Investitsiya faoliyati


Download 1.03 Mb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1626183
1   2   3
Bog'liq
SMM 51 Ikmatov Davron Kenenbayev B

Investitsiya riski – ko‘zda tutilmagan sabablarga ko‘ra investitsiya mablag‘larining samara keltirmasligi oqibatida moliyaviy yo‘qotish ehtimoli.
Investitsiya riskini pasaytirish maqsadida investitsiya mablag‘ini sarflash oldindan puxta hisob-kitob qilinishi lozim.
Bu investitsiya loyihasini ishlab chiqish orqali amalga oshiriladi.
Investitsiya loyihasi – iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa yo‘sindagi foyda olish uchun investitsiyalarni amalga oshirishga qaratilgan o‘zaro bog‘liq tadbirlar majmuyidir.
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-380- sonli yangi tahrirdagi «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni, 6-modda
Investitsiya loyihasining ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, tijorat, moliyaviy, iqtisodiy, ijtimoiy-iqtisodiy loyiha kabi turlari bo‘lishi mumkin.
INVESTITSIYA LOYIHASI TAHLILI
Investitsiya loyihasining to‘g‘ri ishlab chiqilganligi, unda belgilangan chora-tadbirlarning asosli ekanini baholash uchun uni tahlil qilish kerak bo‘ladi.
Investitsiya loyihasi tahlili – investitsiyalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini baholash imkonini beruvchi muayyan usul va harakatlar majmuyi.
Har qanday investitsiya loyihasi tahlili quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
  • zarur ma’lumotni tanlash va tayyorlash;
  • dastlabki ma’lumotni qayta ishlash va tahliliy ma’lumotni shakllantirish;
  • tahliliy ma’lumotni talqin etish;
  • xulosa va tavsiyalarni tayyorlash.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling