Investitsiya va innovatsiya fanidan prezentatsiya mavzu: risk sharoitida investitsiya loyihalari tahlili bhs-421 guruh obloyorov a. A
Download 81.34 Kb.
|
risk sharoit
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsiya risklarini pasaytirish yo’llari. Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi.
INVESTITSIYA VA INNOVATSIYA FANIDAN PREZENTATSIYA MAVZU: RISK SHAROITIDA INVESTITSIYA LOYIHALARI TAHLILI BHS-421 GURUH OBLOYOROV A. A.Risk sharoitida investitsiya loyihalari tahlili Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi. Risk va noaniqlik sharoitida investitsiya loyihalarini tahlil qilish. Investitsiya faoliyatida risklarni boshqarishning mazmuni, mohiyati va bosqichlari. Investitsiya risklarini pasaytirish yo’llari. Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi. Investitsion faoliyatda risk - bu investitsiyalarni qisman yoki to’liq yo’qotish, kutilgan daromaddan kamroq foyda olish va loyihada ko’zlangan maqsadlarga erisha olmaslik xataridir. Loyihadan qanchalik ko’p miqdorda daromad kutilsa, u shunchalik yuqori riskli hisoblanadi. Hozirgi kunda loyiha risklari deganda loyihani amalga oshirish natijasida ko’zlangan daromadlarning pasayishiga sabab bo’ladigan vaziyatlar majmuasi tushuniladi. Shu bilan birga loyiha riski investitsion loyihani amalga oshirishga halaqit beradigan yoki loyiha samaradorligini pasaytiradigan risklarning yig’indisini ham anglatadi. Riskni ma’lum bir qarorni qabul qilish natijasida zaxiralarni yo’qotish imkoniyati, daromadlarni ololmaslik yoki qo’shimcha xarajatlar zarurati sifatida belgilash mumkin. Risk - bu bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda xaqiqiy sharoitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning paydo bo’lib qolish ehtimolidir. Risk kutilishi mumkin bulgan xatar bo’lib, investitsiyadan mo’ljallangan foydani olish jarayoniga xos bo’lgan noumidsizlikdirRisklarning paydo bo’lish sabablari turlichadir. Masalan, ma’lumotlarning tanqisligi yoki to’liq bo’lmasligi, tashqi va ichki muhitdagi xarakatlar (raqobatchilar, ishchilar holati, xukumat va boshqalarning xarakatlari) va h.k. “Risk” tushunchasiga juda yaqin bo’lgan “noaniqlik” tushunchasi riskning aniq turlarini tasniflash uchun sinonim sifatida qo’llaniladi. Noaniqlik – bu investitsion loyihani amalga oshirish shart-sharoitlari xaqidagi ma’lumotlarning to’liq yoki aniq emasligidir. Masalan, inflyatsiya xaqidagi, texnika-texnologiyalardagi o’zgarishlar haqidagi, loyiha quvvatining, ob’ektning qurilish va foydalanishga topshirish muddatlari, xarajat va natijalarning notug’ri hisob-kitob qilinishi kabi ma’lumotlarning to’liq yoki aniq emasligi natijasida noaniqlik yuzaga keladi. Loyihani amalga oshirish jarayonida yuzaga kelish imkoniyati bilan bog’liq ko’ngilsiz holatlar va oqibatlar risk tushunchasi bilan izohlanadi. Risk bilan noaniqlikning farqi shundaki, natijalar ehtimolligi joriy davr ma’lumotlari asosida baholanayotgan vaqtda risk e’tiborga olinadi. Noaniqlik esa bunday ehtimollik o’tgan va kelasi davr ma’lumotlari etishmasligi yoki to’liq emasligi sababli sub’ektiv aniqlangan vaqtda e’tiborga olinadi. Har qanday holda ham kelgusi iqtisodiy holatlar istiqbolini belgilash (inflyatsiya, foiz stavkasi, talab va taklif, ishlab chiqarish, sotish hajmi va boshqalar) kelajakning ma’lum emasligi sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar bo’lishi mumkin. Chunki o’tgan davr ma’lumotlari asosida faqat noma’lum kelajakda yuz berishi mumkin bo’lib o’tgan rivojlanish tendentsiyasini aniqlash mumkin. Noaniqlik va risklarning har ikkalasi ham loyihadagi yo’qotish va zararlarga bog’liq bo’lganligi uchun ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda ifodalash maqsadga muvofiqdir.Download 81.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling