Инвестиция жараёнларининг мазмуни ва асосий босқичлари


Download 443.5 Kb.
bet7/18
Sana18.06.2023
Hajmi443.5 Kb.
#1578330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
2 Инвестиция жараёнларининг мазмуни ва асосий босқичлари

Investitsiya loyihasi

  • «Investitsiya loyihasi» tushunchasi iqtisodiy nazariyada va amaliyotda keng qo’llaniladi va u ikki xil ma’noda talqin etiladi:
  • – muayyan maqsadlarga erishishni (ko’zlangan natijalarni hosil qilishni) ta’minlovchi qandaydir faoliyatlar yig’indisini amalga oshirishni nazarda tutuvchi ish, faoliyat, tadbir sifatida tushuniladi. Bunday hollarda «xo’jalik tadbiri», «ish (ishlar yig’indisi)», «loyiha» terminlari ushbu tushunchalarga mazmunan yaqin keladi. Umumiy jihatdan, loyiha (ingl. projekt) – bu «biron nima, nima o’ylanayapti yoki rejalashtirilayapti», degan ma’nolarni anglatadi;
  • – qandaydir faoliyatlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan huquqiy-boshqaruv va moliyaviy-hisob hujjatlari tizimi yoki bunday faoliyatlar tizimini bayon etuvchi hujjatlar to’plami sifatida qaraladi.

Инвестиция лойиҳаси

  • Инвестиция лойиҳаси – бу ташкилий-ҳуқуқий тизимлар ёрдамида бирон-бир мақсадларга эришишни таъминлайдиган тадбирлар режасидир
  • Инвестиция лойиҳаси – нотурар биноларни қуриш, қайта, таъмирлаш ва шаҳарни ижтимоий-ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш мақсадида корхоналар технологик асбоб-ускуналарини, инженерлик таъминотни янгилаш қаратилган ташкилий-техник ҳамда молиявий тадбирлар мажмуидир.
  • Инвестиция лойиҳаси – фойда олиш ва/ёки капитални ўстириш мақсадида пул маблағлари қўйиладиган аниқ тадбирдир.
  • Инвестиция лойиҳаси – капитал қўйилмаларнинг иқтисодий жиҳатдан мақсадга мувофиқлиги, ҳажми ва амалга ошириш муддатларини асослаш, жумладан керакли лойиҳа-смета ҳужжатлар тўплами ҳамда инвестицияларни амалга ошириш бўйича амалий ҳаракатлар тавсифидир.

Investitsiya loyihasi

  • Investitsiya loyihasi qator umumiy xususiyatlarni tavsiflovchi turli xil faoliyat ko’rinishlarini birlashtiradi va ulardan umumiylari quyidagilar hisoblanadi: aniq natijalarga, aniq maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan; turli xil bir-biri bilan aloqador faoliyatlarni bajarishni muvofiqlashtirish; vaqt davomida cheklanganligi va h.k.
  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 7 iyundagi 110-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o’tkazish va tasdiqlash tartibi to’g’risida»gi Nizomda: «investitsiya loyihasi (loyiha) – iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat ko’rish maqsadida investitsiyalar kiritgan holda oldindan belgilangan muddat mobaynida amalga oshiriladigan o’zaro bog’liq tadbirlar va ishlar kompleksi», sifatida tavsiflangan.

Download 443.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling