Mutloq likvidlik koeffitsienti (Kml) ham korxonaning qisqa muddatli majburiyatlarining qancha qismini pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar bilan qoplanishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Mazkur ko‘rsatkichni aniqlash uchun aylanma mablag‘larning zudlik bilan to‘lanadigan qismi (Am2, Am3) qisqa muddatli majburiyatlar so‘mmasiga (Kmm) bo‘linadi, ya’ni:
; (4)
Tovar va moddiy ishlab chiqarish zaxiralari likvidliligini ifodalovchi koeffitsient (Ktm3) korxonaning tovar moddiy zaxiralari tez likvid bo‘ladigan aylanma mablag‘larga nisbatan qanday ahvolda ekanligidan dalolat beradi. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun tovar va boshqa moddiy zaxiralar (Am2, Am3, Am4) bo‘linadi, ya’ni
; (5)
Agar ushbu ko‘rsatkichlarning (koeffitsientning) miqdori 0,75 ga teng bo‘lsa, u korxonaning tovar va boshqa moddiy zaxiralari aylanma mablag‘larning tez likvid bo‘ladigan qismiga nisbatan 75 % ni tashkil qilishini ko‘rsatadi. Agar Ktm3 = 1bo‘lsa aylanma mablag‘larning teng yarmi tovar va boshqa moddiy zaxiralardan iborat ekanligini ifodalaydi. Agar Ktm3 < 1 bo‘lsa korxonaning tez likvid bo‘ladigan aylanma mablag‘lari tovar va boshqa moddiy zaxiralarga nisbatan ko‘pligidan dalolat beradi.
Agar Ktm3 > 1 bo‘lsa aylanma mablag‘larning asosiy qismi tovar va boshqa moddiy zaxiralardan iborat ekanligini ko‘rsatadi. Bozor munosabatlari sharoitida bu ko‘rsatkich katta e’tiborni talab qiladi, chunki tovar va boshqa moddiy boyliklar bozorgir bo‘lmasligi, uzoq vaqtdan buyon sotilmasdan yotganligi, turib qolgan tovarlarga aylanganligi bo‘lishi mumkin. Shu tufayli ushbu koeffitsientlar korxonaning likvidligi to‘g‘risida ma’lum xulosa chiqarish uchun asos bo‘ladi.
Korxona likvidliligi deganda uning ma’lum bir muddatda (odatda hisobot tuzulgan vaqtda yoki yopiladigan vaqtda) qisqa muddatli majburiyatlarini aylanma mablag‘larining turli qismi bilan to‘lashga qodirlik darajasi tushuniladi.
Korxona ish faolligini ifodalovchi ushbu soha bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
* aktivlar samaradorligini ifodalovchi koeffitsient (Kas);
* o‘z mablag‘lari samaradorligini ifodalovchi koeffitsient (Ko‘m);
* debitor qarzlarning aylanuvchanlik koeffitsienti (Kda);
* debitor qarzlarning aylanuvchanlik muddati, kunlarda (Kdk);
* tovar va moddiy zaxiralarning aylanuvchanlik koeffitsienti (Kza);
* tovar va moddiy zaxiralarning aylanuvchanlik muddati, kunlarda (Kzk).
Do'stlaringiz bilan baham: |