Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016


Lizing munosabatlarini tashkil etish asoslari


Download 0.5 Mb.
bet57/87
Sana10.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1764469
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   87
Bog'liq
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org

1. Lizing munosabatlarini tashkil etish asoslari
Lizing bitimlarining paydo bo‘lishi Aristotel davri (miloddan avvalgi 384—322)ga borib taqaladi. «Ritorika» asarida u shunday fikrni bayon yetadi: «Boylik - buyumga yegalik qilishda yemas, balki undan foydalanishdadir»1. Bu asarda u foyda olish uchun biron-bir mulkka yegalik qilish juda ham shart yemas, faqat undan foydalanish huquqiga yega bo‘lish va samarali foydalanishning kifoya qilishini asoslab beriladi.
Iqtisodiy munosabatlar tarixi bilan shug‘ullanuvchilarning fikrlariga ko‘ra ijara (lizing) bitimlari Aristotel yashagan davrdan ancha oldin ham mavjud bo‘lgan. Lizing bitimlari qadimgi SHumer davlatida ham tuzilgan, bunga miloddan oldingi 2000 yildagi yozuvlar guvohlik beradi. SHumer davlatidagi Ur shaharchasidan topilgan loytaxtalardagi yozuvdar qishloq xo‘jaligi qurollari, suv manbalari, ho‘kiz va boshqa ish hayvonlarini ijaraga berilganligi to‘g‘risida maʼlumotlardan iborat bo‘lgan. Bu yozuvlar bizga ibodatxona kohinlari mahalliy er yegalari bilan bitim to‘zgan ijaraga beruvchilar bo‘lganligi haqida xabar beradi.
XIX asr boshlarida Angliyada sanoatning jadal rivoji tufayli, turli xil uskunalar ishlab chiqarish hajmi sezilarli ortganligi munosabati bilan uskunalar lizingi rivoj topdi. Bunda temiryo‘l transporti hamda toshko‘mir sanoatining rivojlanishi muhim ahamiyat qasb yetdi. SHimoliy Amerikadagi qo‘shma SHtatlarda XVIII asr boshlarida shaxsiy mulkni ijaraga berish bo‘yicha birinchi shartnoma qayd etiladi. Bunda gildiya aʼzolari shartnoma bo‘yicha ot, yopiq arava va aravachani ijaraga olish huquqiga yega bo‘ldilar.
Avstriyalik tadqiqotchi V. Xoyer «YEvropada qanday biznes qiladilar» nomli kitobida, «lizing» terminini birinchi marta 1877 yilda qo‘llanganini yozadi. o‘shanda «Bell» telefon kompaniyasi o‘z telefon apparatlarini sotmaslik, balki ularni ijaraga berish haqida qaror qabul qiladi, yaʼni apparatni mijozning uyi yoki ofisiga telefondan foydalanganlik uchun ijara haqi to‘lash asosida o‘rnatadi.
XIX asr boshlarida AQSHda avtotransport gurkirab rivojlangani tufayli transport vositasi bilan bog‘liq lizing biznesi tez surʼatlar bilan taraqqiy yetadi. Avtomobil lizingidan foydalanishga birinchi misol 1918 yilga taalluqli. Genri Ford 30-yillarda o‘z avtomobillari sotilishini ko‘paytirish uchun lizing shaklidagi ijaradan keng foydalanadi. Lekin SHikagolik savdo agenti — Zolli Frenk avtomobil lizingi biznesining otasi hisoblanadi. U 40-yillar boshida birinchi bo‘lib o‘zoq muddatli avtomobil ijarasini taklif yetadi. Lizing munosabatlardagi haqiqiy inqilob Amerikada o‘tgan asrning 50-yillarida sodir bo‘ladi. Unda tyexnologiya jihozlari, mashinalar, myexanizmlar, kemalar, samolyotlar va boshqalar ommaviy suratda lizing asosida ijaraga berila boshlaydi. 1952 yilda San-Fransiskoda tuzilgan mashhur Amerika kompaniyasi «United states leasing corporation» ilk Kompaniya bo‘lib, lizing operatsiyalari uning uchun asosiy faoliyat turi, hisoblanadi. Bu kompaniya birinchi bo‘lib xalqaro miqyosga chikdi, oqibatda xalqaro lizing yuzaga keldi. 1982 yilda Mak-Donnel Duglas korporasiyasi lizing yordamida samolyotlar bozorini yegalladi.
Fransiyada birinchi lizing kompaniyasi 1957 yilda paydo bo‘ladi va u SERAFITES (1962 yildan -- Locafrance) deb nomlangan. Uning faoliyati asosiy yo‘nalishi sanoat uskunalari-ning lizingi bo‘ldi. Mazkur kompaniya birinchi bitimni 1961 yil 22 fevralda imzolagan. Fransiyada lizing 1966 yilda qabul qilingan.
Angliyadagi zamonaviy lizing biznesining ilk qaldirgochi bo‘lib, «Mercantile Leasing Company» hisoblanadi. U 1960 yil 8 iyulda taʼsis etilgan « Mercantile Credit Company» va «United States Leasing Corporation» franso‘z-amerika qo‘shma korxonasi tarzida yuzaga kelgan. Biroq, Angliyada lizing faqat 1970 yil dagina sezilarli darajada, soliq imtiyozi joriy etilgandan so‘ng rivojlandi.
Italiyada birinchi lizing kompaniyasi 1963 yilda tashkil topadi.
Germaniyada birinchi lizing kompaniyasi «Locallease Miyetfinanziyering Gmbh» 1962 yilda tuzilgan, uning ustav kapitali 1 mln. markani tashkil yetgan. 60-yillarning boshlarida lizing biznesi Osiyo qitasida rivoj topadi. YAponiyada 1969 yilda tu-zilgan «Sentgu Leasing System» lizing kompaniyasi eng mashhur va yirik kompaniyalardan hisoblanadi.
SHunday qilib, jahon iqtisodiyotida lizing gurkirab ri-vojlangan davr XX asrning 60—70-yillari bo‘ldi, bu bozor munosabatlarining, ayniqsa moliya sohasining yanada rivoj-lanishini taqozo yetgan zamonaviy tyexnologiyalar jadal surʼatlar bilan o‘sganligi bilan aloqador yedi. Lizing munosabat-lari paydo bo‘lish tarixining sharxiga xulosa qilib, uni qarzga olish asosida yuzaga kelgan yaxlit iqtisodiy va huquqiy tizim sifatida qabul qilish mumkin. Lizingning rivojla-nish tarixi shuni ko‘rsatadiki, lizingning paydo bo‘lishiga obʼektiv sabablar imkon berdi va tegishli shart-sharoitlar bir tomondan lizing mulkiga talabni oshirgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan unga yehtiyojni shakllantirdi, uchinchi tomondan bo‘sh turgan moliyaviy resurslarni lizing munosabatlarini rivojlantirish uchun jalb etishning oshishiga olib keldi, mazkur barcha hollarda lizing munosabatlari faqat lizing munosabatida qatnashuvchi tomonlar o‘zaro manfaati bir-biriga mos kelgan hollardagina amalga oshdi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, lizingga lizing mahsuloti ishlab chiquvchilar va isteʼmol qiluvchilar, shuningdek moliyaviy vositachilar, biznesning shu turi bilan shug‘ullanuvchilar uchun bir qator muhim masalani hal yetuvchi biznesning alohida turi sifatida qaraladi. O‘zbekiston uchun tadbirkorlik faoliyatini moliyalashning yangi usulini keng qo‘llash uchun, shuningdek, chet el lizing tajribasidan to‘g‘ri foydalanish uchun, bizning nazarimizda lizing munosabatlar iqtisodiy tabiati va mohiyatini chuqur anglash lozim bo‘ladi. Lizing mohiyatini to‘g‘ri tushunish, uning tabiatini atrofli-cha o‘rganish, zamonaviy bozor iqtisodiyotida barcha funksiyalarini bajarish milliy iqtisodiyotda uni keng tad-biq etish va rivojlantirish uchun huquqiy, iqtisodiy va boshqa sharoitlarni yaratish imkonini beradi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling