Investistiyalarning iqtisodiy mazmuni, turlari va ularning hajmiga ta`sir etuvchi omillar
Download 30.39 Kb.
|
Investistiyalarning iqtisodiy mazmuni
Investistiyalarning iqtisodiy mazmuni, turlari va ularning hajmiga ta`sir etuvchi omillar. 1.1. Iavestitsiyalar: iqtisodiy mazmuni, mohiyati va tasniflanishi Investitsiya milliy iqtisodiyotda nisbatan yangi termin hisobla- nadi. Investitsiya1 (lot. investio — o’rash) — iqtisodiyotni rivojlan- tirish maqsadida o‘z mamlakatida yoki xorijda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, iuuovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq muddatli kapital kiritish (qo‘yish)dir. An’anaviy tarzda investitsiya deganda kelgusida ko‘zda tutilgan daroraadlami olish maqsadida hozirda aniq iqtisodiy loyihalami amalga oshirish tushuniladi. Investitsiya mohiyatini tavsiflashdagi bunday yonda- shuvga milliy, shu bilan birga, xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda bir- lamclii e’tibor beriladi. Investitsiyalaming iqtisodiy mohiyati va mazmuni to‘g‘risida iqtisodchi olimlar o‘rtasida xilma-xil qarashlar va fikrlar mavjud. Bu so‘zning hani keng ma’nosidan, ham tor ma'nosidan foyda- lanish mumkin. «Investitsiya» tushunchasining ma'no-mazmuniga hozirgacha yakuniy bir ta’rif berilmagan va iqtisodiy fanning turii sohalarida investitsiyaning maqsadi, vazifalari, manbasi, mablag' kiritish sohalari va obyektlarining xususiyatlaridan kelib chiqib turlicha ta’rif berilmoqda. Investitsiyaning mazmuni 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan 0‘zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida: «Iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar», si- fatida ta'riflanadi. Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan AVaxabov, Sh.Xajiba- kiyev, N.Muminov, D.G‘ozibekov, D.Tojiboyeva, N.Qo‘ziyeva, G. Maxmudovalar tomonidan investitsiyalarning iqtisodiy mohiya- ti yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilgan va munosabat bildiril- gan. Jumladan, A.Vaxabov, Sh.Xajibakiyev, N.Muminovlar tomo- nidan investitsiyalarning mazmun-mohiyati bo‘yicha bayon etil- gan ta'rifda: «investitsiyalar — foyda olish hamda ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida tadbirkorlik obyektlariga va boshqa faoliyat turlariga qo'yiladigan pul mablag'lari, banklarning maq- sadli omonatlari, aksiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlar, texnolo- giyalar, mashinalar, uskunalar, litsenziyalar, kreditlar, har qanday boshqa mol-mulk yoki mulkiy huquqlar, intellektual boyliklar*,1 deb ta’riflangan. Prof. D. G‘ozibekov tomonidan investitsiyalarning mazmuniga quyidagicha ta’rif berilgan: «aniq va ishonchli manbalardan mab- lag'lar olish, ulami asosli holda safarbar etish, risklar darajasini hisobga olgan holda kapital qiymatini saqlash va ko'zlangan samarani olishdan iborat bo‘ladi. Ana shu belgilariga ko‘ra inves- titsiyalar boshqa qo‘yilmalardan mazmunan farq qiladi. Bular barchasining asosida kapitalning harakatlanish jarayoniga jalb etilishi investitsiyalaming mohiyatini aks ettiradi*. Shuni ham ta’kidlash joizki, D.G‘ozibekov tomonidan investitsiyalaming makroiqtisodiy darajadagi, makro darajadagi va moliya nazariya- sidagi mohiyati to‘g‘risida ham fikrlar bildirilgan. Xususan, makroiqtisodiy darajada investitsiyalar deganda ishlab chiqarish vositalarini takror ishlab chiqarishga, uy-joy fondini, lovar zaxi- ralarini o‘stirish va shu kabilarga qilingan chiqimlaming bir qismi, ya’ni yalpi ichki mahsulotning (YalM)ning kapitalni o‘stirishga qaratilgan va joriy davrda ishlatilmagan qismi tushuniladi. Makro darajada va ishlab chiqarish nazariyasida investilsiyalar deganda yangi kapitalni, shu jumladan, ishlab chiqarish vositalari va intellektual salohiyatni takror ishlab chiqarishni tashkil etish jarayoni nazarda tutiladi. Moliya nazariyasida investitsiyani real yoki moliyaviy aktivlarga yo‘naltirish bilan bog‘laydilar, ya'ni aslida, bu kelgusida daromadlar olisli maqsadida qilingan hoziigi chiqimlardir (xarajatlardir). Boshqacha ifodalaganda, bu bugungi muayyan qiymatni, ehtimol, nomuayyan kelgusi qiymat bilan ayirboshlashdir. Umuman, iqtisodiyotda investitsiyalar kapitalni jamg‘arish jarayoni sifatida sharhlanadi. Prof. D.Tojiboyeva fikricha: «iqtisodiy nazariyada investitsiya, deganda kelajakdagi natija uchun ishlab chiqarishni kengaytirish yoki rekonstruksiya qilish, mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshi- lash, malakali mutaxassislar tayyorlash va ilmiy tadqiqot ishlari olib borishga moTjallangan moliyaviy resurslar tushuniladi Iqtisod fanlari doktori N.Qo‘ziyeva tomonidan investitsiya- larga quyidagicha ta’rif berilgan: «Davlat, yuridik va jismoniy shaxslaming daromad olish va boshqa ijobiy samaradorlikka eri- shish maqsadida mamlakat ichkarisida va tashqarisida yangi kor- xonalar tashkil etish, faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarni kengay- tirish, qayta ta'mirlash va texnik jihatdan qayta qurollantirish, ko‘chmas mulk, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qo- g‘ozlar hamda aktivlami sotib olishga yo'naltirilayotgan moliyaviy mablagTar, mulkiy va intellektual boyliklarga investitsiyalar deyi- ladi». Iqtisod fanlari nomzodi G.Maxmudova tomonidan investitsi- yalarga agrar soha nuqtayi nazaridan bayon etilgan ta'rifda: «investitsiya — agrar sohada faoliyat yuritadigan barcha toiladagi xo‘jaliklarga pul, shuningdek, mulkiy va nomulkiy huquqlar berish hisobidan investor tomonidan foyda va ijtimoiy samara olishga qaratilgan sarmoyalashdir» , deb ko‘rsatib o'tilgan. Rossiya qonunchiligida («Kapital qo'yilmalar shaklida amalga oshiriluvchi investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi Rossiya Federat- siyasining 1999-yil 25-fevraldagi qonuni) investitsiyalarga quyida- gicha ta’rif berilgan: «investitsiyalar — bu foyda olish yoki boshqa ijobiy samaraga erishish maqsadida tadbirkorlik va boshqa faoliyat obyektlariga joylashtirilgan (qo'yilgan, yo‘naltirilgan) pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, boshqa mol-mulklar, shu jumladan, mulkchilik huquqlari va boshqa huquqlaro.1 Rossiyalik iqtisodchi olim L.Igoshina tomonidan: «investit- siyalar — pulni saqlash, ko‘paytirish yoki ijobiy miqdordagi daro- madni ta’minlashni hisobga olgan holda uni joylashtirish mumkin bo'lgan har qanday vosita sifatida ifodalanadi», deb ta’riflangan. «ИHBECTИЦИИ» darsligining muallifi, professor A.Neshitoy inves- titsiyalarning mazmunini quyidagicha tavsiflaydi: «foyda ohsh yoki boshqa samaralarga erishish maqsadida o‘z yoki o‘zga mamla- katning turh tarmoqlariga, tadbirkorlik loyihalari, ijtimoiy-iqtiso- diy dasturlar hamda innovatsiya loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan pul mablag‘larini (kapitalni) uzoq muddatga joylashtirishdir». Investitsiya atamasining iqtisodiy mohiyati yana bir qator rus olimlari tomonidan quyidagicha tavsiflangan: - «investitsiyalar iqtisodiy foyda va ijtimoiy samara olish maqsadida investitsiya sohasi obyektlariga kiritiladigan barcha turdagi mulkiy va intellektual boyliklami aks ettiradi» ; - «investitsiyalar deganda foyda (daromad) olish va investor- larning individual maqsadlari singari ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida iqtisodiyotnmg turli tarmoqlari va sohalariga, tadbirkorlik va boshqa turdagi faohyat obyektlariga muayyan muddatga kapitalning maqsadli yo‘naltirilgan qo‘yilmasi shaklida amalga oshiriladigan xarajatlar yig'indisi tushuniladi» ; - «investitsiyalar o‘zini foyda (daromad) ohsh maqsadida milhy va xorijiy iqtisodiyotning turli tarmog‘iga xususiy yoki dav- lat kapitalining uzoq muddatli qo‘yilmasi sifatida namoyon etadi» ; - «investitsiya tushunchasi foyda olish maqsadida qandaydir korxona, tashkilot, uzoq muddatli loyihalar va shu kabilarga ka- pital, pul mablag‘larini uzoq muddatga kiritishni anglatadi» ; Investitsiyalar keng ma'noda o‘zini mablaglar va resurslaming kelgusida ko'payishi va iqtisodiy samara yoki boshqa rejalash- tiriJgan natijalar olish (ijtimoiy, ekologik va boshqa samaralar) maqsadida ulaming safarbar etilishi sifatida namoyon etadi. Xorijlik iqtisodchi olimlardan U.Sharp, Kempbell R.Makko- nell, Stanli, L.Bryu kabilar investitsiyalaming mazmun-mohiyati yuzasidan turlicha ta'riflami bayon etishgan. Jumladan, Nobel mukofotining iqtisodiyot bo'yicha laureati (1990-yil) U.Sharp ta’kidlashicha: «investitsiyalar kelgusida (ehtimol, nomuayyan) qiymatlik olish maqsadida hozirgi vaqtda muayyan qiymatlikdan voz kechishdir*1. «Investitsiyalash» atamasining ma’nosini mana bunday sharhlaydilar: «Kelajakda foyda olish uchun bugun puldan ajralishdir» va hisoblaydilarki, mablag'lami yoki real yoxud moliyaviy aktivlarga investitsiyalash mumkin. Ular investitsiyalash atamasi mazmunini kelajakda foyda olish maqsadida bugun pul bilan «xayrlashish»da ko'radilar. «Investitsiyalar atamasini kapitalning keigusida ko'payishi maqsadida uning turli xil shaklda joylashtirilishi sifatida belgilash mumkin». «Investitsiyalar — qo‘yilmaning kelgusida o‘sish maq- sadida bugungi iste'moldan voz kechish» . «Investitsiya — ishlab chiqarish davri davomida paydo bo'lgan kapital qo‘yilma qiyma- tining joriy o‘sishi. Bu o'sha davrdagi foydaning iste’mol uchun ishlatilmagan qismi hisoblanadi» . «Investitsiyalar — pul mablag‘- lari, maqsadli bank jamg‘armalari, qimmatli qog'ozlar, texnologi- yalar, mashina, asosiy vositalar va boshqa mulk ko'rinishidagi kapital qo'yilmalar, shuningdek, pul qiymatiga ega bo‘lgan mulkiy va nomulkiy huquqlami investorlaming strategik maqsadlarini ko‘zlab ishlab chiqarish va boshqa faoliyat obyektlariga kiritish» . Iqtisodchi olimlardan Kempbell R.Makkonell, Stanli L.Bryu investitsiya tushunchasini quyidagicha sharhlaydilar, ya’ni «inves- titsiya (investment) — bu moddiy zaxiralarning ko‘payishi, ishlab chiqarish vositalarining jamg'arilishi va ishlab chiqarishga xara- jatlanri. Ushbu ta’rif o‘z mazmuuiga ko‘ra, ko'proq, «kapital qo‘- yilmalar» tushunchasiga mos kelishini ta’kidlab o‘tish joiz. Ma'lumki, markazlashtirilgan rejali tizim davrida, iqtisodiy adabiyotlarda «investitsiya» va «kapital qo‘yilma» tushunchalari tor ma'noda va bir xil mazmunda talqin qilinib kelingan va bunda asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar (ularni ta'mirlashga qilingan xarajatlarni ham qo‘shgan holda) tushunilar edi. Bunday hollarda investitsiyalar asosiy kapitalga mablaglar qo‘yish, asosiy fondlami vujudga keltirish va takror ishlab chiqarish, mavjud quwatlarni ta'mirlash va ularni kengaytirishga mablag‘lar joylashtirish ma'nosida talqin qilinadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida «investitsiya» va «kapital qo‘yilma» tushunchalari o‘rtasida qator farqlar yuzaga keldi. Avvalo, investitsiyalar kapital qo‘yilmalarga qaraganda ancha keng tushunchaga ega. Investitsiyalar asosiy kapitalga mablag4 qo'yish bilan birga, nomoddiy aktivlarga ham, intellektual mulkka ham, aylanma aktivlarga ham, moliyaviy vositalarga (qimmatli qog‘ozlar) ham yo'naltiriladi. Investitsiyalarning mana shunday xususiyatlaxi uning iqtisodiy mohiyatini iqtisodchi olimlar hozirga qadar ham turlicha talqin qilib kelishiga sabab bo‘lmoqda. Ayrim iqtisodchilar uni «tadbirkorlik faoliyatiga daromad olish maqsadida safarbar etilgan barcha turdagi boyliklar», deb tushunsalar, ayrimlari, lotincha «invest» so‘zining aynan tarjimasi «solish», «joylashtirish», degan ma'noni anglatishidan kelib chiq- qan holda «kapital solish» bilan birday qilib ta’riflaydilar. Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida kapital qo'yilmalar quyi- dagicha ta’riflangan: «kapital qo‘yilmalar — bu asosiy kapitalga investitsiyalar, shu jumladan, yangi korxonalar qurish va faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni texnik qayta qurollantirish va ta'mir- lash, kengaytirish, mashina va asbob-uskunalar sotib olish, loyiha- qidiruv ishlari va boshqalarga safarbar etiladigan xarajatlar»2. Ushbu ta'rifdan kelib chiqadigan bo‘lsak, aylanma mablag‘larga safarbar etilgan investitsiyalar kapital qo‘yilmalar hisoblanmaydi. Bu yerda ham investitsiyalarning keng tushunchaga ega ekanligini va bir vaqtning o‘zida kapital qo‘yilmalar investitsiyalarning asosini tashkil etishini ko‘rishimiz mumkin. Yuqoridagi ta'riflami tahlil qilar ekanmiz, investitsiyaning juda keng tushunchasining juda keng mazmun kasb etishi uni har xil talqin qilish mumkinligini e’tirof etish mumkin. Bu atamaning barcha jihatlarini umumlashtirib, quyidagicha tavsiflash mumkin: foyda yoki ijobiy natijaga erishish maqsadida subyektlar tomo- nidan xarajatlar tarzida iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga joylashtiriluvchi turli ko‘rinishlarga ega boyliklarga investitsiyalar deyiladi. Ushbu ta'rifda investitsiyalaming xarakterli belgilari aks etgan: investitsiyalashning maqsadlari; xarajat ko‘rinishida bo‘li- shi, turli ko‘rinishdagi boyliklar tarzida joylashtirilishi va h.k. Pulning vaqt (zamon)ga bog'liq qiymati nazariyasiga ko‘ra investitsiya keiajakda naf olish maqsadida mablaglar qo‘yishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bog‘lashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saqlab qolish yoki bo‘lmasa kapital qiymatini davomli o'stirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatidan investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlami aks ettiradi. Investitsiyalar foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida, davlat, huquqiy va jismoniy shaxslar (inves- torlar) tomonidan cheklangan imkoniyatiardan samarali foy- dalanib, cheklanmagan ehtiyojni qondirish uchun iqtisodiyotning turli sohalariga ma’lum niuddatga sarflangan barcha turdagi boyliklami ham anglatadi. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, barcha turdagi boyliklar inves- titsiyalaming «asosiy birlamchi» etementi degan xulosaga kelish mumkin. Bu boyliklaming turlariga qarab investitsiyalai quyidagi shakllarda bo‘ladi: ko‘char va ko‘chmas mulklar (binolar va inshoot- lar, mashina va uskunalar, tansport vositalari, hisoblash texnikalari va boshq.); pul mablag'lari, maqsadli bank qo'yilmalari, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar; mualhflik huquqidan kelib chiqadigan mulkiy huquqlar, litsenziyalar, patentlar, «nou- xau»lar, tajriba va boshqa intellektual qiymatliklar; tabiiy boyliktar, yer va boshqa mol-mulklardan foydalanish huquqlari. Shuni qayd etish joizki, investitsiyalar shakllaridan qat'iy nazar kapitalni (boyliklami, resurslarni) jamg'arish jarayonining natijasi hisoblanadi. Jamg‘arish investitsiya qo‘yishning asosi bo‘hb, u qo‘yiladigan investitsiyalarning hajmini belgilaydi. Ishlab chiqarishga, qimmatli qog‘ozlarga va shu kabilarga niablag1 sarflash shunda maqsadga muvofiq bo‘ladiki, agar: shu qo‘yilmadan kelgan sof foyda mablag‘lami bank depozitiga joy- lashtirishdan kelgan sof foydadan ko‘p bo‘lsa; investitsiyalaming rentabellik darajasi inflyatsiya1 darajasidan yuqori bo‘lsa; muayyan loyihaning rentabelligi, pulning muvaqqat qiymatini hisobga olganda, muqobil loyihalaming rentabelligidan yuqori bo‘lsa; korxona aktivlarining rentabelligi loyihalar amalga oshirilgandan keyin ko'paysa (yoki hech bo'lmaganda kamaymasa) va har qan- day holda ham qarz mablag‘lari bo‘yicha o‘rtacha hisob stavka- sidan ortiq bo‘lsa; joriy etiladigan loyiha ishlab chiqarishning ratsional assortiment tuzilmasining shakllanishi, xarajatlarning qoplanish muddatlari, chiqimlar qoplanadigan moliyaviy manbalar mavjudligi, barqaror, lekin oddiy, yoki, aksincha, jamlangan, lekin vaqt jihatdan ajratilgan tushumlami ta'minlash va shu kabilar nuqtayi nazaridan korxonaning bosh strategik maqsadiga mos kelsa. Shu bilan birga, bunday umumiy tamoyillar mavjudligiga qaramay u yoki bu xo'jalik subyekti uchun investitsi- ya siyosatini tanlashning muhim bo‘lgan mezonlarini aniqlash har doim g‘oyat subyektivdir va muayyan aniq bosqichda ko‘zlanayotgan strategik moliyaviy maqsadlarga bog‘liq bo'ladi. Biroq, subyektivlik darajasi qanday bo‘lmasin, moliya menejeri qaror qabul qilar ekan, pulning muvaqqat qiymatini, loyihaning risk darajasini va investitsiyalashning muqobil imkoniyatlariga nisbatan jozibadorligini hisobga olmog‘i lozim. Investitsiyalarni tahlil qilish, hisobga olish va samaradoriigini oshirish uchun ulami makro va mikro darajada tasniflash talab etiladi. Puxta o‘ylangan va asoslangan holda investitsiyalarni tasniflash makro va mikro darajada investitsiyalash jarayonlarini tahlil qilish va shu asosda samarali investitsiya siyosatini amalga oshirish uchun zarur ma’lumotlar olish imkonini beradi. Rejali iqtisodiyot davrida iqtisodiy adabiyotlarda va amali- yotda kapital qo‘yilmalarning birmuncha keng tarqalgan quyidagi tasnifi (turlari) xususiyatlariga ko‘ra keltirilgan1: - kelgusi obyektlaming maqsadli belgilanganlik belgiiari bo‘yi- cha: qurilish ishlab chiqarishi; madaniy-maishiy inshootlar qurish; ma’muriy binolar qurish; qidiruv va geologiya-razvedka ishlariga; - asosiy fondlami takror ishlab chiqarish shakli bo'yicha: yangi qurihshga; faoliyat yuritayotgan korxonalami ta'mirlash va kengaytirish; texnik qayta qurollantirishga; - moliyalashtirish manbalari bo‘yicha: markazlashtirilgan va markazlashtirilmagari mablag‘larga; - ishlatilishi (joylashtirish, qo‘yish) yo‘nalishi bo‘yicha: ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan ushbu tasniflash o‘zining ilmiy va amaliy ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q, biroq, yuqorida ta’kidlaganimizdek, quyidagi sabablarga ko‘ra bunday tasniflash yetarli emas edi: - birinchidan, investitsiyalar kapital qo'yilmalarga qaraganda kengroq tushunchaga ega. Ma’lumki, investitsiyalar real investit- siya qo‘yilmalarini hamda portfcl investitsiyalarni qamrab oladi. Yuqoridagi tasniflashda portfel investitsiyalar hisobga olinmagan; - ikkinchidan, bozor munosabatlariga o‘tish munosabati bilan investitsiyalami ham, kapital qo‘yilmalami ham moliyalashtirish manbalari va usullari birmuncha kengaydi. Bularga yuqoridagi tasniflashda o‘rin berilmagan va aks ettirilmagan. Xorijiy adabiyotlarda investitsiyalarning tasniflanishi ilmiy va amaliy jihatdan alohida qiziqish uyg‘otadi. Masalan, nemis profcssori Vaynrixom investitsiyalami yo‘naltirish obyektlariga ko‘ra quyidagicha tasniflashni taklif etadi: - ko‘chmas mulkka investitsiyalar (moddiy investitsiyalar — bino, inshootlar, asbob-uskunalar va boshqa turdagi asosiy vositalar); - moliyaviy investitsiyalar (aksiya, obligatsiya va boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olish); - nomoddiy investitsiyalar (kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot va boshq.)1, Xorijiy adabiyotlarda portfel investitsiyalar investor tomonidan sotib olingan aksiyalarning firma ustidan nazorat va ta’sir doirasi belgilariga ko‘ra tasniflanadi. Investitsiyalaming birmuncha ilmiy asoslangan tasnifi rus olimi N.Blank ishlarida keltirilgan. Bunda investitsiyalar quyidagi belgilariga ko‘ra tasniflangan: qo‘yilma obyekllariga ko‘ra; investitsiyalashda ishtirok etishiga qarab; investitsiyalash davri bo‘yicha; raulkchilik shakllari bo‘yicha; Rus iqtisodiy adabiyotlarida portfel (aksiya, obligatsiya va boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlarga, shuningdek, boshqa korxo- nalaming aktivlariga yo‘naltirilgan investitsiyalar) va real (faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarni ta'mirlash va texnik qayta quroULan- tirish, kengaytirish, yangi korxonalar barpo etishga yo‘naltirilgan investitsiyalar) investitsiyalar farqlanadi. Bunday sharoitda inves- tor-korxona mablag1 kirita turib, o'zining ishlab chiqarish kapi- talini, ya’ni asosiy ishlab chiqarish fondlari va uning faoliyati uchnn zaiur bo'lgan aylanma mablagiarni ko‘paytiradi (oshiradi). Portfel investitsiyalar amalga oshirilganda investor o'zining moli- yaviy kapitalini, ya’ni qimmatli qog'ozlardan olinadigan daromad- dividendini ko‘paytiradi. Bunday tasniflashning afealligi va uning boshqa tasniflashlar- dan farqi shundaki, unda korxona o‘z investitsiyalarini qanday maqsadlar uchun safarbar etishi to‘g‘risida real holat aks ettirilgan. Mohiyat jihatdan, ushbu tasniflash korxonaning investitsiya portfelini xarakterlaydi. Bunda korxona uchun ushbu portfel bo'yicha riskni minimallashtirish va iqtisodiy foydani oshirish eng muhim muammolardan biri sanaladi. Yuqoridagi rasmda tasviriangan real investitsiyalar — bevosita investitsiyalar bo‘lib, investoniing investitsiya jarayonida bevosita ishtirok etishini anglatadi, ya’ni investor investitsiyalash obyektini, shuningdek, uni moliyalashtirishni tashkil etish va moliyalashtirish manbalarini bevosita o‘zi aniqlaydi. Porlfel investitsiyalar — bilvosita investitsiyalarni anglatib, bu investitsiya yoki moliyaviy vositachilar orqali investitsiyalashdir. O'zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrdagi «Inves- titsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunining 3-moddasiga ko‘ra inves- titsiyalar mo‘ljallangan obyektiga qarab kapital, innovatsiya va ijtimoiy investitsiyalarga bo‘linadi: -kapital investitsiyalar jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo'shiladigan investitsiyalar kiradi; - innovatsiya investitsiyalari jumlasiga texnika va texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqish va o‘zlashtirishga qo‘shila- digan investitsiyalar kiradi; - ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne'matlaming boshqa shakllarini rivojlantirishga qo‘shiladigan investitsiyalar kiradi. Kapital investitsiyalar, asosan, moddiy islilab chiqarishga safarbar etilgan investitsiyalami anglatadi. Innovatsiya investitsiya- lari texnika-texnologiyalarning yangi avlodini, yangi va takomillashgan variantlarini yaratishga yo‘naltirilgan investitsiyalami tavsiflaydi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, yuqoridagi qayd etilgan in- vestitsiya turlari tarkibida ijtimoiy investitsiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi ijtimoiy investitsiyalar natijasida insonning bi- lim, ko'nikma, tajriba, iualaka, iqtidor, qobiliyat va salohiyatda yuksak darajalarga erishuvi uning bebaho qiyofasini namoyon etadi. Inson uchun kerak bo‘lgan barcha ko‘rinishda aqliy bilim va salohiyatning mujassamligi hayotning ijtimoiy-iqtisodiy jabha- larida, nafaqat, texnika va texnologiyalarning yangi avlodlarini yaratish hamda asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishni, qolaversa, barcha turdagi investitsiyalarni samarali sa- farbar etish, ularni boshqarish kabilax orqali jamiyatning rnoddiy- ma'naviy, ilmiy-texnik taraqqiyotini ta’minlashning muhim asosini tashkil etadi. Kapital va innovatsiya investitsiyalari orqali moddiy boyliklar- ni yaratish va ko‘paytirish mumkin bo‘lsa, ijtimoiy investitsiyalar orqali ham moddiy, ham ma'naviy, shuningdek, ilmiy-texnik ahamiyatga ega boyliklami ham yaratish va ko‘paytirish mumkin. Iqtisodiyotda yaratilayotgan YalMning, korxonalarda mah- sulot (ish, xizmat) ishlab chiqarishning o'sishida investitsi- yalarning hissasi qanchalar muhim boimasin, ular zamirida inson kapitali va salohiyatidan o‘zga hech bir omil asosiy o'rinni egallay olmaydi. Shu nuqtayi nazardan insonnhig bilimi, aqliy salohiyati, iqtidori, tajriba va malakasini oshirishga yoiialtirilgan inves- titsiyalarni eng samarali investitsiyalar, deb baholash mumkin. Mamlakatda zamonaviy va yuksak darajadagi bilim, iqtidor, malaka, koiiikma va salohiyatga ega yeluk mutaxassislami tayyor- lashda ta'lim muassasalarining, ayniqsa, oliy taiim muassasala- rining alohida o'rni mavjud. Respublikamizda ta’lim tizimini isloh qilishning navbatdagi ikkinchi bosqichi samarali ijrosini ta’min- lash maqsadida mazkur sohaga davlat va boshqa investitsiya- larning keng jalb etilishi mamlakatimizning istiqbolli ravnaqini ta'minlashga munosib hissa qo‘shishga intiluvchan, Vatanparvar, yosh kadrlarni tayyorlashda muhim aliamiyat kasb etmoqda. Ta'kidlash joizki, mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomonidan investitsiyalaming turlari bo‘yicha ham izlanishlar olib borilgan. Masalan, prof. D.G‘ozibekov investitsiyalarni quyidagi begilariga ko‘ra tasnillagan: asosiy kapitahii ko'paytirish zamrati bilan bogiiq sof investitsiyalar va asosiy fondlarning yemirilishi o'rnini qoplash zaruratini taqozo etgan yalpi investitsiyalar farqlanadi. Investitsiyalar joylaslitirish obyektlari bo‘yicha farqlanadi. Bunday obyektlar mulk, moliyaviy vositalar, nomoddiy qiymatliklar bo‘li- shi mumkin. Harakat yo’nalishi bo‘yicha investitsiyalarni fondlar tarkibini yangilash, ratsionallashtirish, kengaytirish, almashtirish va hoka- zolarga moljallangan investitsiyalarga ajratish mumkin. Maqsad- lari va ular bilan bog‘liq xatarlar nuqtayi nazaridan venchurli (xatarli) bevosita, portfel va annuitet investitsiyalar boladi. Venchur kapital shakli katta xatar bilan bog'liq yangi faoliyat sohalarida chiqariladigan yangi aksiyalardir. Xatarli kapital kapitalning turli shaldlarini: ssuda kapitali, aksiyadorlik kapitali va tadbirkorlik kapitalini o‘z ichiga oladi. Bevosita investitsiyalar muayyan xo‘jalik subyektini boshqa- rishga, ishtirok etish huquqini olish va foyda chiqarish maqsadida uning ustav kapitaliga mablag‘ solishdir. Portfel investitsiyalar investoming aniq maqsadga erishishi uchun xizmat qiladigan va bir butun qilib lo‘plangan turli qiymatliklarning yig‘indisidir. Annuitet — vaqti-vaqti bilan investorga muayyan daromad keltirib turadigan investitsiyalar. Investitsiya subyektlari nuqtayi nazaridan investitsiyalar xu- susiy va davlat investitsiyalariga bo‘linadi. Xususiy investitsiyalar o‘z xususiy kapitali, zayomlar (shu jumladan, obligatsiyali zayom- lar), shuningdek, jalb etilgan kapital hisobidan amalga oshiriladi. Davlat investitsiyalari budjet ajratmalari va unga tegishii resurslar hisobidan amalga oshiriladi. Iqtisodiy nazariyada investitsiyalar- ning quyidagi turlarini uchratish mumkin. Jumladan: nominal investitsiyalar — investitsiyaga ajratilgan pul mablag‘lari; real investitsiyalar — pul mablag'larining ishlatilishi natijasida erishil- gan real natija. Kapital resurslarga investitsiyaning o‘zi ikki turga bo'linadi: sof investitsiya va modernizatsiya uchun investitsiya. Sof yoki yangi investitsiya bilan modemizatsiya uchun yoki eskir- gan asosiy kapitalning o‘mini to'ldirish uchun investitsiyalar yalpi investitsiyalar deyiladi. Jamg‘arilgan resurslar investilsiya obyektlariga qo‘yilishiga qarab mulkiy, moliyaviy va intellektual investitsiyalaiga bo‘linadi. Biz ba’zi iqtisodchi olimlaming intellektual investitsiyaga alohida uig‘u berishlariga qo'shilamiz. Bir tomondan ehtiyojlaming o‘sib borishi, ikkinchi tomondan, lan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning murakkablashib borishi insondan yuqori malaka va mahorat talab qiladi va boigan sari bu talab mezonlari yuksalib boradi. Natyada ma'lumot olish, tajriba to‘plash, malakaga ega bo‘lish, sog‘k>m bo‘lish uchun boigan sari ko‘proq kapital mablag'lar talab etiladi. Bir vaqtning o‘zida intellektual salohiyat ishlab chiqarishning eng asosiy elementi bo‘lib shakUanib boradi. Ana shu maqsadlaiga sarflangan xarajatlar insoniy kapitaliga investitsiya (intellektual investitsiya), deb ataladi. Shunday qilib, investitsiyalarni jamg'arish (boyliklar, resurs- lar), qo‘yish (solish, joylashtirish, sarflash), kapitallashuv (kapita- lizatsiya, raahsulot yaratilishi) va iqtisodiy yoki ijtimoiy samara olishdek dinamik harakatda bo'lishligini ta’kidlash lozim. Shunday bo‘lsa-da, yuqorida aytganimizdek, investitsiyalarning asosini jamg'armalar tashkil qiladi. Real jamg'arilgan kapitalning o‘sishi farovonlikning ortishiga ohb keladi. Bugungi farovonlik kechagi investitsiyaning natijasi, mevasi, bugungi investitsiya jamiyatning ertangi farovonligi aso- sidir. Download 30.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling