Investitsiya muhiti va unga ta’sir etuvchi omillar
Download 15.93 Kb.
|
Document.tm
Investitsiya muhiti va unga ta’sir etuvchi omillar Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, investitsiya faolligining o’sish sur’atlari investitsiya muhitiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Investitsiya muhitining jozibadorligi xorijiy investitsiyalar oqimini ko’paytirishning muhim omili hisoblanadi. Iqtisodiyotda investitsiya faoliyatining rivojlanishi, ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilishning ko’lami, yo’nalishlari va samaradorligi, bevosita, investitsiya muhitiga bog’liqdir. Iqtisodchi-olimlardan A.Vaxabov, Sh.Xajibakiev, N.Muminovlar investitsiya muhiti to’g’risida quyidagilarni ta’kidlab o’tadilar: «Investitsiya muhiti – bu xorijiy kapital qo’yilmalarining qaltislik darajasini va ulardan mamlakatda samarali foydalanish imkoniyatlarini oldindan belgilaydigan iqtisodiy, siyosiy, yuridik va ijtimoiy omillar yig’indisidir. Investitsiya muhiti kompleks, ko’pqirrali tushuncha bo’lib, milliy qonunchilik, iqtisodiy shart-sharoitlar (inqiroz, o’sish, stagnatsiya), bojxona rejimi, valyuta siyosati, iqtisodiy o’sish sur’atlari, inflyatsiya sur’atlari, valyuta kursining barqarorligi, tashqi qarzdorlik darajasi kabi ko’rsatkichlarga ega». Shuningdek, mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga ta’sir ko’rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, me’yoriy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmui investitsiya muhitini anglatadi. «Investitsiya muhiti» va «investitsiya iqlimi» sinonim tushunchalar sifatida ishlatiladi. Bu xususda iqtisodchi-olimlardan D.G’ozibekov va T.Qoralievlar tomonidan quyidagi fikrlar bildirilgan: «Investitsiya iqlimi juda keng ma’noda ishlatiladigan tushuncha bo’lib, investor tomonidan hisobga olinadigan barcha muammo va masalalarni mujassamlashtiradi. Investor tomonidan ma’lum bir mamlakatga kapital ajratishning qulay va noqulay tomonlari belgilanadi, shu bilan bir qatorda, o’z kapitalini kiritmoqchi bo’lgan mamlakat mafkurasi, siyosati, iqtisodiyoti va madaniyatiga katta ahamiyat beriladi». Investitsiya muhitining holatini investitsiya faoliyatini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini aniqlaydigan iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, huquqiy, siyosiy, ekologik va boshqa shart-sharoitlarning umumlashtiruvchi xususiyatlari belgilab beradi. Investitsiya muhiti deganda, mamlakat iqtisodiyoti yoki uning ma’lum bir hududiga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, tashkiliy-huquqiy, ekologik, madaniy va boshqa shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. U muayyan hududga investitsiyalar kiritishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini belgilaydigan shart-sharoitlarning mavjud ijobiy va salbiy tomonlarini anglatadi. Investitsiya muhiti holati yaratilgan huquqiy baza va uning asoslari, qonun hujjatlarining sifatli tuzilishi va ularga rioya qilinishini talab etadi. Investitsiyaviy jozibadorlik – mamlakat, tarmoq yoki alohida olingan biror-bir korxona investitsiyalarining daromadliligi, rivojlanish istiqbollari va investitsiya riski darajasi nuqtai nazaridan baholanishi. Investitsiyaviy jozibadorlik investitsiya salohiyati va investitsiya riski darajasini shakllantiradigan ikki guruh omillarning bir vaqtda ta’sir etishi orqali aniqlanadi. Bu kabi ko’rsatkichlarga baho berish orqali investitsiyalarning maqsadga muvofiqligi hamda jozibadorligi, investitsiya riski darajasini aniqlash mumkin. Investitsiya riski darajasi investitsiya muhitiga, bevosita, to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Investitsiya muhiti tabiiy shart-sharoitlar, foydali qazilmalar zahiralari, ishchi kuchi malakasi va o’rtacha ish haqi darajasi, iqtisodiy kon’yunktura holati, ichki bozor sig’imi, tovarlarni tashqi bozorda sotish imkoniyatlari, valyuta siyosati, kredit tizimi holati, soliqqa tortish darajasi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanganligi, xorijiy kapitalga nisbatan davlat siyosati, unga nisbatan imtiyozli shart-sharoitlarning yaratilganligi kabi omillar orqali belgilanadi. Sodda qilib aytganda, investitsiya muhiti investitsiya munosabatlarini amalga oshirish mumkin bo’lgan imkoniyatlar va qulayliklar majmuasini o’zida aks ettirgan voqelikdir. Investitsiya muhitini yaxshilashdan maqsad investitsiya salohiyatini oshirish uchun zarur va maqbul shart-sharoitlarni yaratish, investitsiya faoliyatini jadallashtirish va pirovardida, iqtisodiyotni yuksaltirish, ijtimoiy muammolarni hal etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini yaratishdan iborat.
Davlat hokimiyatining ta’sirchanligi investitsiya muhitini aniqlovchi omillardan biridir. Shundan kelib chiqib, har bir kapital jalb qiluvchi mamlakat ma’lum bir investitsiya tizimiga egaligini ta’kidlash mumkin. Bu tizim huquqiy me’yorlar va muassasalardan iborat xorijiy investitsiyalarni qabul qilish tizimi va investitsiya muhitini o‘z ichiga oladi. Investitsiya muhiti yoki iqlimi juda keng ma’noli bo‘lib, iqtisodiyot holatini ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini, tadbirkorlik faoliyati qay darajada rivojlanganligi, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun chiqarilgan qonun va qarorlarni, madaniyatini, ma’naviyatini investorlar o‘z mablag‘larini yo‘naltirish uchun e'tiborga oladigan hamda ulardan xulosa chiqaradigan boshqa omillarni o‘z ichiga oladi. Investitsiya muhitiga ta’sir qiluvchi omillar to‘g‘risida ham turli xil iqtisodiy qarashlar bor. Masalan, V.V.Tsaryevning fikricha, investitsiya muhiti - ikki asosiy komponet: alohida korxona, mintaqa, mamlakat (investitsiya salohiyati) va investor faoliyati sharoitlarini (investitsiya xatarini) o‘z ichiga oladi. N.V.Igoshinning fikricha, investitsiya muhitini aniqlashda uch yondashuvdan foydalaniladi: tor yondashuv, omilli yoki keng yondashuv va xatarli yondashuv. Yana bir investitsion muhit holatini aniqlaydigan omil bo‘lib investitsion tushkunlik hisoblanadi. Bundan tashqari jamg‘arma taqchilligi foiz stavkalarining yuqoriligi bilan ham bog‘liqdir. Bu esa kichik va o‘rta tadbirkorlikni bank kreditlaridan foydalanishlarini qiyinlashtiradi. Inflyatsiya sababli, beriladigan kreditlarning katta qismi qisqa muddatli bo‘lib, bu ulardan ishlab chiqarishda foydalanishni cheklab qo‘yadi. Korxonalar bir-birlariga bo‘lgan qarzlarini to‘lay olmaslik holatining kuchayishi ham investitsion muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qimmatbaho qog‘ozlar bozori ham investitsion muhitga ta’sir etadigan faktlar bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiy siyosatni olib borish davlat boshqarish organlarini investitsion jarayonlarni tartibga solish, iqtisodiyotda davlat aralashuvi, xalqaro bitimlarda ishtirok etish va chet el investitsiyalarini jalb qilish investitsion muhitga katta ta’sir ko‘rsatadi. Yana bir muhim omil mamlakatdagi hukumat rahbarlari, mehnat jamoalari, muxolif partiya vakillari va xalqning xorijiy investorlarga nisbatan bo‘lgan do‘stona munosabatlaridir. Undan tashqari oddiy xalqning xorijliklarga, ularning mamlakatdagi iqtisodiy-ijtimoiy faoliyatiga bo‘lgan munosabati ham katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu omil ham investorlarning mamlakatdagi faoliyatlariga katta ta’sir o‘tkazadi. Hukumatning siyosati yana bir muhim omil hisoblanib, investorlarning faoliyatiga turli xil ta’sir o‘tkazishi mumkin. Albatta, hukumat olib borayotgan iqtisodiy siyosat bevosita yoki bilvosita biznes, savdo va investitsiyalash jarayoniga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bunda uch jihatga alohida e’tibor berilishi zarur. Xorijiy investorlarning loyihalarda qatnashish darajasi. Xorijiy investorlarni o‘z biznesining qanday qismiga egalik qilishlari qiziqtiradi. Bu esa loyiha turiga bog‘liq. Xorijliklarning mehnati. Xorijiy investorlar o‘z biznesi va daromadlarini hamyurtlari nazorati ostida bo‘lgani ma"qul deb fikralashadi. Ammo ishga juda ko‘p xorijliklarni jalb etish xarajatlarni oshirib yuboradi. Valyuta muomalasini tartibga solish. Xorijiy investorlarni mamlakatga mablag‘ olib kirish, uni sarflash imkoniyatlaridan tashqari biznesdan topilgan daromadni konvertirlangan valyutaga ayirboshlash, chetga olib chiqish, valyuta hisob raqamiga ega bo‘lish imkoniyatlari nihoyatda qiziqtiradi. Mamlakat olib borayotgan makroiqtisodiy siyosat ham muhim omillar qatoriga kiradi. O‘zbekiston Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan mustahkam amaliy aloqalar o‘rnatdi. Bu munosabatlar o‘zaro hurmat hamda umumiy vazifalarni amaliy hal qilishga intilish asosiga qurilgan.O‘zbekistonning bu tashkilotlar bilan samarali va foydali munosabatlar chet ellik investorlar respublikada o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohatlarning orqaga qaytmasligiga bosh kafolat bo‘ladi. Keyingi omil infrastruktura holati bo‘lib, u mamlakatdagi yuqoridagi sanab o‘tilgan omillarning mavjud bo‘lishidan keyingi muhim omillardandir. Ishchi kuchi. Ko‘pincha xorijiy investitsiyalarni kiritishning asosiy sababi qilib qabul qiluvchi mamlakatda ish kuchining arzonligi ko‘rsatiladi. Banklar va moliya. Mamlakatda jahon savdosi va investitsiya sohasida foydalaniladigan barcha moliyaviy instrumentlar mavjudligi ushbu sohadagi xizmatlar sifatini anglatadi. Hukumat strukturalaridagi rasmiyatchilik. Hukumat o‘z investitsiya siyosatini qanday baholashi muhim emas. Bunda katta tajribaga ega bo‘lgan tadbirkorlar bergan baho muhimdir. Mahalliy ishbilarmonlik muhiti. Bu tushuncha juda keng bo‘lib, unga: advokat, maslahatchilarning ko‘pligi, malakali ish yurituvchilar, buxgalterlar, arxitektorlar va konstruktorlarning mavjudligi kiradi. Yashash sifati. Ushbu omil xorijiy investorga taklif qilinayotgan barcha narsalarda o‘z aksini topadi. Aholi turmush tarzi va daromadlarining darajasi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning xilma-xilligi va mehnat uchun qilinadigan xarajatlar hajmida o‘z aksini topadi. Download 15.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling