Investitsiya loyihalari tahlili” fanidan kurs ishi mavzu: Investitsiyalar mezonlari va ulardan foydalanish. Bajardi
Investitsiyalarning buxgalteriya rentabelligini aniqlash usuli (rentabellik darajasini aniqlash usuli – ARR yoki ROI)
Download 333.92 Kb.
|
kurs ishi (5) IZZAT
Investitsiyalarning buxgalteriya rentabelligini aniqlash usuli (rentabellik darajasini aniqlash usuli – ARR yoki ROI)bu ko’rsatkich buxgalteriya hisoboti ma’lumotlariga asoslangan holda aniqlanadigan o’rtacha daromadni investitsiyalarning o’rtacha yillik hajmiga bo’lish orqali aniqlanadi. Bunda hisob-kitob ishlari foizlarni va soliqlarni to’lamasdan avvalgi foyda miqdoriga asoslanib amalga oshirilishi mumkin yoki u soliqlarni to’lagandan keyingi, lekin foiz to’lovlarigacha bo’lgan daromadga asoslanadi. Eng yaxshisi, soliq to’lagandan keyingi sof foyda miqdori tanlab olinganligi afzalroqdir, chunki u korxona ta’sischilari va investorlar oladigan haqiqiy foydani ifodalaydi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi: Shuningdek, investitsion loyihalarni baholashda kapitalning o’rtacha tortilgan qiymati (Weighted average cost of capital – WACC) ham qo’llanilib, ushbu ko’rsatkich kompaniyaning moliyalashtirish manbalari bo’yicha o’rtacha foiz stavkasini anglatadi. Hisoblashda har bir moliyalashtirish manbasining umumiy qiymatdagi solishtirma og’irligini hisobga oladi. Ko'rsatkich har bir moliyalashitirish manbasining umumiy xarajatlar summasi bilan qoplanishi nisbiy darajasini xarakterlaydi va kapitalning o’rtacha og’irlik qiymatini anglatadi.Kapitalning o’rtacha tortilgan qiymati quyidagi formula asosida hisoblanadi: Bu yerda: C – WACC (% da), E – xusisiy kapital summasi, TC – umumiy kapital, c1 – xususiy kapital qiymati, D – qarz kapitali summasi, c2 – qarz kapitali qiymati, t – foyda solig’i stavkasi. 3. O'zbekistondagi investitsion muhit jozibadorligi tahlili. Iqtisodiyotda investitsiyalar muhim ro‘l o‘ynaydi. Iqtisodiy kategoriya sifatida ular eng muhim funksiyalarni amalga oshiradilar, ularning y o‘qligida normal, samarali iqtisodiy rivojlanish mumkin emas, chunki investitsiyalar iqtisodiy faoliyatning eng chuqur poydevoriga ta’sir qiladi va umuman iqtisodiy o‘sish jarayonini belgilaydi. Investitsiyalar obyektiv ravishda zarurdir, chunki zamonaviy sharoitda ular iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash, texnik taraqqiyotning yutuqlarini ro‘yobga chiqarish va xo‘jalik faoliyatining sifat ko‘rsatkichlarini oshirishning eng muhim vositasi bo‘lib, mamlakatning iqtisodiy salohiyatini belgilaydi va aholining turmush darajasini oshiradigan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ko‘pincha iqtisodiy adabiyotda investitsion muhit va investitsion jozibadorlik sinonim sifatida talqin etiladi. Ammo birinchi konsepsiya kengroq va ko‘proq qo‘llaniladi. Bu mamlakat, mintaqa, iqtisodiy hudud va sanoatda investitsiya muhitining asosiy xarakteristikasini ifodalaydi. Faqat investitsiya muhitini baholash bahosini hisobga olgan holda, investorga ma’lum bir obyekt yoki investitsiya loyihasining investitsion jozibadorligini baholashga o‘tish tavsiya etiladi. Investitsiya muhiti ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy, huquqiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlarning umumiy tavsifidir, bu mintaqaviy iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni kiritish mumkinligini belgilaydi. “Investitsiya muhiti” tushunchasi mamlakat(mintaqa, sanoat)ga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan investitsiyalarga nisbatan ma’lum bir mamlakatda(mintaqada, sanoatda) yuzaga keladigan vaziyatning qulayligi darajasini aks ettiradi. Zamonaviy iqtisodiy lug’atda muddatli investitsiyalar ta’rifi bor. U foyda uchun kapitalini joylashtirish hisoblanadi [1]. Investitsiya muhiti investitsiya faoliyati shartlarini va investitsiya kiritish xavfi darajasini belgilovchi bir qator omillar ta’siri ostida shakllanadi. Investitsiya muhiti omillari ham ob’ektiv, ham subyektivdir. Obyektiv omillar juda hilma-xildir. Birinchi omillar tabiiy va iqlim sharoitlari, xom ashyo resurslari va energiya resurslari mavjudligi, geografik joylashuvi, demografik holat va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Obyektiv omillarning investitsiya muhitiga ta’siri o‘zgarishi qiyin bo‘lgani sababli, bunday hollarda tahlilda subyektiv omillarga jiddiy e’tibor qaratiladi. Ular inson faoliyati bilan bog‘liq. Subyektiv omillar quyidagilardan iborat: iqtisodiy barqarorlik; qonuniylik va tartibga rioya qilish darajasi; infratuzilma ob’ektlarining rivojlanish darajasi va mavjudligi; soliq tizimining sifati va soliq yuki darajasi; bank tizimi va boshqa moliya institutlarining sifati. Shu bilan birga, investitsiya muhitiga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatadigan jihatlarni ajratish mumkin. Mamlakatimizda qulay investitsiya muhitini yaratish va investitsiya faolligini oshirishga ko‘maklashadigan sharoitlarga quyidagilar kiradi: - ichki bozorning yuqori salohiyati; - past raqobat darajasi; - yuqori daromad darajasi; - resurslarning arzonligi (xom ashyo ,mehnat, moliyaviy); - barqaror soliq tizimi; - davlatning samarali qo‘llab-quvvatlashi. Investitsiya jarayonlarini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi va shu bilan mamlakatdagi investitsiya muhitini yomonlashtiradigan omillar quyidagilardir: - siyosiy beqarorlik; - ijtimoiy keskinlik( ish tashlashlar ,mafiya tuzilmalari urushlari, etnik va diniy janjallar va boshqalar); - yuqori qayta moliyalash stavkalari; - yuqori inflyatsiya darajasi; - tashqi va ichki qarzning yuqori darajasi; - byudjet taqchilligi; - qonunchilikning rivojlanmaganligi, shu jumladan investitsiya sohasini tartibga soluvchi qonunlarni ijro etmaslik; - to‘lov balansining passiv balansi; - yuqori tranzaktsion xarajatlar. Binobarin, investitsiya muhiti potentsial investorlarni jalb qilish yoki jalb qilish uchun siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy, moliyaviy va geografik omillar majmui nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi mumkin. Investitsiya muhiti investitsiyalar bo‘yicha qaror qabul qilishga olib keladigan eng muhim parametrlarga ishora qiladi. Asosiy komponentlar 2 asosiy funksional jihatdan o‘zaro bog‘liq elementlarni o‘z ichiga oladi: - investitsiya faoliyati; - investitsion jozibadorlik. Ushbu elementlarning nisbati samarali investitsiya faoliyatini amalga oshirish imkoniyati to‘g‘risida obyektiv qaror qabul qilish imkonini beradi. Investitsion faoliyat investitsion salohiyatning amaldagi amalga oshirilishi bo‘lib, investitsion tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda. Bu investitsiyalarni jalb qilish dinamikasini, ularning tuzilishini aks ettiradi. Shuningdek, investitsion faoliyatning o‘zgaruvchanligi darajasini tavsiflovchi va ayrim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni ham o‘z ichiga oladi. Investitsiya ob’ekti alohida loyiha, umuman korxona, korporatsiya, mamlakat, shahar, viloyat bo‘lishi mumkin. Tabiiy-iqlim sharoitlari, atrof-muhit holati, geografik joylashuvi, ilmiy salohiyati, iqtisodiy holati, Qonunchilik va me’yoriy-huquqiy baza, xavf omili, mehnat resurslari, ijtimoiy infratuzilma investitsiya muhitini rivojlantirishda katta ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyotga investitsiya jalb qilish sohasida 2021-yilning asosiy yakunlari, hududlarida loyihalarni tanlash va amalga oshirishning yangi mexanizmini joriy etish, strategik rejalashtirish sohasida qanday islohotlar va Toshkent xalqaro investitsiya forumi toʻgʻrisida Strategik rivojlanish agentligi bosh direktori oʻrinbosari Aleksey Sim bilan suhbatlashdik. Qulay investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish orqali strategik masalalarni yuzaga chiqarish va hal etish Strategik rivojlanish agentligining asosiy vazifasi hisoblanadi. – Strategik rivojlanish agentligi tashkil etilganiga hali koʻp boʻlgani yoʻq. Agentlikning maqsad, vazifalari va funksiyalari, shuningdek, hozirgacha amalga oshirilgan ishlar haqida gapirib bersangiz. – Hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga katta hissa qoʻshishga qodir yirik strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini yaratish uchun qulay investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish orqali strategik masalalarni yuzaga chiqarish va hal etish Strategik rivojlanish agentligining (SRA) asosiy vazifasi hisoblanadi. Shu maqsadda har yili hududlarning investitsion muhiti tahlil qilib boriladi, bu ish har bir hududni sohani boshqarish boʻyicha mavjud tizim sifati hamda hududning investitsiya salohiyati darajasi (mehnat resurslari, moliyaviy resurslar, infratuzilma, yer va tabiiy resurslar va boshq.) nuqtayi nazaridan baholashga imkon beradi. Mazkur tahlil bu hududlarning kuchli va zaif tomonlarini xolisona aniqlashga va ularning investitsion jozibadorligini oshirish boʻyicha konkret takliflar ishlab chiqish uchun zamin yaratishga yordam beradi. Shuningdek, barcha takliflar biznes-hamjamiyat va davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda keng muhokamadan oʻtkaziladi. Shu maqsadda davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida samarali hamkorlik qilish uchun ekspert platformalari tashkil etilgan. Agentlik tomonidan biznes-hamjamiyat va xalqaro maslahatchilar bilan birgalikda norasmiy iqtisodiyot koʻrsatkichlari eng yuqori boʻlgan sektorlar tahlili oʻtkazilgan boʻlib, ushbu tahlil Oʻzbekistonda biznes yuritishdagi toʻsiq va gʻovlarni kamaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishga qaratilgan. Jahon banki ekspertlari bilan hamkorlikda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar (TTXI) strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha tegishli ishlar olib borilmoqda. Mazkur loyiha doirasida TTXI har tomonlama oʻrganildi, ularning tarixiy koʻrsatkichlariga baho berildi, jalb qilingan investitsiyalar turlari, asosiy sherik davlatlar va TTXI jalb qilish boʻyicha iqtisodiyot sektorlari (tarmoqlari) tahlili amalga oshirildi. Ushbu sohadagi siyosat, xususan, TTXI sohasiga oid asosiy normativ instrumentlar, institutsional muhit, biznesga kirish va uni tashkil qilish tartiblari sharhlandi, shuningdek, investitsiya siyosati va normativ-huquqiy baza tahlili oʻtkazildi, investitsiyalarni jalb qilishdagi toʻsiqlar aniqlandi va ushbu mavzu boʻyicha sharh hozirlandi. Mazkur loyihaning amalga oshirilishi bir qator ustuvor tarmoqlar orasidan mamlakat iqtisodiyotining “drayverlar”ini aniqlash, tanlangan tarmoqlarga investitsiyalarni jadal jalb etish boʻyicha tavsiyalar, aniq chora-tadbirlar va tashabbuslarni tayyorlash, aniq harakatlar rejasi bilan 2030-yilgacha TTXIni jalb qilish strategiyasini ishlab chiqish imkonini beradi. Bundan tashqari, BAA hukumati bilan birgalikda Oʻzbekistonning istiqbolli davlat xizmatchilari orasidan “Yosh liderlar”ni tayyorlash boʻyicha qoʻshma dastur yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ular 4 oy davomida turli yoʻnalishlar boʻyicha intensiv oʻquv kurslaridan oʻtishadi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi tomonidan Rossiya Federatsiyasining Strategik tashabbuslar agentligi bilan hamkorlikda bir qator yoʻnalishlar boʻyicha tasdiqlangan Amaliy chora-tadbirlar rejasi doirasida muayyan ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda Oʻzbekiston iqtisodiyotiga 50 dan ortiq davlat investitsiya kiritayotgan boʻlib, xususan, Xitoy (2,2 mlrd. doll.), Rossiya (2,1 mlrd. doll.), Germaniya (800,7 mln. doll.), Turkiya (1,18 mlrd. doll.) va Janubiy Koreya (137,4 mln. doll.) asosiy investor davlatlar hisoblanadi – Maʼlumki, SRA hamda ITSV hamkorligida loyiha guruhlari tomonidan respublika hududlarida loyihalarni tanlash va amalga oshirishning yangi mexanizmini joriy etish boʻyicha tegishli ishlar olib borilmoqda. U mavjud tizimdan nimasi bilan farq qiladi? Yangi tizim aynan qachon ishga tushadi? – Mamlakat rahbariyati tomonidan taklif etilgan loyiha guruhlarining respublika hududlarida ishlash mexanizmi Agentlik ishtirokida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan puxta ishlab chiqildi. Agentlik loyiha guruhlaridan tortib, to jarayonda ishtirok etayotgan idoralargacha boʻlgan har bir loyiha aʼzosi uchun dastlabki ish metodologiyasini ishlab chiqdi. Yangi mexanizm “pastdan yuqoriga” prinsipi asosida ishlaydi Tuman va shaharlarning loyiha guruhlari biriktirilgan hududning salohiyat va imkoniyatlarini oʻrganadi va tahlil qiladi, mahalliy tadbirkorlarga viloyat miqyosidagi loyiha ofislariga joʻnatiladigan loyiha talabnomalarini tayyorlashda koʻmaklashadi. Viloyat loyiha ofislari tumanlardan olingan barcha maʼlumotlarni toʻplaydi va tahlil qiladi, viloyat miqyosida loyiha talabnomalarining imkoniyatlarini, jumladan, bir nechta (ham mavjud, ham istiqboldagi) loyihalarni potensial kooperatsiya nuqtayi nazaridan koʻrib chiqadi, ustuvor loyihalar tanlovini amalga oshiradi. Barcha maʼlumotlar Markaziy loyiha ofisi – ITSVga topshiriladi Respublika loyiha ofisi eng ustuvor investitsiya loyihalarini aniqlab, butun respublika kesimida loyihalar portfelini shakllantiradi. Loyiha ofisi oʻz tarkibiy boʻlinmalari va qaramogʻidagi agentliklari kuchi bilan loyiha hujjatlarini, jumladan, tizerlar va biznes-rejalarni, taqdimotlarni tayyorlash va tamomiga yetkazish ishlarini tashkil qiladi. Soʻngra ishlab chiqilgan loyihalar portfeli chet el investorlarini jalb qilish maqsadida Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalariga, shuningdek, mahalliy investorlar tomonidan loyihalar izlanishi va taqdimoti uchun tuman va viloyat loyiha ofislariga topshiriladi. Loyiha guruhlarining ishi shu bilan tugamaydi – investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonidan to loyiha barqarorligi yoki daromadliligi bilan bogʻliq muayyan koʻrsatkichlarga erishilgunga qadar ushbu loyihalarga hamrohlik qilinadi. Investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash qismida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasidan moliyaviy koʻmak olish imkoniyatini ham taʼkidlab oʻtish joiz.Yangi mexanizm allaqachon ishga tushirilgan, maʼlumotlarni toʻplash va loyiha gʻoyalarini generatsiya qilish boʻyicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Tadbirkorlar eksport-import operatsiyalarini onlayn tarzda rasmiylashtirish, boshqa biznes-jarayonlarni (jumladan, muhim masalalar boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri murojaatlar ham koʻzda tutiladi) hal qilish imkoniyatiga ham ega boʻladi. Qoʻyilgan vazifa chindan ham keng koʻlamli. 2022-yilning birinchi choragi davomida loyihadan sinov tariqasida foydalanish rejalashtirilgan. Joriy yilning uchinchi choragida uning toʻliq ishchi versiyasini joriy etish maqsad qilingan. Yana shuni aytish mumkinki, tadbirkorlik subyektlarining tizimli muammolarini aniqlash va hal etish imkonini beruvchi yangi onlayn-platforma uchun texnik topshiriqlarni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va tasdiqlash boʻyicha ishlar nihoyasiga yetib qolgan. Hozirda loyiha amaldagi mavjud onlayn platformalar bilan muvofiqlashtirish va integratsiya qilish bosqichida. Platformani ishlab chiqish boʻyicha quyidagi ishlar amalga oshirildi: – platforma veb-saytining prototipi yaratildi, tadbirkorni roʻyxatga olish va identifikatsiyalashning soddalashtirilgan tartibi asosida murojaat va shikoyatlarni ekspress-uzatish funksiyasi qoʻshildi; – dasturiy mahsulotning interfeys va mantiqiy qismlarini takomillashtirish, hisobot va statistik koʻrsatkichlarni shakllantirish ustida ish olib borilmoqda; – davlat dasturiy tizimlari hamda foydalanuvchilarni autentifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari yordamida veb-saytni integratsiyalash, shuningdek, vazirlik va idoralar bilan kelib tushgan murojaatlar va aniqlangan muammolarni hal qilish ustida oʻzaro hamkorlikda tegishli ishlar olib borilmoqda; – tadbirkorlar duch keladigan muammo va toʻsiqlar roʻyxati katalog koʻrinishida shakllantirildi; – aniqlangan muammolarni hal qilish jarayonlari bilan bogʻliq topshiriqlarni koʻrib chiqish, nazorat qilish va ijro etish tartibini hamda ishchi guruhini belgilash boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. – Aytingchi, qaysi muhim islohotlar xorijiy investorlar uchun mamlakatimizning investitsion jozibadorligini oshirishga xizmat qildi? – Oʻtgan 5 yil davomida Oʻzbekistonda bir qator oʻzgarishlar kuzatildi, bugun mamlakatimiz biznes va investitsiyalar uchun turli koʻrinishdagi toʻsiqlarni bartaraf etish borasida ochiqlik, novatorlik va qatʼiyat timsollaridan biriga aylanib bormoqda. Valyuta kurslarining bir nechtaligi bartaraf etilib, investorlar uchun valyuta mablagʻlarini banklar orqali toʻsiqsiz konvertatsiya qilish imkoniyatlari yaratildi. Valyuta rejimini yanada soddalashtirish maqsadida Oʻzbekistonning barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun eksportdan valyuta tushumlarini majburiy sotish tartibi bekor qilindi. Valyuta siyosatini liberallashtirish – biznesni rivojlantirish, chet el valyutasi aylanmasini, eksport va import hajmini oshirish, investitsiyalar oqimini koʻpaytirish va umuman iqtisodiyotni koʻtarish uchun ulkan turtki boʻlib xizmat qiladi. Ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, zamon talablariga javob bermaydigan eskirgan tartib-qoidalarni takomillashtirish boʻyicha qatʼiy choralar koʻrilmoqda. Iqtisodiyotning davlat sektorlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tuzilmasi, energetika sektori, togʻ-kon sanoati va aviatsiya tarmoqlari optimallashtirildi. Davlat aktivlarini boshqarish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha alohida agentliklar, monopoliyaga va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitalari tashkil etildi. Ushbu chora-tadbirlar iqtisodiyotning asosiy sektorlari, shuningdek, butun hukumat faoliyati samaradorligini sezilarli darajada oshirdi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda tashkil etilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va investorlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni taʼminlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining rolini alohida qayd etib oʻtish joiz. “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi ikkita Qonun qabul qilingan boʻlib, bu avval qabul qilingan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarni unifikatsiya qilish va Oʻzbekistonga investitsiya kiritish shartlarini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi. “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunni samarali implementatsiya qilish maqsadida davlat hokimiyati organlari va investorlar oʻrtasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, hokimliklar va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar hamda tijorat banklari rahbarlari oʻrinbosarlaridan iborat 4 bosqichli oʻzaro hamkorlik mexanizmi muvaffaqiyatli tashkil etilgan boʻlib, bu investorlarning barcha soʻrovlariga tezkorlik bilan javob qaytarish va yangi tahrirdagi “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi samaradorligini munosib tarzda nazorat qilish imkonini berdi. Bundan tashqari, mahalliy va xorijiy investorlarning faoliyati kafolatlari va huquqini himoya qilishning mavjud huquqiy vositalari bilan bir qatorda, davlat tomonidan tadbirkorlarning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning yangi mexanizmlarini joriy etish davom ettirilmoqda. Soʻnggi yillarda ushbu sohada kuzatilgan koʻplab ijobiy oʻzgarishlar qatorida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Biznes-ombudsman institutlari hamda Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalarining tashkil etilganini alohida taʼkidlash mumkin. Institutsional takomillashuv hamda investitsion va iqtisodiy sohalardagi keng miqyosli islohotlar, shuningdek, biznes-muhit va investitsiya iqlimini yaxshilash boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarning oʻzaro samarali hamkorligi tufayli Oʻzbekiston IHTTning “Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni tartibga soluvchi cheklovlar indeksi”ga kiritildi. Ushbu indeks turli davlatlar iqtisodiyotlarining IHTT oʻrtacha koʻrsatkichlari darajasidagi koʻrsatkichlar bilan xorijiy investorlar uchun ochiqligi darajasi indekatori hisoblanadi. Ishonchimiz komilki, Oʻzbekiston erishayotgan natijalar investorlar uchun yaxshi daʼvat boʻlib xizmat qiladi. – Sizningcha, strategik rejalashtirish sohasida qanday islohotlarni amalga oshirish zarur hisoblanadi? – Joriy vaziyat tahlili va ilgʻor xorijiy tajribalarga asoslangan holda, 15-20 yillik davr uchun mamlakat taraqqiyotining uzoq muddatli shamoyilini shakllantirishni strategik rejalashtirishning eng muhim vazifasi deb bilaman. Masalan, Malayziya 1956-yildan boshlab, oʻrta muddatli 5 yillik rivojlanish rejalaridan tashqari, “Milliy transformatsiya 2030” uzoq muddatli strategik rivojlanish rejasini ishlab chiqdi. Mazkur reja oʻz oldiga 20 yil ichida dunyoning 20 ta yetakchi davlatidan biriga aylanish, ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar boʻyicha xalqning “gʻoyaviy yoʻl boshlovchisi” boʻlish, YAIM hajmini 2 baravar, aholi jon boshiga YAIM hajmini 2,5 baravar oshirish maqsadlarni qoʻygan edi. Mamlakat taraqqiyotining xuddi shunday uzoq muddatli maqsadlari asosida oʻrta muddatli istiqbolga moʻljallangan aniq strategiyalarni, hududlar va tarmoqlar boʻyicha strategiyalarni, shuningdek, rivojlanishning muayyan maqsadli koʻrsatkichlari belgilangan maqsadli strategiyalarni ishlab chiqishga oid harakatlarni tashkil etish maqsadga muvofiq boʻlib, ularning amalga oshirilishi istiqboldagi strategik maqsadlarga erishish uchun zarur. Ushbu strategiyalar asosida 3–4 yilga moʻljallangan loyihalar portfellari va 1–2 yillik qisqa muddatli davlat dasturlari shakllantirilishi lozim. – Mart oyida mamlakatimizda birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Forumdan qanday natijalar kutilmoqda? – Toshkent xalqaro investitsiya forumi Markaziy Osiyoning xalqaro investitsiya bozoridagi rolini oshirish strategiyalarini muhokama qilish uchun mintaqadagi eng yirik xalqaro maydonchaga aylanadi. Asosiy xalqaro tadbirlar jadvalini inobatga olib, forumni qariyb 2 ming nafar xorijlik mehmonlarni jalb qilgan holda 2022-yilning 24-martidan 26-martiga qadar oʻtkazish maqsad qilingan. Ikki kunlik dastur doirasida Oʻzbekistonning sanoat salohiyati, shuningdek, jahondagi yetakchi kompaniyalarning ilgʻor innovatsion texnologiyalari va yechimlariga bagʻishlangan koʻrgazma tashkil qilinadi. “Oʻzbekiston: investitsiyalar va innovatsiyalar uchun mintaqaning yangi maskani”, “Rivojlanayotgan davlatlarda tadbirkorlik”, “Mintaqaviy savdo va infratuzilma”, “Industriya 4.0”, “Sanoat tarmoqlarining investitsion salohiyati” kabi beshta yoʻnalish boʻyicha tuzilgan 26 ta sessiyalar, davra suhbatlari va biznes-nonushtalar oʻtkazish koʻzda tutilgan. Forumni Oʻzbekiston uchun sifat jihatdan yangi darajada, ilgʻor xorijiy tajribaga muvofiq tarzda tashkil etish, dasturni yalpi, mavzular boʻyicha yigʻilishlar va tarmoq sessiyalarida jonli muhokama va munozaralar bilan boyitish maqsadida professional xorijiy kompaniyalar jalb etiladi. Ayrim xorijiy kompaniyalarga ularning tajribasi va ixtisosligini inobatga olgan holda muayyan sessiyalarni biriktirish rejalashtirilgan. Bunda tadbirga jalb qilingan barcha kompaniyalar tomonidan media va piar koʻmak taqdim etiladi. Xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining shu kabi tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha tajribasini inobatga olgan holda, bugungi kunda YETTB, XMK, AmCham, EUROUZ va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli ishlar olib borilmoqda. Ushbu tadbir Oʻzbekistonning xalqaro investitsiya va biznes hamjamiyatlari uchun ochiqlik tarafdori ekanini namoyish etadi, Markaziy Osiyo uchun yangi xalqaro platformani yaratadi, bu esa Oʻzbekiston Respublikasining jadal rivojlanayotgan bozorida yangi oʻsish nuqtalarini topishdan manfaatdor boʻlgan yirik investitsion, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar va kompaniyalar rahbarlarini jalb qiladi. Forum yakunlari boʻyicha Oʻzbekistonning investitsion jozibadorligi ortishi kutilayotgan boʻlib, yetakchi xorijiy kompaniyalarning mamlakatimizda ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qiziqishi oshadi; ishbilarmonlik iqlimini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga qaratilgan yangi yechimlar ishlab chiqiladi; iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion investitsiya loyihalarini samarali moliyalashtirish mexanizmlarini shakllantirish, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy salohiyatini yanada mustahkamlash, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar uchun yagona bozor sifatida mintaqaning jozibadorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Download 333.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling