarda uchinchi shaxs buyruq maylidagi fe'llar bilan ifodalangan gapning kesimi II shaxs ma'nosida qo'llaniladi. Masalan, Chekmang o'rniga chekilmasin. Uyga kiring o'rnida Uyga kirilsin. Bunday vaqtda iltifot, mulozamat bildirish, kesatiq kabi ma'nolarni ifodalaydi. Buyruq gapning kesimi, odatda, gap oxirida keladi. Ba'zan buyruqni kuchaytirish, do'q-po'pisa ma'nosida ifodalanganda kesim gap boshida keladi. Masalan, Qo'lingizni oling o'rniga Oling qo'lingizni. Buyruq gapga misollar: 1)Siz o'g'limga ozor bermang. 2.Tabarruk boshingiz doimo omon bo'lsin. 3.Yer yuzini munavvar etaylik. 4.Bu gaplarni ukangga aslo ayta ko'rma. 5.Kitob o'qishni unutma Istak gaplar va ularning uslubiy xususiyatlari Kesimi shart-istak maylidagi fe'llar bilan ifodalangan gaplar istak gaplar deyiladi. Yozuvda istak gaplar oxiriga nuqta qo'yiladi. Istak gapga misollar: 1.Xorijiy tillarni o'rganib, chet ellarga o'qishga borsam. 2.Qaniydi dunyodagi hamma bolalar baxtli yashasa. 3. Doimo sog'lik bizni tark etmasa Gaplar his-hayajonning ishtirokiga ko'ra ikki turga bo'linadi: 1)his-hayajonsiz gaplar; 2)his-hayajon (undov) gaplar. Darak, so'roq, buyruq va istak gaplar his-hayajonsiz gaplardir. Bular nutqda kuchli his-hayajonga ega bo'lishi bilan his-hayajon gaplarga aylanishi mumkin. His-hayajon gaplar undov gap deb ham nomlanadi. Undov gap fikrni kuchli his-hayajon bilan ifodalaydigan, kuchli ohang bilan aytiladigan gapdir. Ular shodlik, quvonch, suyunish, qo'rquv, tantana, taajjub, qayg'u, afsuslanish kabi turli hissiyotlarini ifodalaydi va baland ohangda aytilishi bilan boshqa gap turlaridan farq qiladi. Yozuvda undov gapning oxiriga undov belgisi qo'yiladi. Masalan: Voy, qomatingdan onang o'rgilsin! (A.Q). Qadamlaringizga hasanot! (A.Q) Salomlashish- so'rashish, xayrlashish singari holatlar bilan bog'langan gaplar ham yuqori ohang bilan aytiladi (To'y muborak! Xayr, do'stim!) va undov gaplar hisoblanadi. Undov gap so'roq gapdan hosil bo'lgan bo'lsa, oldin GAPNING HIS-HAYAJONNING ISHTIROKIGA KO'RA TURLARI so'roq, keyin undov belgisi qo'yiladi: Aytsangiz -chi, nima dedi?! His-hayajon gaplarda ko'pincha qancha, naqadar, qanday, shunchalar so'zlari hamda undov so'zlar ishtirok etadi yoki kesim gapning oldida keladi. Masalan: Oh, olam naqadar go'zal! Gulla, yashna, Mustaqil O'zbekiston! Download 45.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling