Investitsiya faoliyatini rivojlantirishda investitsiya muhitining o`rni va investitsiya faoliyatida kapital qurilish

Download 0.82 Mb.
bet3/7
Sana04.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1163642
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
investitsiya muhiti 7

Rivojlangan ko’pgina mamlakatlarda investitsiya loyihalarini baholaydigan, investitsiyalar qo’yilishiga talab bo’lgan davlatlarning investitsiya muhitini o’rganadigan va aniq xulosa va ma’lumotlarni investorlar uchun taqdim etuvchi maxsus firmalar, tashkilotlar mavjuddir. Masalan: Shvetsariya, Germaniya kabi qator mamlakatlarning nufuzli axborot xizmatlari davlatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy holatini baholash uchun har biri «0» dan «4» gacha bo’lgan (0-qoniqarsiz va 4-o’ta qulay) 4 balli shkala bo’yicha baholanadigan 15 ta muhim ko’rsatkichni hisobga oladigan «BERI»65 (business environment risk index)ni qo’llaydi.

Mazkur usulning mohiyati shundaki, obro’li ekspertlarni tanlash asosida va ularga 5 balli (0 dan 4 ballgacha va ularning yig’indisi 1 ga teng) shkalada 15 ta asosiy mezonlar bo’yicha mamlakat riskini baholash taklif etiladi. Ushbu usulda baholash mezonlari va ularning qiymatlari quyidagilardan iborat

– siyosiy barqarorlik (0,12);
– xorijiy investitsiyalarga bo’lgan munosabat (0,06);
– milliylashtirilishi xavfi (0,06), agar mamlakat qonunchiligida mulkni haq to’lamasdan ekspropriatsiya qilish ko’zda tutilgan bo’lsa, 0 ball qo’yiladi;
– valyutaning devalvatsiya qilinish ehtimoli va darajasi (0,06);
– to’lov balansining holati (0,06);
– biznesning byurokratlashish darajasi (0,04);
– iqtisodiy o’sish sur’ati (0,1);
– valyutaning erkin almashinuv darajasi (0,1);
– shartnoma majburiyatlarini bajarish soni (0,06);
– mehnat unumdorligi darajasi va ish haqi xarajatlari (0,08);
– yuridik va marketing maslahatlarini olish, malakali mutaxassislarni jalb qilish imkoniyati (0,02);
– aloqa va transportni tashkil qilish (0,04);
– davlat organlari va jamoat tashkilotlarining munosabatlari (0,04);
– qisqa muddatli kreditlarni olish shartlari (0,08);
uzoq muddatli kreditlar, xususiy kapitalni olish, foydalanish shartlari (0,08)

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling