T/r
|
Muomalalar mazmuni
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymatini hisobdan chiqarish
|
9210-“Asosiy vositalarning chiqib ketishi”
|
0100-“Asosiy vositalar”
|
2
|
Hisoblangan eskirishni hisobdan chiqarish
|
0200-“Asosiy vositalarning eskirishi”
|
9210-“Asosiy vositalarning chiqib ketishi”
|
3
|
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishda qayta baholash saldosi hisobdan chiqariladi
|
8510-“Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar”
|
9210-“Asosiy vositalarning chiqib ketishi”
|
4
|
Kam chiqqan asosiy vositalar obyektining chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasi aks ettiriladi
|
5910-“ Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar”
|
9210-“Asosiy vositalarning chiqib ketishi”
|
5
|
Daromadni aks ettirish (undiriladigan summa asosiy vositaning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasidan yuqori) - aybdorlar aniqlangan holda
|
4730-“Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” - aybdor yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan asosiy vositaning bozor qiymatiga
|
5910-“ Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar” - kam chiqqan asosiy vositaning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasiga,
9310-“Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” - aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan asosiy vositaning bozor qiymati bilan uning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasi o‘rtasidagi farqqa
|
6
|
Zararni aks ettirish (kam chiqqan asosiy vositaning bozor qiymati asosiy vositaning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasidan past) - aybdorlar aniqlangan holda
|
4730-“Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” - aybdor yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan asosiy vositaning bozor qiymatiga;
9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” - aybdor yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan asosiy vositaning bozor qiymati bilan uning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasi o‘rtasidagi farqqa
|
5910-“ Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar” kam chiqqan asosiy vositaning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasiga
|
7
|
Kam chiqqan asosiy vositaning chiqib ketishidan ko‘rilgan zararni aks ettirish - aybdor shaxs aniqlanmagan holda
|
9430-“Boshqa operatsion xarajatlar”
|
5910-“ Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar”
|
Inventarizatsiyalash xatlovlari va inventarizatsiyalash dalolatnomalari barcha inventarizatsiyalanadigan mol-mulkka kamida 2 nusxada tuziladi. Agar inventarizatsiyalash ma’lumotlari bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari o‘rtasida nomuvofiqlik aniqlansa, komissiya solishtirma qaydnoma tuzadi. Ortiqcha va kamomad narsalarning summalari ushbu qaydnomada buxgalteriya hisobida baholanishiga muvofiq ko‘rsatiladi.