Investitsiyalar auditi va baholash
Qimmatli qog’ozlarning analitik hisobini, kirimi va chiqimiga doir
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Инвестициялар аудити ва баҳолаш Файзиев Ш Н Ў Қ 2011
7.2. Qimmatli qog’ozlarning analitik hisobini, kirimi va chiqimiga doir
muomalalarni tekshirish 0610 - 0690 va 5810, 5830 va 5890 - schyotlar bo’yicha analitik hisob moliyaviy ko’shilmalarning turlari va ob’ektlari bo’yicha yuritiladi. Auditor korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyrug’iga ilova qilingan ishchi schyotlar rejasidagi moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish uchun foydalaniladigan schyotlar rejasi bilan tanishadi, hamda analitik hisobning tuzilishi qimmatli qog’ozlarni sotuvchi-korxonalar bo’yicha moliyaviy investitsiyalar to’g’risidagi, qarz oluvchi - korxonalar bo’yicha mamlakat xududidagi va xorijdagi ob’ektlarga 113 qilingan investitsiyalar to’g’risidagi axborotlar qay darajada ta’minlashini baholashi kerak. Korxonalar qimmatli kog’ozlarini kassasida yoki depozitariylarda (Davlat qisqa muddatli obligatsiyalar (DKMO) emitenti faqat Moliya Vazirligi bo’lib, ular valyuta birjasidagi depozitariyda) saqlanadi. Ular korxonada saqlanganida qimmatli qog’ozlar blankalarini (sertifikatlarini) mas’ul saqlash uchun korxona kassasida yuritiladigan reestrning mavjudligini tekshirishi lozim. Reestrda: qimmatli qog’oz nomi, nomeri, emitent nomi, qimmatli qog’ozning nominal qiymati ko’rsatilishi shart. Qimmatli qog’ozlar depozitariylarda saqlanganida, ular saqlash uchun berilgan depozitariyning rekvizitlarini analitik hisobda ko’rsatgan holda, korxona buxgalteriyasida hisobda aks ettirilib boriladi. Bunday holda auditorga deponemt bilan depozitariy o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soladigan shartnoma (depo schyoti to’g’risidagi shartnoma) taqdim qilinishi lozim. Shartnomada uning predmeti - qimmatli qog’ozlar sertifikatlarini saqlash yoki qimmatli qog’ozlar uchun huquqni hisobga olish bo’yicha xizmat ko’rsatish, hamda: deponent tomonidan uning qimmatli qog’ozlarini depozitariyga depomentlash to’g’risidagi depozitariy axborotlarni berish tartibi: shartnomaning amal qilish muddati: depozitariy xizmatlari uchun shartnomada belgilangan haq to’lash xajmi va tartibi; depozitariyning deponentga hisobot berish shakli va davri: depozitariynpng majburiyatlari aniq ko’rsatilgan bo’lishi lozim. Depozitariy xizmatlari uchun to’lanadigan xaq bo’yicha sarflar 9420 - schyot debeti bo’yicha aks ettiriladi. Depozitariy xizmatlari bo’yicha to’langan QQS xizmat qiymatiga qo’shib etiriladi. Auditor korxonada «Qimmatli qog’ozlarni hisobga olish daftari»ning mavjudligini aniqlaydi. Unda korxonada saqlanadigan barcha qimmatli qog’ozlar ro’yxatga olingan bo’lishi lozim. 114 Moliyaviy investitsiyalar kirimi va chiqimiga doir muomalalar aks ettirilishini tekshirish uchun 0610-0620, 5810, 5830, 5890 va 9220-schyotlar bo’yicha hisob registlar ma’lumotlaridan foydalaniladi. Bunda auditor korxonada hisob uslubiyoti va moliyaviy investitsiyalar summasini shakllantiradigan xaqiqiy harajatlarni ettirish talablariga rioya qilinishiga ishonch hosil qilish lozim. Shuningdek, qimmatli qog’ozlarni sotib olish qanday mablag’lar hisobiga amalga oshirilganligini ham tekshirish zarur. Masalan, pulni to’lash yoki mulklarni berish hisobiga olinishi mumkin. Agar qimmatli qog’ozlar qiymati mulklar bilan to’lansa, investor bunday muomalalarni hisobga olishda 9210- «Asosiy vositalarning chiqimi», 9220- «Boshqa aktivlarning chiqimi» schyotlaridan foydalanishi lozim. Chunki qimmatli qog’ozlar qiymati mulklar bilan to’langanda hisobdan chiqarilgan mulklarning balans qiymati va sotib olinayotgai qiymati qimmatli kog’ozning sotib olish bahosi o’rtasidagi farq soliqqa tortiladigan bazaga ta’sir ko’rsatadi. Auditor qimmatli qog’ozlar hisobga qabul qilinganidan so’ng qilingan xarajatlarning, moliyaviy investitsiyalar qiymatini ko’paytiradigan qo’shimcha xarajatlar sifatida qimmatli qog’ozlar qiymati ustiga qo’shilmayotganligini ham tekshirishi lozim. Masalan, auditorlik tekshiruvi jarayonida qimmatli qog’ozlar sotib olish uchun kredit olingamligi ma’lum bo’lganida. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling