Investistiyalarning iqtisodiy mazmuni, turlari va ularning hajmiga ta`sir etuvchi omillar
Asosiy fondlaming shakllanishida capital qo‘yilmalarning roli
Download 30.39 Kb.
|
Investistiyalarning iqtisodiy mazmuni
1.2. Asosiy fondlaming shakllanishida capital qo‘yilmalarning roli
Ma’lumki, milhy boylikning muhim tarkibiy qismini korxona va tashkilotlardagi, xalq xo'jaligi tarmoqlaridagi asosiy fondlar tashkil qiladi. Korxona va tashkilotlaming asosiy fondlari moddiy va no- moddiy ishlab cliiqarish sohasida uzoq muddat davomida natura shaklida amal qiluvchi va mehnat vositasi sifatida ishlatiluvchi moddiy-mulkiy qiymatliklar yig‘indisini ifodalaydi. Nazariya va amaliyotda bir yildan ortiq xizmat qiluvchi vositalar asosiy fondlar, bir yilgacha xizmat qiluvchi vositalar aylanma mablag'lar sifatida tan olinadi. Asosiy fondlar ko‘chmas mulkning tarkibiy qismini ham anglatadi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga1 muvofiq ko‘chmas mulk jumlasiga yer uchastkalari, yerosti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bog'langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydigan obyektlar kiradi. Uzoq muddat (bir yildan ortiq vaqt) mobaynida moddiy ishlab chiqarish sohasida, noishlab chiqarish sohasida ham amal qiladigan, shuningdek, ijaraga berish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar asosiy vositalar hisoblanadi. Asosiy vositalarga imoratlar, inshootlar, o‘tkazuvchi moslamalar, mashina va usku- nalar, transport vositalari, o‘lchov asboblari, hisoblash texnikasi, ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari, ishchi va mahsuldor hayvonlar, ko‘p yillik daraxtlar, yeming meliorativ holatini yaxshilash uchun sarf qilingan kapital qo‘yilmalar va boshqalar kiradi. O‘z navbatida, ko‘p yillik daraxtlar, (mevali va manzarali), mahsuldor hayvonlar, kutubxona fondlari, oddiy qishloq xo‘jaligi texnikalari xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar, asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi. Shu bilan birga, yer ham asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi. Mamlakatimizda amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq asosiy vositalar — korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo'jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’- muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalami amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlami ifodalaydi. Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi: bir yildan ortiq xizmat qilish muddati; bir birlik (to‘plam) uchun qiymati eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar. Asosiy fondlaming iqtisodiy mohiyati shundaki, moddiy- mulkiy qiymatlik ko‘rinisliidagi asosiy fondlar korxona ishlab chiqarisli jarayonida mehnat vositasi sifatida ko‘p marotaba ishlatiladi (foydalaniladi) va ularning qiymati asta-sekin qismlarga bo‘lingan holda tovar (malisulot) bahosiga o‘tib boradi. Asosiy fondlarning muhim xususiyati mehnat vositasi sifatida amal qilishi, ishlab chiqarish siklida ko‘p marotaba ishlatilishi va ular qiymatining mahsulot bahosiga ko‘chib o‘tishi bilan tavsiflanadi. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, asosiy fondlarni shakllantirishda kapital qo‘yilmalar muhim o'riii egallab, bu muhimlik kapital qo‘yilmalarning tarkibiy tuzilishidan kelib chiqadi. Kapital qo'yilmalarning tarkibiy tuzilishi quyidagilami qamrab oladi: kapital qo'yilmalaruing texnologik tuzilishi; kapital qo‘yilmalar- ning takror ishlab chiqarish tuzilishi; kapital qo‘yilmalarning tarmoq va hududiy tuzilishi. Kapital qo‘yilmalarniug texnologik tuzilishi, deganda kapital qo‘yilmalaruing xarajat turlari bo'yicha qandaydir obyekt quri- lishiga ketgan xarajatlar tarkibi va uning jami smeta qiymatidagi ulushi tushuniladi. Ya’ni texnologik tuzilishi jami kapital qo‘yil- malarning qancha qismi (ulushi) qurilish-montaj ishlariga, qan- chasi mashina va uskunalar sotib olish va ularni montaj qilishga va yana qanchasi loyiha-qidimv ishlari va boshqa xarajatlarga safarbar etilganligini ko‘rsatadi. Kapital qo'yilmalarning texnologik tuzilishi ulaming samarali ishlatilishiga katta ta'sir ko‘rsatadi. Mohiyat jihatdan, kapital qo‘yilmalarning texnologik tuzilishi kelgusida barpo etilayotgan korxona ishlab chiqarish asosiy fondlarining aktiv va passiv elementlariga sarflangan xarajatlar nisbatini anglatadi . Mashina va uskunalar ulushining yuqoriligi, ya’ni kelgusida barpo etilayotgan korxona asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv qismi ko‘payishi ishlab chiqarish quwatlarini oshirish imkoniyatini yaratadi, o‘z navbatida, bu holat mahsulot birligiga ketgan kapital qo‘yilmalar sarfini kamaytiradi. Iqtisodiy samara- dorlik mehnatni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish dara- jasini oshirish liamda mahsulot birligiga ketgan doimiy xarajatlami kamaytirish hisobiga erishiladi. Kapital qo'yilmalaming takror ishlab chiqarish tuzilishi ham ularni samarali ishlatishga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Kapital qo'yilmalarning takror ishlab chiqarish tuzilishi deganda asosiy ishlab chiqarish fondlarining takior ishlab chiqarish shakllari bo‘yicha umumiy smeta qiymatiga nisbati va taqsimlanishi tushuniladi. Bu holatda kapital qo‘yilmalarning qancha qismi yangi qurilishga, qanchasi amaldagi ishlab chiqa- rishni texnik qayla qurollantirish va ta'mirlashga va yana qanchasi amaldagi ishlab chiqarishni kengaytirishga hamda modernizatsiya qilishga yo‘naltirilayotganligini aniqlash mumkin. Takror ishlab chiqarish tuzilishini takomillashtirish amaldagi ishlab chiqarishni texnik qayta qurollantirish va ta’mirlashga yo‘naltirilgan kapital qo'yilmalarning hajmini oshirish bilan bog'liq boTadi. Nazariya va amahyot tasdiqlashicha, yangi quri- lishni amalga oshirishga nisbatan ishlab chiqarishni texnik qayta qurollantirish va ta’mirlash foydaliroqdir (qo‘shimcha ishlab chi- qarish quvvatlarini ishga tushirish muddatlari qisqaradi va h.k.). Real investitsiyalarni iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha taqsim- lash va o‘zlashtirish mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligi ularning tarmoqlar va hududlar bo‘yicha tarkibiy tuzilishiga bog'liq boiadi. Kapital qo‘yilmalarning tarmoq tuzilishi (tarkibi) deganda ka- pital qo‘yilmalaming butunlay iqtisodiyot va sanoat tarmoqlariga nisbati va taqsimlanishi tushuniladi. Uni takomillashtirish, eng awalo, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini proporsional ravishda rivojlantirish bilan bog‘liq boTadi. ■ Iqtisodiyotda kapital qo‘yilmalaming roli, asosan, quyidagilar bilan xususiyatlanadi: - kapital qo‘yilmalar asosiy fondlarni barpo etish, amaldagi korxonalarni ta'mirlash va kengaytirish, korxonalami texnik qayta qurollantirishning muhim va bosh omilidir; - kapital qo'yilmalar yordamida iqtisodiyot tarmoqlari va alohida ishlab chiqarishdagi asosiy fondlarning rivojlanish sur'atlarini tartibga solish amalga oshiriladi; - kapital qo‘yilmalar yordamida ijtimoiy xarakterdagi muam- molar (uy-joy, ta'lim muassasalari, sogiiqni saqlash, madaniyat obyektlari qurilishi) bartaraf etiladi; - kapital qo‘yilmalar yordamida mamlakatning barcha iqtisodiy hududlarining rivojlanishi taxtibga solinadi va boshq. 1.3. Jamg‘anmalar — investitsiyalash manbasi sifatida MaTumki, iqtisodchi olimlar jamg‘armani investitsiyalashning asosi, deb qarashadi. Bu mutlaqo to‘g‘ri, chunki investitsiya qilish uchun, eng awalo, pul kapitali boTishi kerak. Resurslar (shu qatori pul mablagTari ham) cheklangan. Asosiy muammo mablag* topish masalasidir. Ayniqsa, investitsiya uzoq muddatni ko‘zlashi va tez natija bermasligi bilan ajralib turadi. Inson doirno hozirgi kundagi ne’matlardan foydalanishni, kelajakdagi iste’moldan yuqori baholaydi. Unda doimo bugungi kun ehtiyojlari ustunlik qiladi . Bu xalq maqollarida ham o‘z ifo- dasini topgan: «Osmondagi turnadan qoTdagi chittak yaxshi» yoki «Yutganim o‘zimniki, chaynaganim gumon». Shuning uchun ham investitsiya manbalari, ularni jalb qilish imkoniyatlariga alohida ahamiyat berish talab etiladi. Investitsiyalarning asosiy manbayi jamg‘arma, ya’ni milliy iqtisodiyotdagi yalpi daromadning iste’mol qilinmagan qismi hisoblanadi. Jamg‘arish — bu joriy davrdagi qayta ishlashning moddiy aso- sini kengaytirish orqali kelajakda aholi iste’molini oshirishga yo‘naltirilgan jarayon. Jamg‘arishning asosiy funksiyasi — takror ishlab chiqarish jarayonining pirovard maqsadiga erishishga ko‘maklashishdir. Takror ishlab chiqarish jarayonining maqsadi aholining o‘sib va o‘zgarib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyoj- larini qondirishdan iborat. Tqtisodiy nazariyada milliy daromad bir qismining asosiy va aylanma kapitallami, shuningdek, ehtiyoj zaxiralarini ko‘paytirish uchun sarflanishi jamg'armani tavsiflaydi. Jamg'arma, odatda, investitsiya sifatida iqtisodiyotga kiritiladi, ya’ni jamg‘armaning iqtisodiyotga ijobiy ta’siri investitsiyaga aylangandagina yuz beradi. Jamg‘arma deyilganda aholi, koixona va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to'planib borishi tushuniladi. Uning hajmi barcha xo‘jaliklar daromadidan iste'mol sarflarini ayirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Daromad tarkibida iste'mol sarflari ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, jamg'arma hajmi shunchalik kam bo‘ladi. Bunday holat investitsiya faoliyati 1 taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko'rsatmaydi. .Tamg'armaning o'sishi iqtisodiy ma'noda mablag'- larning iste’mol buyumlar xarid qilishdan investitsiya tovarlari xarid qilishga yo'naltirilishini bildiradi. Shunga ko‘ra, muddat jihatdan kechiktirilgan iste’mol jamg‘armani anglatadi. Amrno, jamiyat oldida doimo bugungi va ertangi iste'molning qancha bo'lishini yechish muammosi turadi. Jamiyat bugun qancha ko‘p investitsiya qilsa, ertaga boyroq bo'ladi, aksincha, ko‘proq iste'mol qilinsa, keyinchalik ko‘proq iste’mol qilish imkoniyati shuncha kamayadi. Investitsiyalash darajasini ikki asosiy omil belgilab beradi, birinchisi, investitsiyalashdan kutilayotgan foyda me’yori va ikkinchisi foiz stavkasi. Investitsiyalashni yuzaga keltiruvchi sabab (motiv) foyda hisoblanadi. Investorlar yoki tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini ular foyda keltiradigan bo‘lsagina sotib oladilar. Investitsiyalash darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo'lgan, bankdan olingan ssuda kapitaliga korxona tolaslii lozim bo‘lgan pul miqdori foiz stavkasini anglatadi. Masalan, foyda me'yori 15 foiz, foiz stavkasi 9 foiz bo‘lsin, u holda investitsiya qilish foydali hisoblanadi. Agar foiz stavkasi 15 foiz bo‘lsa, aksincha, investitsiyalashdan voz kechiladi. Yalpi xarajatlar da investitsiyalar hissasi nisbatan uncha ko‘p bo‘lmasa-da, aynan, investitsiyalar tufayli asosiy makroiqtisodiy siljishlarga erishiladi. Shu bilan birga, jamg'arish bilan investitsiya o'rtasidagi muvozanat makroiqtisodiy muvozanatga erishishning eng muhim shartidir. Biroq, bu muvozanatga erishish doimo oson kechmaydi. Bunga sabab investitsiya darajasi va jamg‘arma darajasining boshqa-boshqa jarayon va holatlarga bog‘liqligidir. Jahon amaliyotining ko‘rsatishicha, yuqori jamg'arish me’- yoriga 1 ga ega bo'lgan mamlakatlar, boshqa shart-sharoitlar o'zgarmagan holda, odatda, yuqori iqtisodiy o‘sish suratlariga ega bo'lishadi. Milliy iqtisodiyotga kiritilayotgan investitsiyalar hajmini ko'paytirish va uning iqtisodiy o‘sishini ta'minlashdagi rolini oshirishning muhim zaruriy shartlaridan biri — bu jamg'a- rish me'yorining nisbatan yuqori va barqaror darajasini ta’minlash hisoblanadi. Jamg‘arish me’yori barqaror iqtisodiy o'sishning aso- siy ko‘rsatkichi bo'lib xizmat qiladi. Milliy iqtisodiy tizimda 1996—2011-yillarda investitsiyalaming YalMdagi ulushi o'rtacha 24 %ga teng bolgan bo‘lsa, jamg‘ar- maning ushbu davrdagi o‘rtacha qiymati 27,2 %ni tashkil et- moqda. Oxirgi 7-9 %li iqtisodiy o‘sish davrida jamg'arma ulushi o'rtacha 35 %ni ifoda etgan bo'lsa, investitsiyalaming YalMdagi ulushi 24 %ni ifoda etishi holatida, 10-11 %li jamg'arma ulushidan samarali foydalanilmay qolayotganligi ma’lum bo‘ladi. Qolaversa, investitsiyalaming YalMdagi ulushi 24 %ni taslikil etishida chetdan jalb etilgan xorijiy sarmoyalarning ham hissasi mavjud. Bu, o‘z navbatida, mamlakatimizda ishlatilmay qolina- yotgan milliy jamg‘armalar ulushi 10-11 %dan ancha yuqori ekanligidan dalolat beradi. Xitoy, Janubiy Koreya kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda oxirgi 15 yil davomida kuzatilgan o'rtacha 10 %li iqlisodiy o‘sish davrida jamg‘arma ulushining o'rtacha qiymati 30 %ni tashkil etgan. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatdiki, bir yilda 6 foizdan ortiq iqtisodiy o‘sishni ta'minlash uchun milhy jamg‘ar- malar YalMning kamida 25 foizini, investitsiyalar esa 30 foizini tashkil etishi kerak. O‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida investitsiya me'yorining barqarorligini ta'minlash muammosining mavjudligi makroiqtiso- diy o'sish sur'atlarining barqarorligini ta'minlashga to‘sqinlik qi- ladi. Demak, iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan jamg‘arma ulushi bir qator rivojlanayotgan mamlakatlar darajasidan yuqori bo‘lsa-da, uning iqtisodiy o‘sishga ta'siri nisbatan past holatni namoyon et- moqda. Shu munosabat bilan jamg‘armadan samarali foydalanish asosida barqaror iqtisodiy o‘sish davomiyligini ta‘minlash uchun, eng awalo, qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish asosida mavjud aholi jamg‘armalarini iqtisodiyotga investitsiya sifatida kirib kelishini faollashtirish hamda tarmoqlararo kapital oqimini ta'minlashga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar bazasini mukammallashtirish asosida korxona jamg'armalarining investit- siyaga aylanish samaradorligini oshirish lozim. Download 30.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling