Introduction to Depth Of Knowledge (dok)


Ko‘rub oshufta holi zorimni ahboblar aytur: Giriftori kamandi zulfi jonon o‘ldi o‘xshaydur. (Amiriy)


Download 28.22 Kb.
bet9/9
Sana11.11.2023
Hajmi28.22 Kb.
#1765928
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mumtoz adabiyot namunalarini o‘rgatish va tahlil qilish usullari

Ko‘rub oshufta holi zorimni ahboblar aytur: Giriftori kamandi zulfi jonon o‘ldi o‘xshaydur. (Amiriy)

  • Ayrim hollarda zanjirli izofa to‘rt so‘zdan iborat bo‘lishi mumkin.
  • Birinchi misrada “holi zorim” oddiy izofa, u “zor holim”, ya’ni zor bo‘lgan ahvolim ma’nosini beradi.
  • Ikkinchi misradagi “Giriftori kamandi zulfi jonon” izofasi to‘rt so‘zdan iborat zanjirdir. Bu yerda kamand – sirtmoq, zulf – soch ma’nosini beradi.
  • Zanjirni ters o‘qib, o‘zbekcha tartib tusini beramiz: jonon sochi sirtmog‘ining giriftori shaklidagi ifoda yuzaga keladi.
  • Baytning ma’nosi: “telbalarcha (oshufta) zor ahvolimni ko‘rgan do‘stlarim (ahboblar) deyishadiki: jonon sochining sirtmog‘iga giriftor bo‘lganga o‘xshaydi”.

Topshiriq

  • Meni shaydo qiladurg‘on bu ko‘nguldir, bu ko‘ngul,
  • Xor-u rasvo qiladurg‘on bu ko‘nguldir, bu ko‘ngul.
  •  
  • O‘qdayin qomatimizni qora qoshlig‘lar uchun
  • Muttasil yo qiladurg‘on bu ko‘nguldir, bu ko‘ngul.
  •  
  • Meni yozg‘urma «sevar» debki, mening haddim emas,
  • Ul tamanno qiladurg‘on bu ko‘nguldir, bu ko‘ngul.
  •  
  • «Borma», derlar, «eshiki sort damo-dam», netayin,
  • Ko‘p taqozo qiladurg‘on bu ko‘nguldir, bu ko‘ngul.
  •  
  • Tori mo‘yin havasi birla qorong‘u kechada
  • Jonni savdo qiladurg‘on bu ko‘nguldir, bu ko‘ngul.
  • 1. Keltirilgan misralardan turkiy, forsiy va arabiy so’zlarni topib “Tushunchalar tahlili” usulida izohlang. 2. izofalarni aniqlang. 3. badiiy tasvir vositalarini aniqlang.

Topshiriq

  • Agar ko‘nglung tilar jonimni olmoq,
  • Qaroqchi ko‘zlaringdin bir qiyo boq.
  •  
  • Judo bo‘lg‘oli men zulf-u yuzungdin,
  • Ko‘zumga ne qaro ko‘rundi, ne oq.
  •  
  • Falak ayvonina bosh indururm-u,
  • Qoshing mehrobining toqina mushtoq.
  •  
  • Ko‘rarmen bog‘i jannat mevasindin,
  • Yangoqing norini yuz qatla behroq.
  •  
  • Meni devona aylab ishva birla,
  • Nedur hardam parilardek yashunmoq.
  •  
  • Agar uchmoh bersa tengri sensiz,
  • Degaymen bizga yitti sekkiz uchmoh.
  •  
  • Atoyi, sen kim-u ul sarv qomat,
  • Ilik etmas, ne hosil qolni sunmoq
  • 1. Keltirilgan misralardan turkiy, forsiy va arabiy so’zlarni topib “Tushunchalar tahlili” usulida izohlang. 2. izofalarni aniqlang. 3. badiiy tasvir vositalarini aniqlang.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

Download 28.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling