Investitsiya va innovatsiyalar


O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini monitoring qilishning yangi mexanizmi


Download 197 Kb.
bet2/2
Sana19.11.2020
Hajmi197 Kb.
#147292
1   2
Bog'liq
INVESTITSIYA DASTURINING AMALGA OSHIRISH MANITORINGINING MAQSADI

2. O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini monitoring qilishning yangi mexanizmi




1. Investitsiya dasturining amalga oshirilishi monitoringi.

Monitoring, eng avvalo, loyihani moliyalashtirishga mablag’ berish bitimiga tegishli barcha hujjatlarni va ularning shartlari bajarilishini, ularning bank-kredit siyosatiga, qabul qilingan me’yorlar va tartiblarga muvofiqligini davriy tekshirib borishni o’z ichiga oladi. Navbatdagi qadam qarzdorning moliyaviy layoqatini baholash bo’lib, uning balansini, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotini hamda mijozning moliyaviy – xo’jalik faoliyatini tavsiflovchi boshqa xujjatlarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.

Monitoringning yana bir muhim tomoni kreditni qoplashning ikkilamchi manbai uning qaytarilishining ta’minotini tekshirish hisoblanadi.

Bugungi kunda respublikamizda har yili yuzlab loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirilmoqda. Bu loyihalar davlat byudjeti mablag’lari, halqaro moliya institutlari kredit liniyalari mablag’lari hisobiga, byudjetdan tashqari fondlar, banklar, chet ellik va xususiy investorlar tomonidan moliyalashtilar ekan, albatta, bu mablag’larining qaytarilishi va ma’lum miqdorda ularning foyda bilan ta’minlanishi talab etiladi. Ushbu mablag’larning muayyan foydasi bilan qaytishligini aniqlash, tekshirib borish va tahlil qilib turish uchun kreditorlar tomonidan, shuningdek mol etkazib beruvchilar, xususan, lizing, sug’urta kompaniyalari va kafillik beruvchi tashkilotlar tomonidan loiyhalarning monitoringi olib boriladi.

Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida ham moliyalashtirilayotgan barcha loyihalar ustidan monitoring olib borishning umumiy tizimi joriy qilingan.

Har bir moliyalashtiruvchi yoki kreditlashni amalga oshiruvchi tashkilotlar o’zlarining faoliyat turi va xususiyatlaridan kelib chiqib, o’zlariga xos bo’lgan monitoring o’tkazish tartibini ishlab chiqadilar va shu asosida faoliyat yuritadilar.

Monitoringning mazmuni “ko’zgu” degan ma’noni anglatadi.

Monitoringni yuritishda quyidagilar ko’zda tutiladi:

1. Amalga oshirilmoqchi bo’lgan loyihada nima ishlab chiqarish ko’zda tutilganligi.

2. Ishlab chiqarish jarayonini bilishlik, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish jarayonini boshidan oxirgacha kuzatib borish.

3. Ishlab chiqarish korxonasining tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ekologik jihatdan asoslanishi va tashkil etilishi.

4. Loyihani moliyalashtirish manbalarini aniqlash va uni moliyalashtirishni amalga oshirish.

Monitoring olib borish bosqichlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

- korxonaning moliyaviy – xo’jalik faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash;

- olingan ma’lumotlar asosida korxonalarning moliyaviy – xo’jalik holatini tahlil etish;

- tahlil natijalari bo’yicha xulosalar qilish va takliflar berish.

Dasturni amalga oshirilishi monitoringi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2000 yil 4 yanvardagi 1 - sonli qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi to’g’risidagi Nizomga va Vazirlar Maxkamasining 2005 yil 15 noyabrdagi 251 – sonli “Investitsiya loyixalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordamida yuklarini va texnik ko’maklashish mablag’larini hisobga olish va nazorat qilish chora – tadbirlari to’g’risida” gi Qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Dasturning davlat monitoringi:

- investitsiya loyihalarni va birinchi navbatda, markazlashtirilgan investitsiyalardan foydalangan holda ro’yobga chiqarilayotgan investitsiya loyihalarini o’z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;

- loyihalarni belgilangan tartibda tasdiqlangan parametrlarga (texnik-iqtisodiy asoslar, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar), tanlov savdolari (tenderlar) shartlariga rioya qilish;

- amalga oshirilayotgan loyihalar bo’yicha axborot bazasini shakllantirish;

- investitsiya loyihalarini amalga oshirishda paydo bo’ladigan muammoli masalalarni kuzatib borish;

- investitsiya iqlimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish maqsadida amalga oshiriladi.

Monitoring:

vazirliklar, idoralar tomonidan tashabbus ko’rsatilgan investitsiya loyihalari va takliflari yuzasidan – Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot – tahlil departamentlari bilan birgalikda, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va toshkent shahar hokimimliklari hamda xorijiy investitsiyalar jalb etilgan korxonalar tomonidan tashabbus Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan.

Xorijiy invenstitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan – xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan amalga oshiriladi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan monitoring:



  • investitsiya loyihalari tashabbuskorlari tomonidan tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etiladigan tasdiqlangan reja – jadvallarining bajarilishi to’g’risidagi vxboratlarni;

  • O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika ko’mitasi tomonidan Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan hajmda va muddatlarda taqdim etiladigan O’zbekiston Respublikasi bo’yicha xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi to’g’risidagi yig’ma statistika axboratini;

  • Mavjud va potentsial xorijiy investorlar faoliyatining normativ – huquqiy bazasini takomillashtirish bo’yicha ularning takliflarini o’rganish asosida vaqti – vaqti bilan tayyorlanadigan investitsiya muhiti sharhini;

  • Manfatdor vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etiladigan tezkor axborotlarni;

  • Markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni o’z vaqtida mablag’ bilan ta’minlash masalalari bo’yicha axborotlarni tahlil qilish va umumlashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringi Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan:

Tasdiqlangan reja – jadvallar bajarilishini, loyihalarni amalga oshirish yuzasidan zarur ishlar kompleksini olib borishning texnologik izchilligiga rioya etilishini nazorat qilish;

Texnik – iqtisodiy asoslashlarining asosiy qoidalarini ko’rib chiqish, loyihalarni amalga oshirish mumkinligi yuzasidan umumiy qarorlar qabul qilish;

Alohida yirik loyihalar, shu jumladan texnik – iqtisodiy asoslashlar ko’rsatkichlariga nisbatan loyihalarning qimmatlashishi yoki arzonlanishishi mumkinligini hisobga olgan holda bazaviy loyihalashtirishni tasdiqlash;

Markazlashtirilgan manbalar hisobiga ajratiladigan mablag’larning o’z vaqtida moliyalashtirilishini va ulardan samarali foydalanilishini ta’minlash, Xukumat kafolati ostida jalb etiladigan qarz mablag’larning o’z vaqtida qaytarilishi ta’minlanishini nazorat qilish;

Manfaatdor vazirliklar va buyurtmachi idoralar tomonidan ishlab chiqilgan extiyot qismlar va komponentlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini, shuningdek ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tashqi bozorlarga kirib borishi bo’yicha marketing dasturlarini ekspertizadan o’tkazish;

Ayrim strategik muhim va yirik loyihalarni davlat tomonidan qo’llab – quvvatlash chora – tadbirlari, qurilishi amaldagi qonun hujjatlari buzilgan holda amalga oshirilatgan loyihalarni mablag’ bilan ta’minlashni to’xtatib qo’yish, shuningdek investitsiya dasturi bajarilishi barbod bo’lishiga yo’l qo’yuvchi vazirlar va idoralar, korxonalar va buyurtmachi tashkilotlarning rahbarlarini javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini o’z vaqtida ro’yobga chiqarishga ko’maklashuvi boshqa asosiy masalarni ko’rib chiqish yo’li bilan amalga oshiriladi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va vakolatli banklardan olingan ma’lumotlar asosida investitsiya dasturining amalga oshirilishi to’g’risida yig’ma axborot tayyorlaydi, xususan, investitsiyalashdan oldingi tadqiqotlarning o’z vaqtida o’tkazilishi, texnik – iqtisodiy asoslashlar va loyha – smeta xujjatlarining ishlab chiqilishi to’g’risidagida investitsiya loyiha – smeta hujjatlarining ishlab chiqilishi to’g’risida investitsiya loyihalari tashabbuskorlarida olingan axborot;

Texnik – iqtisodiy asoslashlar va loyiha – smeta xujjatlari vakolatli ekspertiza organlari tomonidan ekspertiza qilinganligi to’g’risidagi axborot tayyorlaydi.

Dasturning monitoring natijalari Dasturning amalga oshirilishi to’g’risidagi har choraklik axborotlarni tayyorlashda hamda navbatdagi uch yillik davrga dasturni shakllantirishda foydaniladi.

2. O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini monitoring qilishning yangi mexanizmi


O‘zbekistonga investitsiya loyihalarini monitoring qilishning yangi mexanizmi va ularni amalga oshirishga yangicha qarash zarur.

Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashning 8 ta asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Alohida e’tibor investitsiya masalalariga va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmining ko‘payishiga qaratildi. Investitsion loyihalarning samaradorligini oshirishdagi yangiliklardan biri investitsion loyihalarni monitoring qilishning 3 bosqichli yangi tizimni joriy etish bo‘lib, unga sanoatni va umuman iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi va ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirni oldindan baholash kiradi. Shuningdek, investitsiya davrida, ya’ni shartnomalar imzolangan paytdan boshlab ob’yektni foydalanishga topshirishgacha doimiy monitoring o‘tkazilib, ob’yektni foydalanishga topshirilgandan keyin maqsadli parametrlarni baholash uchun investitsiyadan keyingi davrda monitoring olib boriladi.



Qurilishi 43 soatdan kamroq vaqt davom etgan Xitoydagi Snyun ko‘prigi qurilishiga e’tibor qaratish, investitsiya loyihalarini samarali monitoring qilish ishlarini ko‘rsatishning eng yaxshi usullaridan biri. Ilk 24 soatda eski ko‘prik buzildi va qolgan 19 soatda uning o‘rnida yangi va takomillashtirilgan ob’yekt qurildi. Xitoyda loyihalarni amalga oshirishning afzalliklari biri nafaqat xarajatlarda, balki ijro etilishi boshqa mamlakatlar bilan taqqoslagandagi tezligida ham.

Ushbu mexanizm nimani anglatadi?


Investitsiya loyihalarini amalga oshirish odatda uchta alohida bosqichni o‘z ichiga oladi:

  • Dastlabki bosqich loyiha bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilishgacha davom etadi;

  • Keyingi bosqich, loyiha natijalarini amalga oshirilgunga qadar davom etadigan implementatsiya;

  • Yakuniy bosqich esa loyihaning foydalari amalga oshiriladigan operatsion bosqichidir.

Loyihalarni amalga oshirish bosqichlari va monitoring mexanizmi:

Yuqorida qayd etilgan dastlabki baholash bosqichi – investitsiyalardan oldingi bosqichda bo‘ladi. Loyihalarning bunday oldindan baholanishi erta bosqichda strategik axborotni taqdim etadi. Bu yerda voqealar jarayoniga ta’sir qilish imkoniyati eng tez hisoblanadi. Ushbu yondashuv eng yaxshi loyihalarni tanlash va mumkin bo‘lgan muqobil loyihalarni konseptual yechim topish imkonini beradi. Boshqacha qilib aytganda, dastlabki baholash, eng yaxshi alternativni taxmin qilingan investitsiya loyihalaridan foyda ko‘rish nuqtai nazaridan aniqlashga qaratilgan. Loyihani amalga oshirishning investitsiya bosqichida oraliq monitoring loyihaning kutilgan natijalari va muvaffaqiyat ko‘rsatkichlarini o‘rta yo‘lda baholaydi. Investitsiyadan keyingi baholash bo‘yicha uning maqsadi, loyihani amalga oshirishdan olingan natijalarni, uning uzoq muddatli barqarorligini va muvaffaqiyatini baholashdan iborat.


Investitsiya loyihalari monitoringini amalga oshirish mexanizmi


Investitsiya loyihalarini monitoring qilish mexanizmini namoyish qilish uchun Yevropa Ittifoqi "investitsiya loyihalarining xarajatlari va foydasini tahlil qilish to‘g‘risida" qo‘llanmasiga murojaat qilish mumkin. Loyihalarni iqtisodiy baholashning ahamiyati shundaki, u nafaqat loyihaning moliyaviy xarajatlarini, balki boshqa jihatlarni ham qamrab oladi. Muqobil loyihalarning samaradorligini iqtisodiy tahlil qilish investitsiya loyihasining pul oqimlarini tahlil qilishga asoslangan va quyidagi bosqichlardan iborat:

Bozor narxlarini buxgalteriya narxlariga o‘tkazish. Ba’zi hollarda bozor narxlari hukumat tomonidan belgilanadi va loyihaning ijtimoiy ahamiyatini aks ettirmaydi. Ushbu bosqichda soya narxlari (soyali ish haqi) va fiskal o‘zgarishlar (QQS, subsidiyalar va sof o‘tkazmalar) hisobga olinishi kerak;

Iqtisodiy bo‘lmagan ta’sirlarni monetizatsiya qilish. Ushbu bosqich loyihaning bozor qiymatiga ega bo‘lmagan jamiyatga nisbatan ta’sirini baholashni talab qiladi va shuning uchun haqiqiy pul qiymatini belgilash orqali aniqlanishi kerak.

Qo‘shimcha bilvosita ta’sirlarni kiritish. Bilvosita ta’sirlar ikkilamchi bozorda paydo bo‘lgan narx yoki miqdor o‘zgarishiga ishora qiladi. Buzilgan ikkilamchi bozor-bu narxlar imkoniyatlarining maksimal ijtimoiy qiymatiga teng bo‘lmagan bozor. Soliqlar, subsidiyalar, monopol hokimiyat va tashqi omillarning mavjudligi bozor buzilishining asosiy sababidir. Shu bilan birga, bunday ta’sirlar faqat buzilishning miqdori yetarli darajada va o‘lchab bo‘lganda hisobga olinishi kerak, umuman olganda, bilvosita ta’sirlarni hisobga olish uchun soya narxlaridan samarali foydalanish va tashqi omillarni yaxshi monetizatsiya qilish kifoya qiladi.

Xarajatlar va imtiyozlarni baholashni yangilash. Investitsiyalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan xarajatlar va imtiyozlar vaqti-vaqti bilan ijtimoiy chegirma stavkasidan foydalanib, yangilanib turilishi kerak. Bu kelajakda foyda va xarajatlarni qanday o‘lchash kerakligi haqidagi ijtimoiy tasavvurni aks ettiradi.

Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash. Iqtisodiy tahlilda, narx-navoning buzilishini hisobga olgan holda va ijtimoiy diskontlash stavkasini tanlagandan so‘ng, bir qator iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash kerak. Shu jumladan, iqtisodiy aniq joriy qiymat (diskontlangan ijtimoiy foyda va xarajatlar o‘rtasidagi farq), iqtisodiy rentabellik darajasi va yangilangan foyda va xarajatlar o‘rtasidagi munosabatlar.



Yuqoridagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ahamiyatiga qarab, ayrim investitsiya loyihalarini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Qoida tariqasida, iqtisodiy rentabellik koeffitsiyenti ijtimoiy chegirma stavkasidan past yoki salbiy sof qiymati bo‘lgan loyihalar rad etilishi kerak, chunki bunday loyihalar kam foyda evaziga juda ko‘p ijtimoiy resurslarni iste’mol qiladi.

O‘zbekistonga yangi monitoring mexanizmi nima beradi?


So‘nggi yillarda O‘zbekistonda birinchi chorakdan tashqari asosiy kapitalga investitsiyalarning o‘sish sur’atlari tezlashmoqda. 2020 yil pandemiya oqibatlari tufayli biroz pasayish yuz bergan (2-rasm). Shuningdek, asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining YaIMga nisbati, shu jumladan 2018 – 30,6%, 2019 – 37,1% da o‘sish kuzatilmoqda.

2-rasm: Asosiy kapitalga investitsiyalarning dinamikasi



Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi

Asosiy omillar orasida asosiy kapitalga investitsiyalarning yuqori o‘sish sur’atlaridagi xorijiy investitsiyalardir. Masalan, 2019 yil yakunlari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar ulushi jami investitsiyalarning 31 foizini tashkil etdi, bu esa 2018 yilga nisbatan 3,9 barobar ko‘p. Pandemiyadan keyin investitsiyalar hajmini yanada oshirish va ichki iqtisodiyotni tiklash, shuningdek, moliyaviy ahvolining yomonlashuvi vaqtida xorijiy investorlarni jalb qilish mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash uchun yangi mexanizmlar va yondashuvlarni talab qiladi. Bunday imkoniyat O‘zbekistonda joriy yilning oxirigacha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi 3-bosqich monitoring mexanizmi bilan ta’minlanadi.

Hech kimga sir emaski, xorijiy investor tomonidan har qanday mamlakatda kapitalni joylashtirish rivojlanayotgan mamlakatlarda muayyan darajada ustun bo‘lgan mamlakat xavfiga juda bog‘liq. Shuning uchun xorijiy investorlarga ushbu tavakkalchilik yoki noaniqlik darajasini bilish juda muhim. Chunki uni amalga oshirishning har qanday bosqichida investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash uchun ma’lum vositalarni qayta ishlash mumkin. Hatto Norvegiya, Buyuk Britaniya va Daniya kabi rivojlangan davlatlar ham mamlakat xavfining past darajasiga qaramay, milliy yoki tarmoq darajasidagi yirik sarmoyaviy loyihalarni baholashning o‘z mexanizmlariga ega.

O‘zbekistonda bunday mexanizmni to‘laqonli joriy etish, shu jumladan, yuqorida qayd etilgan xorijiy investor pozitsiyasidan, boshqa tomondan, loyihani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan mutasaddi idoralarga, respublikaga loyihalarni amalga oshirishning muddatlari, hajmlari, xatarlari va boshqa jihatlari bo‘yicha xorijiy investitsiyalarni har tomonlama amalga oshirish mexanizmini tushunish ikki tomonlama foyda keltirishi mumkin.



Umuman olganda, monitoring loyihaning istalgan vaqtda tegishli maqsadlar va natijalarga nisbatan qanday bosqichda bo‘lishini bilib oladi va natijada yuzaga keladigan muammolar haqida signal beradi. Bundan tashqari, yangi mexanizm "Loyihalarni amalga oshirish natijasida nima sodir bo‘ldi?", ya’ni kutilgan natijalarga erishilganmi degan savolga javob beradi. Loyihalarni amalga oshirishning turli bosqichlarida samarali baholash hamkorlik va mahalliy hamjamiyatga katta foyda keltiradi. Batafsil baholash loyiha xarajatlarini oqlaydi va qaror qabul qilishda muhim vosita hisoblanadi. Bunday monitoring mexanizmini joriy etish, amalga oshirilayotgan loyihalarning shaffofligi, samaradorligi va barqarorligini yanada kuchaytirish orqali O‘zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilaydi.
Download 197 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling