Jamg’arish – bu joriy davrdagi qayta ishlashning moddiy asosini kengaytirish orqali kelajakda aholi iste’molini oshirishga yo’naltirilgan jarayon. - Jamg’arish – bu joriy davrdagi qayta ishlashning moddiy asosini kengaytirish orqali kelajakda aholi iste’molini oshirishga yo’naltirilgan jarayon.
- Jamg’arishning asosiy funktsiyasi – takror ishlab chiqarish jarayonining pirovard maqsadiga erishishga ko’maklashishdir. Takror ishlab chiqarish jarayonining maqsadi aholining o’sib va o’zgarib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishdan iborat.
Jamg’arma, odatda, investitsiya sifatida iqtisodiyotga kiritiladi, ya’ni jamg’armaning iqtisodiyotga ijobiy ta’siri investitsiyaga aylangandagina yuz beradi. - Jamg’arma, odatda, investitsiya sifatida iqtisodiyotga kiritiladi, ya’ni jamg’armaning iqtisodiyotga ijobiy ta’siri investitsiyaga aylangandagina yuz beradi.
- Jamg’arma deyilganda aholi, korxona va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to’planib borishi tushuniladi. Uning hajmi barcha xo’jaliklar daromadidan iste’mol sarflarini ayirib tashlash yo’li bilan aniqlanadi. Daromad tarkibida iste’mol sarflari ulushi qanchalik yuqori bo’lsa, jamg’arma hajmi shunchalik kam bo’ladi. Bunday holat investitsiya faoliyati taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatmaydi. Jamg’armaning o’sishi iqtisodiy ma’noda mablag’larning iste’mol buyumlar xarid qilishdan investitsiya tovarlari xarid qilishga yo’naltirilishini bildiradi. Shunga ko’ra, muddat jihatdan kechiktirilgan iste’mol jamg’armani anglatadi.
Jahon amaliyotining ko’rsatishicha, yuqori jamg’arish me’yoriga ega bo’lgan mamlakatlar, boshqa shart-sharoitlar o’zgarmagan holda, odatda, yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlariga ega bo’lishadi. Milliy iqtisodiyotga kiritilayotgan investitsiyalar hajmini ko’paytirish va uning iqtisodiy o’sishini ta’minlashdagi rolini oshirishning muhim zaruriy shartlaridan biri – bu jamg’arish me’yorining nisbatan yuqori va barqaror darajasini ta’minlash hisoblanadi. Jamg’arish me’yori barqaror iqtisodiy o’sishning asosiy ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi. 2003-2008 yillarda rivojlangan mamlakatlarda YaIMning o’rtacha o’sish sur’atlari 3,4 %ni, jamg’arish me’yori 22,5 %ni tashkil etgan. Jamg’arish me’yorining o’sishi bilan YaIMning qo’shimcha o’sish sur’ati ham ortib boradi. Jumladan, jamg’arish me’yori 25 %dan ortiq bo’lgan mamlakatlarda YaIMning qo’shimcha o’sish sur’ati o’rtacha 4,8 %ga teng bo’lgani holda, jamg’arish me’yori 30 %dan ortiq mamlakatlarda ushbu ko’rsatkich o’rtacha 8,7 %ni tashkil etgan. - Jahon amaliyotining ko’rsatishicha, yuqori jamg’arish me’yoriga ega bo’lgan mamlakatlar, boshqa shart-sharoitlar o’zgarmagan holda, odatda, yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlariga ega bo’lishadi. Milliy iqtisodiyotga kiritilayotgan investitsiyalar hajmini ko’paytirish va uning iqtisodiy o’sishini ta’minlashdagi rolini oshirishning muhim zaruriy shartlaridan biri – bu jamg’arish me’yorining nisbatan yuqori va barqaror darajasini ta’minlash hisoblanadi. Jamg’arish me’yori barqaror iqtisodiy o’sishning asosiy ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi. 2003-2008 yillarda rivojlangan mamlakatlarda YaIMning o’rtacha o’sish sur’atlari 3,4 %ni, jamg’arish me’yori 22,5 %ni tashkil etgan. Jamg’arish me’yorining o’sishi bilan YaIMning qo’shimcha o’sish sur’ati ham ortib boradi. Jumladan, jamg’arish me’yori 25 %dan ortiq bo’lgan mamlakatlarda YaIMning qo’shimcha o’sish sur’ati o’rtacha 4,8 %ga teng bo’lgani holda, jamg’arish me’yori 30 %dan ortiq mamlakatlarda ushbu ko’rsatkich o’rtacha 8,7 %ni tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |