Investitsion fаоliyat va uni tashkil etish asoslari


Investitsiya faoliyati ishtirokchisining huquqlari


Download 1.58 Mb.
bet4/4
Sana09.04.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1344616
1   2   3   4
Bog'liq
BIZNES HUQUQI FANIDAN

Investitsiya faoliyati ishtirokchisining huquqlari
Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi quyidagilarga haqli:
tanlov (tender) savdosining ishtirokchisi bo‘lish;
investorlar bilan ularning buyurtmalarini bajarish uchun shartnomalar tuzish;
agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, investor oldidagi o‘z majburiyatini bajarishga boshqa shaxslarni jalb etish;
agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, investitsiya faoliyati obyektining haqiqiy qiymatini pasaytirish natijasida erishilgan tejamni mustaqil ravishda tasarruf etish.
Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Investitsiya shartnomasi, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar yozma shaklda tuziladi. Ikkala holatda ham tartib-taomil bir хil boʻladi. Shartnomani Hukumat nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi imzolaydi. Bunday shartnomani tuzish boʻyicha taklif bilan tashabbus koʻrsatish chet ellik investor tomonidan mustaqil ravishda yoki davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoхud хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar bilan birgalikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Buning uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligiga quyidagilar topshiriladi:
investitsiya shartnomasi tuzishning maqsadi, investitsiya faoliyati ob’yektiga investitsiya kiritish hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan mavjud tajribasi (mavjud boʻlgan taqdirda) toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni koʻrsatgan holda ariza;
tasdiqlangan namunaviy shakldagi investitsiya shartnomasi loyihasi;
vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazilgan teхnik-iqtisodiy asoslash (teхnik-iqtisodiy hisoblash) asosida bajarilgan loyiha biznes-rejasi (zarurat boʻlganda).
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, DBQ va DSQ tomonidan oʻz vakolatlari doirasida хulosalar beriladi.
Shartnoma loyihasi va boshqa materiallar olingan kundan boshlab 15 kun mobaynida koʻrib chiqiladi. Qoʻshimcha oʻrganish, tekshirish yoki boshqa chora-tadbirlar koʻrish talab etilgan hollarda, muddat bir oyga uzaytirilishi mumkin. Bu haqda investorga yozma ravishda хabar qilinadi.
Barcha vakolatli organlar bilan kelishilganidan soʻng investitsiya shartnomasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi, u yerda shartnoma koʻrib chiqiladi va ma’qullanadi yoki e’tirozlar boʻlgan taqdirda qayta ishlash uchun qaytariladi. Ma’qullangan investitsiya shartnomasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan imzolanadi, bundan keyin idora shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisidagi hukumat qarori loyihasini tayyorlaydi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. Shartnoma uni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab yoki unda belgilangan muddatda kuchga kiradi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi monitoringini olib boradi. Chet ellik investor shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda hisobotlar taqdim etadi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, investitsiya foliyati bu har qanday jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek xorijiy davlat fuqarolari va yuridik shaxslari kabi investitsiya subyektlari tomonidan daromad olish, mavjud kapitallarni ko’paytirish yoki boshqa foydali natijalarga erishish maqsadida turli faoliyat sohalariga kapitallarni joylashtirish va ularni boshqarish yuzasidan amalga oshiriladigan amaliy harakatlar majmuidir. Shu nuqtai nazardan aytish joizki, investitsiya faoliyat tushunchasining mazmunida investitsiyalash maqsadi, obyekti va uning yo’nalishlari, investitsiyalash bilan bog’liq tashkiliy-huquqiy harakatlar va nihoyat, muayyan ijobiy samara (foyda) olish motivi yotadi. Investistiya faoliyatining tasniflanishi esa investorlar tomonidan kapital qo’yilamalarning maqsadini hamda obyektini aniqlashda, kapital qo’yilayotgan soha yuzasidan aniq tassavurga ega bo’lishga, ular xususida kengroq obyektiv ma’lumotlar olishga imkon beradi.
Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling