Investitsiya miqdori 29,8 mln sum
Loyihaning qisqacha sharxi
Download 0.7 Mb.
|
Biznes Reja TIFT BS 22-8
Loyihaning qisqacha sharxi
Bugungi kunda joylarida maktabgacha ta’lim muassasalari sonini keskin oshirish zarurati ko‘rinmoqda. Ayrim joylarda Jumladan Angren shahrida yashaydigan yosh onalar uchun bolalar bog‘chasi masalasi hayotiy ehtiyojga aylangan. Albatta, bu ehtiyoj bejiz emas. Maktabgacha ta’lim muassasalari, birinchidan, maktab yoshiga qadar bo‘lgan bolalarning umumiy savodini chiqarish, bolalarda Vatanni sevish, u bilan g‘ururlanish hissini uyg‘otish, Konstitutsiyani o‘rgatish, dunyoqarashini kengaytirish imkonini berayotgan bo‘lsa, ikkinchidan, yosh bolali onalarning mehnat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarishga ham xizmat qiladi. Qolaversa, hududlarda namunaviy loyihalar asosida barpo etilayotgan yangi uy-joy massivlarida yosh oilalar farzandlari uchun bolalar bog‘chalari sonini ko‘paytirish zarurati paydo bo‘lmoqda. Bugungi kunda Angren shaharida jami **** ta Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ****** ta Nodavlat va xususiy sherikchilikdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritib kelmoda. Ularga jami ***** bog’cha yoshidagi bolalar qamrab olingan . SHu bilan birga, qarorga ko‘ra qishloq joylardagi maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar badal to‘lovini 30 foizgacha kamaytirish nazarda tutilayotgani kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar uchun yengillik yaratadi. Albatta, bu boradagi islohotlar samarasini soha talablariga to‘liq javob bera oladigan kadrlarsiz tasavvur etish qiyin. SHu sababli tizimdagi pedagog xodimlar mahoratini ilg‘or usullar orqali muntazam oshirib borish mexanizmini yaratish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga keng tadbiq etgan holda, uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini takomillashtirish masalasi ham dolzarb sanaladi. maktabgacha ta’lim muassasalarini psixolog, defektolog kabi mutaxassislar bilan ta’minlash ham bugungi kun talabidir. BIZNES LOYIHANING TAVSIFI KIRISHBugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi bog‘chalar qurish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi hisobga olinib, nodavlat ta’lim muassasalari, jumladan, nodavlat bog‘chalar tarmog‘ini kengaytirishga ham katta ahamiyat qaratilmoqda. Bu esa tizimda sog‘lom raqobatni shakllantirish hamda ta’lim xizmatlari turini ko‘paytirishga xizmat qiladi. Ushbu loyihada vazifalarni ijrosini ta’minlaydigan, barcha qo‘yilgan talablarga javob beradigan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil shart-sharoitlari belgilab berilgan. Loyixa doirasida faoliyatni tashkil etish maqsadida 8 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Investitsion majburiyat sifatida muassasa tomonidan 3 yillik investitsiya davri mobaynida zaruriy jixozlar o‘rnatib, faoliyatni yo‘lga qo‘yish maqsadida 29,8 mln.so‘m investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan. oyihada mavjud bino va muhandislik tarmoqlarini mukammal ta’mirlash, bu binolar negizida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini xizmat ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling