«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi
Download 33.47 Kb.
|
1 2
Bog'liqIQ 3-t
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari
investitsiyalar – investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga boʻlgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar boʻlib, ular quyidagilarni
oʻz ichiga olishi mumkin: mablagʻlarni, shu jumladan pul mablagʻlarini (shu jumladan chet el valyutasini), maqsadli bank omonatlarini, paylarni, ulushlarni, aksiyalarni, obligatsiyalarni, veksellar va boshqa qimmatli qogʻozlarni; koʻchar va koʻchmas mol-mulkni (binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalar va boshqa moddiy qimmatliklarni); intellektual mulkka doir mulkiy huquqlarni, shu jumladan u yoki bu ishlab chiqarish turini tashkil etish uchun zarur boʻlgan, texnik hujjatlar, koʻnikmalar va ishlab chiqarish tajribasi tarzida rasmiylashtirilgan, patentlangan yoki patentlanmagan texnik, texnologik, tijoratga oid va boshqa bilimlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa qimmatliklarni; Investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari Investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; oshkoralik va ochiqlik; investitsiya faoliyatini amalga oshirish erkinligi; adolatlilik va investitsiya faoliyati subyektlarining tengligi; investorlarga nisbatan kamsitishga yoʻl qoʻymaslik; investorlarning vijdonliligi prezumpsiyasi. Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining asosiy prinsiplari investitsiya qilish va investitsiya faoliyatini amalga oshirish jarayonining barcha bosqichlarida qoʻllaniladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Sh.Q.Fozilchaev, N.G'. Xidirov "Investitsiya va lizing asoslari"; 2. O'zbekiston Respublikasining 2014-yil 29-oktyabr "Investitsiya faoliyati to'g'risida "gi qonunining yangi tahriri; 3. A.N.Jo'raev "Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholash" ; 4. www.stat.uz Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari. Download 33.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling