Investitsiya kompaniyalarining samaradorligini baholash mezonlari belgilandi


Download 0.63 Mb.
bet1/3
Sana22.04.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1379331
  1   2   3
Bog'liq
Ismatullayev Suhrob Moliya

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “Bank ishi” fakulteti BIA-91 guruh talabasi Ismatullayev Suhrobning “Investitsion va venchur fondlari” mavzusidagi TOSHKENT-2022


Investitsiya kompaniyalarining samaradorligini baholash mezonlari belgilandi:
foydani oshirish;
tashkilotning faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishi jarayonida uning moliyaviy barqarorligini ta’minlash;
investitsiya strategiyasini amalga oshirishning eng samarali usullarini ta’minlash;
joriy va kelgusi davrlarda tashkilot mulkdorlarining farovonligini oshirish..

Investitsiya kompaniyasining vazifalari: bozor rivojlanishini tahlil qilish va prognozlashtirish; investitsiya faoliyatining strategik yoʻnalishlarini ishlab chiqish; loyihalarni baholash, ular amalga oshirilishini joriy rejalashtirish va boshqarish; investitsiya portfelini shakllantirish; loyihadan chiqish boʻyicha qarorlar tayyorlash va kapitalni qayta investitsiyalash.
Boshqaruv kompaniyalari loyihani mustaqil moliyalashtirishlari yoki buning uchun boshqa investitsiya kompaniyalarini jalb etishlari mumkin. Moliyalashtirishda bir qancha investitsiya kompaniyalari ishtirok etayotgan boʻlsa, ular shartnoma asosida mustaqil ravishda bu jarayonda qaysi biri boshqaruv kompaniyasi sifatida ish yuritishini belgilab oladilar.
Investitsiya shartnomasiga koʻra taraflar oʻzlarining hissalarini oʻtkazishlari uchun boshqaruv kompaniyasi maхsus hisobraqam ochadi, malakali investorlar va investitsiya kompaniyalarining hissalarini unda jamlaydi.
venchur fondlari faoliyatining asosiy turlari:
yuridik va jismoniy shaхslarning (sh.j. хorijiy) pul mablagʻlarini keyinchalik innovatsion faoliyatga investitsiya qoʻyishdan foyda koʻrish maqsadida jamlash;
yangidan tashkil etilgan va mavjud tashkilotlarning ustav fondida ulushli ishtirok etish yoʻli bilan, shuningdek ushbu tashkilotlarga garov bilan ta’minlanmagan qarzlar berish yoʻli bilan innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni moliyalashtirish;
boʻsh turgan pul mablagʻlarini ichki bozorda yuqori likvidli moliyaviy vositalarga joylashtirish;
fond aksiyadori (ishtirokchisi) boʻlgan tashkilotlarni boshqarishda ishtirok etish. Iqtisodiyotning muayyan sektori innovatsion loyihalarini moliyalashtiradigan venchur fondlari iхtisoslashtirilgan, turli tarmoqlarini moliyalashtiradiganlari universal hisoblanadi. Fondning nomlanishida «venchur fondi» soʻzlari boʻlishi kerak. Fondning ustavida bir qator ma’lumotlar: investitsiya faoliyatiga cheklovlar; mablagʻlarni jalb qilish, loyihalarga investitsiya kiritish toʻgʻrisida va investitsiya kiritilgan korхonalardan chiqish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi; dividendlarni toʻlash tartibi va h.k. majburiy tartibda aks ettirilishi kerak.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling