Investitsion muhit jozibadorligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar tahlili


Download 26.91 Kb.
bet2/3
Sana21.10.2023
Hajmi26.91 Kb.
#1714237
1   2   3
Bog'liq
INVESTITSION MUHIT JOZIBADORLIGIGA TA’SIR KO’RSATUVCHI OMILLAR TAHLILI

birinchi ko‘rinish – alohida xo‘jalik tizimlarini ajratmagan holda investitsiya muhitining holatiga chirmashib ketadi


ikkinchi ko‘rinish (ikki bo‘g‘inli)
butun mamlakat va xususan, mintaqa uchun monitoringni
amalga oshirishni ko‘zda tutadi
uchinchi ko‘rinish yiriklashtirilgan mintaqalararo iqtisodiy hududlar, mintaqalar va tarmoqlarning monitoringini o‘tkazishni ko‘zda tutadi (uch,
to‘rt bo‘g‘inli monitoring).



1.1-rasm. Investitsiya muhitini monitoring qilish ko‘rinishlari1


Investitsiya muhitini doimiy ravishda monitoring qilish vazifasi dolzarb hisoblanadi. Milliy iqtisodiyot uchun uchinchi ko‘rinish ko‘proq ustuvor hisoblanadi, chunki u quyidagilarga imkon beradi:



  • investitsiya muhitini tahlil qilish jarayonida sub’ektivizmni kamaytirish;

  • barcha darajalarda investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha axborotlar yig‘ish, qayta ishlash va uzatish, monitoring tizimi boshqaruvini soddalashtirish;

  • mintaqalararo tuzilmalar o‘xshashligi va farqlarini hisobga olish.

2020 yil 6 oyligida o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 4,8 mlrd. dollarni, shu jumladan, to‘g‘ridan – to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar - 3,2 mlrd. dollarni va davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar - 1,6 mlrd. dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, asosiy kapitalga kiritilgan to‘g‘ridan - to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2,6 mlrd. dollarni tashkil etib, 2019 yildagi shu ko‘rsatkichga nisbatan 1,2 marotaba o‘sish kuzatildi. To‘g‘ridan - to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning umumiy investitsiya hajmidagi ulushi 29,5% gacha o‘sdi. Mazkur davrda 494 ta loyiha ishga tushirildi: 28 ta yirik ishlab chiqarish korxonasi va 466 ta hududiy ahamiyatga ega sanoat ob’ektlari. O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni kiritish bo‘yicha Rossiya, Xitoy, Germaniya va Turkiya davlatlari yetakchilik qildi, respublika iqtisodiyotiga investitsiya kiritgan mamlakatlarning umumiy soni 37 tani tashkil etdi. Ushbu davrda elektrotexnika sanoati (o‘sish - 13 barobar), qurilish materiallari ishlab chiqarish (o‘sish – 3,6 barobar), AKT (o‘sish – 3,5 barobar) sohalari investorlar uchun eng jozibador bo‘lib qoldi. Oziq-ovqat sanoati (o‘sish – 1,5 barobar), kimyo sanoati (o‘sish
– 1,3 barobar) va to‘qimachilik sanoati (o‘sish – 1,6 barobar) ham yaxshi o‘sish dinamikasini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, mintaqaviy ahamiyatga molik loyihalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilishning o‘sish tendensiyasi

1 Muallif islanmasi
mustahkamlandi va ushbu davrda 2 mlrd. dollarni tashkil etib, 1,05 barobarga oshdi. Umumiy summaning 1,6 mlrd. dollari asosiy kapitalga yo‘naltirildi. Hududiy loyihalar doirasida investitsiyalarni o‘zlashtirish hajmi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar umumiy hajmining 62,3 foizini tashkil etdi[4].
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida 21 ta erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) mavjud bo‘lib, ulardan 19 tasi sanoat, 1 tasi qishloq xo‘jaligi va 1 tasi turizm sohasiga ixtisoslashgan. 2008 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan davrda erkin iqtisodiy zonalar hududlarida 2,4 milliard dollarlik jami 448 ta loyihalar amalga oshirildi. Umumiy summadan 764,6 mln dollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tashkil etadi. Loyihalar hisobiga 34 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ushbu loyihalarning eng yirigi Angren EIZ (730,7 mln dollarlik 73 ta loyiha), "Urgut" EIZ (312,9 mln dollarlik 55 ta loyiha), “Navoiy” EIZ (282,8 mln dollarlik 53 ta loyiha) va “Buhoro- agro” EIZda (325,1 mln dollarlik 112 ta loyiha) amalga oshirildi. 2020 yil yakuniga qadar faoliyat ko‘rsatayotgan EIZ hududlarida umumiy qiymati 487,4 mln dollarga teng bo‘lgan 128 ta loyiha amalga oshirildi. Shundan 162,1 mln dollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tashkil etadi. Loyihalar zamonaviy issiqxonalar qurish (204,7 mln dollarlik 62 ta loyiha), qurilish materiallari ishlab chiqarish (140 mln dollarlik 18 ta loyiha), kimyo va neft-kimyo sanoati (50,6 mln dollarlik 13 ta loyiha), oziq-ovqat sanoati (15,9 mln dollarlik 10 ta loyiha), to‘qimachilik sanoati (20,1 mln dollarlik 8 ta loyiha), mashinasozlik (6 mln dollarlik 2 ta loyiha), charm-poyabbzal sanoati (14,9 mln dollarlik 5 ta loyiha), elektrotexnika sanoati ( 13,7 mln dollarlik 3 ta loyiha), farmatsevtika sanoati (56,3 mln dollarlik 6 ta loyiha), mebel va qog‘oz ishlab chiqarish (1,1 mln dollarlik 1 ta loyiha) kabi sohalarni qamrab oldi[5].
Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo‘lsak, mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, hududlarni investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan hamda jalb etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar samaradorligini oshirish bo‘yicha tizimili ishlar tashkil etilgan. Bundan tashqari investitsion loyihalar samaradorligini monitoringini amalga oshirish bo‘yicha ma’ul hududiy organlar tashkil etilgan. Amalga oshirilgan bu chora-tadbirlar investitsiyalarni hududlarni va mamlakat iqtisodiyotiga yanada ko‘proq xissa qo‘shishga xizmat qiladi.



Download 26.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling