Inventlar va xo'jalik jihozlari hisobining xuxusiyatlari. Reja: Kirish. Inventar va xo‘jalik jihozlari
Download 26.43 Kb.
|
Inventlar
Inventlar va xo'jalik jihozlari hisobining xuxusiyatlari. Reja: Kirish. 1. Inventar va xo‘jalik jihozlari 2.inventar va xo‘jalik buyumlarini hisobga olish qoidalari 3. Xo‘jalik operatsiyalar hisobda qanday aks ettiriladi Xulosa. Foydalanilgan adabiyotar. Korxona normal ishlashi uchun bino, asbob-uskunalar, dastgohlar, xomashyo va hokazolar bo‘lishi kerak. Bu mulkning barchasi asosiy vositalar va tovar-moddiy zaxiralarga bo‘linadi. Bugun maqolada inventar va xo‘jalik buyumlari haqida so‘z boradi. Ushbu zaxiralar korxonadagi barcha boshqa mulklar singari hisobga olinishi kerak. O‘zbekistonda inventar va xo‘jalik buyumlarini hisobga olish xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Budjet muassasalarida inventar va xo‘jalik jihozlari tahlili juda ham muhim ahamiyatga ega. Chunki xizmat ko‘rsatish darajasi va sifati muas-sasadagi inventar va jihozlarning qay darajada ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ta’lim tizimida inventar va xo‘jalik jihozlarining yetarli bo‘lishi, avvalo, darslarning bir smenada olib borilishiga sharoit yaratib, talaba va o‘quvchilar bilim olishlariga qulayliklarni vujudga keltirib, dars sifatining yuqori darajada bo‘lishiga imkon yaratadi. Sog‘likni saqlash tizimida bemorlarni davolash sifatini oshirishda va sanitariya-gigiyena holatini yuqori darajada bo‘lishi bevosita inventar va xo‘jalik jihozlari bilan ta’minlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham, har bir budjet muassasasi mavjud inventar va jihozlardan samarali foydalanishi va ular hisobini to‘g‘ri yuritishlari lozim. Ta’lim tizimida o‘quv buyumlarining ko‘pligi, auditoriyalar (sinf xonalari) katta-kichikligi, boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, dekanat, kafedra va h.k.) xonalarini ko‘pligi, shifoxonalarda har bir kasallik turi bo‘yicha alohida jihozlangan palata va davolash xonalari mavjudligi, ulardagi inventar va xo‘jalik jihozlarining turli-tumanligi, o‘z navbatida, tahlil oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi: Ta’lim tizimida har bir bino uchun inventar va jihozlarga alohida moddiy javobgar shaxsni rahbarni buyrug‘i asosida tayinlanganligini buxgal-teriya hisobida inventar va xo‘jalik jihozlari uning javobgarligiga o‘tkazil-ganligi to‘g‘risidagi dalolatnomaning mavjudligini tekshirish. (shifoxonalarda har bir bo‘lim uchun). Javobgar shaxs zimmasidagi bino xonalaridagi har bir xona (ofis, auditoriya, sinf xonasi va h.k.) uchun inventar va xo‘jalik jihozlariga tartib raqami yozilib, ular uchun mas’ul shaxs ism va familiyasi ko‘rsatilib, ro‘yxat tuzilganligini va bu ro‘yxat xonaning ko‘zga ko‘rinadigan joyiga qo‘yilganligini nazorat qilish. Javobgar shaxs tomonidan xo‘jalik omboridan olingan inventar va jihozlarni muassasa buxgalteriyasida o‘z vaqtida kirim qilinishi va xizmat muddati tugagan inventar va jihozlarni tegishli dalolatnomalar orqali uning zimmasidan chiqarilganligini nazorat qilish. Tahlil jarayonida har bir inventar va xo‘jalik jihozini turini, marka-sini va boshqa ko‘rsatkichlarni ularning buxgalteriya hisobidagi kirim hujjatlariga mos kelishini nazorat qilish (ayrim hollarda bir turdagi bahosi arzon inventarlarni, markasi va bahosi qimmatlariga almashtirib qo‘yish holatlari kuzatiladi). Tahlil jarayonida ortiqcha aniqlangan inventarlar va xo‘jalik jihozlari muassasa buxgalteriyasida moddiy javobgar shaxs zimmasiga kirim qilinadi, kam chiqqanlari esa amaldagi qonunchilik asosida moddiy javobgar shaxsdan undiriladi. Korxona normal ishlashi uchun bino, asbob-uskunalar, dastgohlar, xomashyo va hokazolar bo‘lishi kerak. Bu mulkning barchasi asosiy vositalar va tovar-moddiy zaxiralarga bo‘linadi. Bugun maqolada inventar va xo‘jalik buyumlari haqida so‘z boradi. Ushbu zaxiralar korxonadagi barcha boshqa mulklar singari hisobga olinishi kerak. O‘zbekistonda inventar va xo‘jalik buyumlarini hisobga olish xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Ishlatish vaqti va narxlaridan qat'i nazar inventar va xo‘jalik buyumlari tarkibiga kiradigan tovarlar ro‘yxati mavjud. Ro‘yxat 4-sonli BHMSning 6-bandida keltirilgan, unga quyidagilar kiradi: Ommaviy yoki seriyali ishlab chiqarishda foydalaniladigan moslamalar va asboblar; Maxsus va sanitariya kiyimlari va poyabzallari; Ko‘rpa-to‘shak; Kanselyariya uskunalari; Stol choyshablari va oshxona anjomlari; Vaqtinchalik inshootlar va qurilmalar; Ishlatish muddati 1 yildan oshmaydigan vaqtinchalik uskunalar; Baliq ovlash uchun uskunalar. Inventar va xo‘jalik buyumlari bilan bog‘liq barcha operatsiyalar va ularning hisobi 1080-schyotda yuritiladi. Milliy standart qoidalariga ko‘ra inventar foydalanishga o‘tkazilishi bilanoq uning butun qiymati ishlab chiqarish xarajatlari yoki davr xarajatlariga chiqariladi.
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, yil davomida 17400 ming so‘mlik asosiy vositalar summasi yil boshiga nisbatan 4013 ming so‘mga kamaygan. Bu o‘z navbatida, barcha turdagi asosiy vositalar yil oxirida belgilangan me’yor bo‘yicha eskirish hisoblangani hamda 6200 ming so‘mlik asosiy vositalarni balansdan chiqarilgani bilan izohlanadi. Asosiy vositalarning mavjudligi va eskirish qiymati birlikda hisoblanganda 2500-“Asosiy vositalar fondi” schyotidagi 190176 ming so‘mga teng kelishi asosiy vositalar hisobi to‘g‘ri yuritilganligidan dalolat beradi. Asosiy vositalarni yuklash, tushirish, tashib kelish, o‘rnatish va montaj qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlar asosiy vositalar qiymatiga kiritilmaydi va ularga alohida quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi. Debet 200 – “Muassasani saqlashga va boshqa tadbirlarga budjet bo‘yicha xarajatlar” schyoti. Kredit 178 – “Boshqa debitorlar va kreditlar bilan hisob-kitoblar” schyoti. Masalan: Muassasa elektr transformatori sotib olindi. Transformatorlar bahosi 12000 ming so‘m. Yuklash, tushirish, transport va montaj qilish qiymati 2300 ming so‘m. U holda quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi: Debet 012 – “Uzatkich qurilmalar” schyoti. Kredit 178 – “Boshqa debitor va kreditlar bilan hisob-kitob” schyoti Debet 012 – 12000000 so‘m Kredit 178 – 14300000 so‘m Bir vaqtning o‘zida ikkinchi buxgalteriya provodkasi beriladi: Debet 200 – “Muassasani saqlashga va boshqa tadbirlarga budjet bo‘yicha harajatlar ” schyoti kredit 250 – “Asosiy vositalardagi fond” schyoti debet 200 – 14300000 kredit 250 – 12000000 Tahlil jarayonida asosiy vositalar ombordan foydalanishga berilganda budjet muassasasi rahbari va bosh hisobchisi nomlaridan tasdiqlangan 434 shakldagi yuk xatini to‘g‘ri to‘ldirilganligiga e’tiborini qaratish lozim. Barcha asosiy vositalar budjet muassasasi bosh hisobchisi tavsiyasi bilan muassasa rahbari tomonidan tasdiqlangan moddiy javobgar shaxs javobgarligida bo‘lishi kerak. Asosiy vositalar tahlili inventar obyektlar doirasida ularni saqlash joylari va javobgar shaxslari bo‘yicha olib boriladi. Asosiy vositalar tahlili jarayonida ularni inventar raqamlariga e’tibor berish kerak, sababi hisobdan chiqarilgan yoki tugatilgan obyektlarning inventar raqamlari yangi olingan boshqa asosiy vositalarga berilmasligi kerak. Asosiy vositalarni analitik hisobini tahlil qilishda OS-6 shakldagi va OS-8 shakldagi inventar kartochkalari tekshiriladi. Chunki ushbu kartochkalar har bir inventar obyekti bo‘yicha yuritiladi. Bir turdagi buyumlar OS-9 shakllardagi kartochkalarda hisobga olinadi. OS-6, OS-8 va OS-9 shakllardagi inventar kartochkalar OS-10 shakldagi asosiy vositalarning inventar kartoch-kalarini xatlashda ro‘yxatga olinadi. OS-6 shakldagi kartochka binolarni, inshootlarni, uzatuvchi moslamalar-ni, mashina va uskunalarni, asboblarni, ishlab chiqarish va xo‘jalik inventar-larini hamda transport vositalarini hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Asosiy vositalar muayyan budjet muassasasi ichida joydan joyga ko‘chirilsa, tegishli yozuvlar mazkur kartochkaning orqa tomoniga qayd qilinadi. OS-8 shaklidagi kartochka ishchi hayvonlarni, mahsuldor va zotdor mollarni hisobga olish uchun hamda ko‘p yillik daraxtlarni va yerni yaxshilashga doir kapital xarajatlarni hisobga olish uchun xizmat qiladi. OS-9 shaklidagi kartochka kutubxona fondlarini va sahnaga qo‘yish jihozlarini guruhlab hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Kutubxona fondlari uchun bitta kartochka ochiladi. Undagi hisob faqat pul o‘lchovida umumiy summada ifodalanib yuritiladi. Umuman olganda, asosiy vositalarni muassasaga kirimini tahlil qilishda asosiy e’tiborni: 010 – “Binolar” schyotiga: 011 – “Inshootlar” schyotiga; 012 – “Uzatkich qurilmalari” schyotiga; 013 – “Mashinalar va uskunalar” schyotiga; 015 – “Transport vositalari” schyotiga; 016 – “Asboblar ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari” schyotiga; 017 – “Ishchi va mahsuldor hayvonlar” schyotiga; 018 – “Kutubxona fondlari” schyotiga; 019 – “Boshqa asosiy vositalar” schyotiga; 178 – “Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” schyotiga; 250 – “Asosiy vositalardagi fond” schyotiga qaratish lozim. Shuningdek, asosiy vositalarni kirimining analitik hisobini tahlil qilishda OS-6 OS-8, OS-9, OS-10 kartochkalarni yuritilishini ko‘rib chikish kerak. Download 26.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling