Investistiyalarning iqtisodiy mazmuni, turlari va ularning hajmiga ta`sir etuvchi omillar


Investitsiyalarning makro va mikroiqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli


Download 30.39 Kb.
bet3/3
Sana01.04.2023
Hajmi30.39 Kb.
#1318142
1   2   3
Bog'liq
Investistiyalarning iqtisodiy mazmuni

1.4. Investitsiyalarning makro va mikroiqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli .
Iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiyalar yetakchi rol o‘y- naydi, chunki investitsiya orqali korxonalarning kapital jamg‘arili- shiga, natijada mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiy o‘sishga erishiladi.
Investitsiyalar iqtisodiy kategoriya sifatida qator funksiya va vazifalami bajaradi-ki, ularsiz har qanday mamlakat iqtisodiyoti bir maromda rivojlana olmaydi. Investitsiyalar makrodarajada quyidagilami ta'minlaydi:
— takror ishlab chiqarishni kengaytirish siyosatini amalga oshirish;
— ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, milliy mahsulot- larning raqobatbardoshligini ta'minlash, uning sifati va hajminini oshirish;
— ijtimoiy sohalami (sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshq.) rivoj- lantirish;
— aholi farovonligini ta'minlashda muhim bo‘lgan uy-joy qu- rilishi, ichimlik suvi, gaz, elektr energiya bilan ta'minlash muam- molarini hal etish;
— atrof-muhit va ekologiyaning ifloslanishining oldini olish;
— umumjamiyat ishlab chiqarishini tarkibiy jihatdan qayta qurish va barcha iqtisodiyot tarmoqlarini bir maromda rivojlan- tirish;
— iqtisodiyotning real sektori va yetakchi tarmoqlarini rivoj- lantirish;
— hududlaming iqtisodiy salohiyatini oshirish va ixtisos- lashuvini mustahkamlash;
— investitsiyalar importi va eksporti orqali milliy iqtisodiyot- ning xalqaro integratsiyasini kuchaytirish;
— sanoat uchun zarur xomashyo bazasini yaratish;
— ishsizlik muammosini yumshatish yoki ma’lum darajada hal etish;
— mamlakatning harbiy sanoat majmuyini mustahkamlash;
— davlatning mudofaa imkoniyatlarini ta'minlash;
— boshqa qator muammolami hal etish.
O‘zbekiston Respublikasi uchun investitsiyalar, birinchi nav- batda, iqtisodiyotni yanada barqarorlashtirish uchun zarurdir. Real investitsiyalami (bino va inshootlar qurish va modernizatsiya qilish, zamonaviy mashina va asbob-uskunalar sotib olish) jalb qilish iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyatini oshiradi. Ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalami olib kelishga yo‘naltirilgan investitsiyalai qattiq raqobat sharoitlarida'omon qolishga ko‘mak- lashadi.
Investitsiyalar mikrodarajada ham muhim rol o‘ynadi. Bunda investitsiyalar, eng awalo, quyidagi maqsadlaiga erishish uchun zarurdir: korxona ishlab chiqarish faoliyatini kengaylirish va rivoj- lantirish; asosiy fondlarning haddan tashqari jismoniy va ma'naviy eskirishiga yo‘l qo‘ymaslik; ishlab chiqarishning texnik-texnologik darajasini oshirish; korxona mahsuloti raqobatbardoshligini ta’- minlash va uning sifatini oshirish; tabiatni muhofaza qilish tad- birlarini amalga oshirish; qimmatli qog‘ozlar sotib olish va boshqa korxona aktivlariga o‘z mablag‘ini sarflash.
Investitsiyalar mikrodarajada, pirovardida, korxonalaming kelgusida me'yorda faoiiyat ko'rsatishi, barqaror moliyaviy holatini va maksimum (yuqori) foyda olishini ta’minlash uchun zarurdir.
Shunday qilib, investitsiyalar makro va mikroiqtisodiyotni ri- vojlantirishda katta rol o‘ynaydi, birinchi navbatda, takror ishlab chiqarishni kengaytirish, tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, korxona foydasini ko‘paytirish va shu asosda boshqa ko‘pgina muammolarni ijobiy hal etish imkoniyatlarini yaratadi.
Mamlakatda investitsiya faoliyatining ahvolini (holatini) quyidagi ko‘rsatkichlar dinamikasi xarakterlaydi:
— investitsiyalarning umumiy hajmi;
— YalMda investitsiyalarning ulushi;
~ investitsiyalarning umumiy hajmida real investitsiyalarning ulushi;
— investitsiyalarning texnologik tarkibi va uning o'zgarishi;
— real investitsiyalarning umumiy o‘sishi;
— investitsiyalar tarkibida xorijiy investitsiyalaming ulushi;
— asosiy kapitaiga yo‘naltirilgan real investitsiyalarning ulushi;
— xorijiy investitsiyalar tarkibida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ulushi va boshqalar.
Bilvosita, biroq, obyektiv holatda, investitsiya faoliyatining holatini quyidagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlaming o‘sish sur’at- lari xarakterlaydi: milliy daromad; yalpi milliy mahsulot (YaMM) va YalM; sanoat ishlab chiqarish hajmi; sanoat mahsulotlarining alohida turini ishlab chiqarish; qishloq xo'jaligi mahsulotini ishlab chiqarish hajmi va boshqalar.
Investitsiya faoliyatining holatiga baho berishda ushbu ko‘rsat- kichlaming obyektivligi shundaki, investitsiya qo‘yilmalarisiz ushbu ko‘rsatkichlaming o'sish suriatlarini tasawur etib bo‘l- maydi. Ushbu ko‘rsatkichlar u yoki bu darajada investitsiyalarning samarali ishlatilishini xarakterlaydi. Agar ushbu ko‘rsatkichlaming o‘sish sur’atlari investitsiyalarning o‘sish suriatlaridan yuqori bo‘lsa, investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish zarurligini ko‘rsatadi va aksincha.
So'nggi yhlarda iqtisodiyotda faol amalga oshirilayotgan tuzil- maviy o‘zgarishlar va modernizatsiva qilish jarayoni investitsiya faolligini yanada oshirdi.
Iqtisodiyotdagi investitsiyalar hajmining1 yildan yilga sezilarli ravishda o‘sib borishi muqarrar ravishda milliy ishlab chiqarish hajmining o‘sishi orqali o‘zining ijobiy natijalarini ko'rsatishiga imkon bermoqda.
Davlat tomonidan investitsiya faoliyatini rivojlantirishga berilgan e'tibor va qo‘llab-quwatlash natijasida YalM hajmi va investitsiyalar miqdori o‘sish suratlariga ega bo‘ldi. Jumladan, investitsiyalaming o'sish ko'rsatkichi 2002—2013-yillar oralig'ida 103,8 foizdan 111,3 foizga yetgan, investitsiyalar hajmi mazkur yillar davrida 1,4 mlrd AQSh dollaridan 13 mlrd AQSh dollarini tashkil qihb, 2002-yilga nisbatan 9,3 martaga ortgan. Agar 2002- yilda respublikamiz iqtisodiyotiga jalb etilgan investitsiyalaming o‘sish sur’ati atigi 3,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2011-yilga kehb bu ko‘rsatkich 11,2 foizni tashkil qildi.
Download 30.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling