Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016
Download 0.5 Mb.
|
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org
Nazorat uchun savollar:
15-mavzu: Nomoddiy aktivlarga safarbar etiladigan investitsiyalarni moliyalashtirish Ryeja: Nomoddiy aktivlarga safarbar etiladigan investitsiyalarni moliyalashtirish Iqtisodiy tarkibning qayta qurilishi faol investitsiya siyosatini o‘tkazish bilan chambarchas bog‘liqdir. Investitsiya bazasini rivojlantirish va chuqurlashtirish islohotlar strategiyasining muhim shartidir. Iqtisodiyot tuzilishi qurilishining belgilangan yo‘nalishlari eksport imkoniyatining kengaytirilishiga, baquvvat investitsiya siyosatini o‘tkazish yo‘li bilangina yerishishimiz mumkin. Buning uchun o‘z sarmoyalarimizni ham, tashqi kreditlarni ham bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalarini ham ishga solish zarur. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion loyihalarini moliyalashtirish investorlar tomonidan tashkil etilgan har xil manbalar, shu jumladan moliyaviy resurslarni jalb qilish yo‘li bilan, kreditlar yevaziga qonunchilikda belgilangan holda qimmatli qog‘ozlar va zayomlar chiqarish hisobiga amalga oshiriladi. Umumiy hisobga olganda investitsion loyihalarni moliyalashtirish manbalari quyidagi shakllarga bo‘linadi: investorning o‘z moliyaviy resurslari; investorning qarzga olgan mablag‘lari; investorni jalb qilgan moliyaviy resursi; davlat byudjeti mablag‘lari; chet el investitsiyalari va kreditlari; Noanaʼviy moliyalashtirish (sindikat kreditlash, venchurli va boshqalar). Kapital moliyalashtirish manbalarini ikki guruhga ajratish mumkin: a) markazlashtirilgan qo‘yilmalar, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: davlat byudjeti va davlat byudjetidan tashqari fondlar mablag‘lari; tashqi qarzlar limitlaridan kelib chiqib hukumat kafolati ostidagi chet el investitsiyalari va kreditlari. b) markazlashtirilmagan kapital qo‘yilmalar, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - korxonalar mablag‘lari, shu jumladan, qo‘shma korxonalar, xorijiy korxonalar va xususiy korxonalarning mablag‘lari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining norezidentlarining mablag‘lari; - davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mablag‘lari, banklarning, shu jumladan, xorijiy banklarning kreditlari; - aholi mablag‘lari. Investitsion loyihalarni moliyalashtirish turli shakl va usullarda olib boriladi. Hozirgi vaqtda investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini shakllantirish, investitsiya faoliyatining bosh muammolaridan biri hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion loyihalarni moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilmoqda. Investorning o‘z moliyaviy resurslari va ichki xo‘jalik rezervlari (foyda, amartizasiya ajratmalari, maxsus rezerv fondlari); Investorning qarz mablag‘lari (bank krediti, byudjet krediti, obligasiya bo‘yicha qarzlar); Jalb qilingan moliyaviy resurslar (aksiyalarni sotish, mehnat jamoasining pay va boshqa ko‘rinishdagi badallari, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa badallari); Byudjetdan investitsion assignasiyalari (mahalliy, davlat va byudjetdan tashqari fondlar mablag‘lari). Chet el investitsiyalari (chet el kreditlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyasi, qo‘shma korxonalar ko‘rinishida); Lizing (investitsion loyihalarni moliyalashtirishning bir turi bo‘lib, asbob-uskuna, transport vositalari, bino va inshootlarni ijariga berish tushiniladi). Ushbu moliyalashtirish shakllari va manbalarining har biri o‘zining ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy jihatlariga yega, shu sababli investitsion loyihalarni moliyalashtirish shakllarini tahlil qilib eng qulay shakl va usul tanlanadi. Investitsiyalarni moliyalashtirish manbai sifatida boshqalariga nisbatan ustunlik tomoni shundaki, korxonaning har qanday moliyaviy xolatida, bu manba o‘z o‘rniga yega bo‘ladi va doimo korxona ixtiyorida bo‘ladi. Raqobat jarayoni, asosiy fondlarni yangilab turishni talab yetadi, bu esa kelgusidagi investitsiyalar uchun tezlashtirilgan amartizasiya ajratmalarini hisoblashni taqozo yetadi. SHunday qilib, intensiv tarzdagi qayta ishlab chiqarish amalga oshiriladi. Buning natijasida amartizasiya ajratmalari, o‘zi alohida bir shaklni tashkil qiladi. Boshqa qilib aytganda, kengayadi va investitsiyalash uchun oldingisiga nisbatan barqaror moliyaviy bazaga aylanadi. SHunday qilib, amartizasiya ajratmalari korxonaning investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi muhim vositaga aylanadi. v)Korxonaning investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning ichki moliyaviy resurslari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: -xo‘jalik usulida bajarilgan qurilish-montaj ishlaridan kelgan foyda (qilingan iqtisod); -asosiy vositalarni likvidasiya qilingan vaqtda olingan yaroqli materiallar; -aylanma mablag‘larning aylanishini tezlashishi hisobiga, muomiladan bo‘shatilgan aylanma mablag‘larning bir qismi; -korxonaning o‘zida tashkil qilingan maxsus rezerv fondlari va boshqalar. Investitsion loyihalarni baholashda shuni hisobga olish lozimki, ishlab chiqarilgan mahsulot ryealizasiyasidan, soliqlar ayirib tashlanadi. Ammo bu hisoblangan soliqlar, amartizasiya singari maʼlum muddat korxona oborotida qo‘shimcha ishlatilishi va vaqtincha moliyaviy resurs bo‘lishi mumkin. g) Agar korxona investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda o‘z mablag‘lari etarli bo‘lmasa, bunday holda, korxona mablag‘larni qimmatli qog‘ozlar chiqarish yoki bank krediti orqali jalb qilishi mumkin. Investitsion loyihalarni moliyalashtirishning keng tarqalgan va moliyalashtirishning asosiy manbalaridan bo‘lib, qimmatli qog‘ozlarni yemissiya qilish hisoblanadi. Qimmatli qog‘ozlar chiqarish, investitsiyalarni moliyalashtirishda markazlashgan mablag‘lar va bank kreditlarining hissasini pasayishiga olib keladi. Qimmatli qog‘ozlar bozori va kredit bozori, pul mablag‘lariga yehtiyoji bo‘lgan tarmoqlarga (korxonalarga) pul mablag‘larini taqsimlab korxonalarning moliyaviy holatini barqarorlashtiradi. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan xarid qilinadigan qimmatli qog‘ozlar ichida keng tarqalgan turi aksionerlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan aksiyalardir. Aksiya - bu korxona mulkiga aksionerlarning qo‘shgan xissasini tasdiqlovchi hujjat. Aksiyalar bo‘yicha daromadlar divident shaklida olinadi. Aksiyalar chiqarish orqali zarur bo‘lgan pul mablag‘lari jalb qilinadi. Aksionerlik kapitalini shakllantirishda ikki xil aksiya yemissiya qilinadi: oddiy va imtiyozli aksiyalar. Oddiy aksiya — aksionerlik jamiyatini boshqarishni huquqini beradi (aksionerlarning umumiy yig‘ilishida qatnashish, dividend olish xuquqi, jamiyatni likvidasiya qilayotganda aksiyalar qiymatiga teng miqdorda korxona mulkini olish). Barcha oddiy aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi lozim. Imtiyozli aksiyalar ovoz berish xuquqiga yega bo‘lmaydi, lekin uning afzallik tomoni shundaki, u aksionerga oldindan maʼlum bo‘lgan, qatʼiy belgilangan foiz bo‘yicha daromad bilan taʼminlangan bo‘ladi. Daromad hajmi aksionarlik jamiyati faoliyat natijasiga bog‘liq bo‘lmaydi. Aksionerlik jamiyatlari ochiq yoki yopiq turdagi jamiyatlarga bo‘linadi. Ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari o‘z aksiyalarini barcha xohlovchilariga ham, yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari faqat o‘z ishchilariga sotishi mumkin. Mulkchilikning aksionerlik shaklida korxonaning xo‘jalik faoliyati natijasi uchun aksionerlarning javobgarlik maʼsuliyati oshadi. Ishchilarning bo‘sh pul mablag‘larini aksiyalarga joylashtirishi, ularning mablag‘larini inflyasiyadan himoyalasa, boshqa tomondan ishlab chiqarish natijasi uchun maʼsuliyatini oshiradi. SHunki o‘zi bundan manfaatdor bo‘ladi. Bank krediti uchun albatta foiz to‘lanishi shart, korxonaning moliyaviy natijasidan qatʼyy nazar (foyda ko‘rdimi yoki zarar). Aksiyalar (oddiy aksiya) uchun korxona faoliyati natijasiga qarab aksionerlarga divident to‘lanadi. Korxona zarar ko‘rsa divident to‘lamaydi. Aksionerlar yig‘ilishi qaroriga binoan hisobot yilida dividentlar to‘lanmasdan korxona faoliyatini kengaytirishga yoki biror investitsion loyihani moliyalashtirish uchun yo‘naltirilishi mumkin. Bundan tashqari aksionerlik jamiyati ustidan davlat va aksionerlarning nazorat sifati oshadi. Qimmatli qog‘ozlar orqali zarur mablag‘lar bank kreditiga nisbatan ko‘proq to‘planadi. Aksionerlik kapitali nafaqat pul shaklida, balki, tyexnika, tyexnologiyalar ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin. Loyihani moliyalashtirishning qimmatli qog‘ozlar yemissiya qilish shaklining ijobiy tomoni shundaki, investitsion loyihani amalga oshirish uchun asosiy zarur moliyaviy resurslar yoki boshqa resurslar loyihani amalga oshirishdan oldin yoki uni amalga oshirish jarayonida kelib tushadi. Aksiyadan tashqari korxona obligasiya chiqarish yo‘li bilan mablag‘larni jalb yetadi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling