Инвестиция фаолиятини молиялаштириш манбалари ва усуллари


Download 0.6 Mb.
bet7/11
Sana22.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1381789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
12.mavzu - Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va usullari

Investitsiyalash kapitali qiymatini baholash, uni tanlash narxi yoki undan foydalanishning muqobil qiymatini aniqlashdan iboratdir. Buning sababi esa pul shaklidagi investitsiya kapitalining cheklanganligi va uning vaqtli qiymati bilan bog’liqligidadir. Jahon amaliyotida investitsiyalarni moliyalashtirishga yo’naltiriladigan kapital qiymatini baholashda kapitalning o’rtacha tortilgan qiymatidan foydalaniladi - WACC (ang. Weighted average cost of capital) . Bu ko’rsatkich investitsiya loyihasi beradigan, jami toifadagi investorlar risklari bir xil bo’lgan muqobil qo’yilmalardan olishi mumkin bo’lgan daromadga teng miqdordagi daromadlilik darajasidir.

  • Investitsiyalash kapitali qiymatini baholash, uni tanlash narxi yoki undan foydalanishning muqobil qiymatini aniqlashdan iboratdir. Buning sababi esa pul shaklidagi investitsiya kapitalining cheklanganligi va uning vaqtli qiymati bilan bog’liqligidadir. Jahon amaliyotida investitsiyalarni moliyalashtirishga yo’naltiriladigan kapital qiymatini baholashda kapitalning o’rtacha tortilgan qiymatidan foydalaniladi - WACC (ang. Weighted average cost of capital) . Bu ko’rsatkich investitsiya loyihasi beradigan, jami toifadagi investorlar risklari bir xil bo’lgan muqobil qo’yilmalardan olishi mumkin bo’lgan daromadga teng miqdordagi daromadlilik darajasidir.
  • Moliyalashtirishda amalda bir qancha resurslar manbalari qatnashishi munosabati bilan investitsiya kapitali (moliya resurslari) qiymati o’rta hisobdagi rentabellik darajasini ta’minlash zarurati ta’sirida shakllanadi.. Bu holda investitsiya resurslarining o’rtacha tortilgan qiymati har bir manba turining talab etiladigan rentabelligi asosida, moliyalashtirish manbalarining o’rtacha tortilgan umumiy summasida ulardan har birining hissasi bo’yicha hisoblangan miqdor sifatida shakllanadi.

Kapitalning o’rta tortilgan qiymatini formulasi quyidagicha :

  • Kapitalning o’rta tortilgan qiymatini formulasi quyidagicha :
  • Bu yerda:
  • Wi - i manbadan olingan kapital ulushi (investitsiya resurslari).
  • Ki - i manbadan olingan kapitalning talab qilingan daromaddorligi (foyda normasi).
  • Yoki:
  • WACC=D/(D+E)*Kd+E/(D+E)*Ke
  • Demak, investitsiyalarni moliyalashtirishning tegishli manbalari tuzilmasida ularning har biri daromadlilikning qoniqarli darajasidan kelib chiqqan holda investitsiya loyihasining o’rtacha tortilgan daromadini shakllantirishda qatnashadi. Agar investor investitsiya loyihasiga qo’yish uchun alohida-alohida jalb qilingan har bir manbaning narxidan qoniqsa, yangi investitsiyalar uchun shakllangan moliyalashtirish tuzilmasini saqlab qolishga harakat qiladi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling