Investitsiyalar auditi va baholash
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Инвестициялар аудити ва баҳолаш Файзиев Ш Н Ў Қ 2011
Qoldiq (balans) qiymat - jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan
holda asosiy vositalarning boshlang’ich (tiklash) qiymati; Tugatish qiymati - asosiy vositalarning chiqib ketishi bo’yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog’ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi. 123 Asosiy vositalarning inventar ob’ekti sifatida barcha qurilmalari va anjomlariga ega bo’lgan ob’ekt yoki muayyan mustaqil vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan alohida konstruktiv asosdagi buyum yoxud butun bir yaxlitlikni ifodalovchi va muayyan vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan konstruktiv jamlangan buyumlarning alohida majmui tan olinadi. Asosiy vositalarni qayta baholash - asosiy vositalar ob’ektlarining tiklash qiymatini hozirgi bozor narxlari darajasiga moslash maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan aniqlashtirishdir. Asosiy vositalar qayta baholash natijasida hisob va hisobotda joriy qiymat bo’yicha aks ettiriladi. Asosiy vositalar ob’ekti bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur ob’ekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning dastlabki sanasidan boshlanadi hamda mazkur ob’ektning amortizatsiyalanadigan qiymati to’liq so’ndirilgunga qadar yoxud bu ob’ektni balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi. Joriy ta’mirlash - asosiy vositalar ob’ektini ishchi holatida saqlab turish maqsadida amalga oshiriladigan ta’mirlashdir. O’rtacha ta’mirlashda ta’mirlanayotgan agregatni qisman ajratish va detallarning qismlarini tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi. Uskunalar va transport vositalarini kapital ta’mirlash - agregatni to’liq ajratib yig’ish amalga oshiriladigan ta’mirlashdir, bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan detallar va uzellarni almashtirish yoki tiklash hamda agregatni yig’ish, sozlash va sinab ko’rishdir. Binolar va inshootlarni kapital ta’mirlash - bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan konstruktsiyalarning detallari va uzellarini almashtirish yoki tiklash amalga oshiriladigan ta’mirlashdir. Asosiy vositalarning haqiqatda mavjudligini aniqlash va ularning butligini nazorat qilish maqsadida korxonalar tomonidan vaqti-vaqti bilan, biroq ikki yilda kamida bir marta asosiy vositalarni inventarizatsiya o’tkaziladi, kutubxona fondlarini esa besh yilda bir marta inventarlanadi. 124 Uzoq muddatli ijara ijaraga beruvchi ijarachiga g’aq evaziga mol-mulkni 12 oydan ko’p muddatga egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish ququqini beradigan kelishuv. Qisqa muddatli ijara ijaraga beruvchi ijarachiga qaq evaziga mol-mulkni 12 oydan kam muddatga egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish g’uquqini beradigan kelishuv. Ikkilamchi ijara (ikkilamchi lizing) ijarachi (lizingga oluvchi) ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) ning roziligi bilan, ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) ning oldida ijara (lizing) shartnomasi yuzasidan javobgarlikni saqlagan holda ijaraga olingan mulkni (lizing ob’ektini) boshqa shaxsga ikkilamchi ijara (ikkilamchi lizing) ga topshiradigan shartnoma munosabati. Ijara (lizing) ob’ektlari iste’mol qilinmaydigan g’ar qanday buyumlar (ashyolar), shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, alog’ida binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko’char va ko’chmas mulk (muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo’lishi cheklangan boshqa mol- mulklar bundan mustasno). Lizing to’lovlari lizingga beruvchining lizing ob’ektini sotib olish uchun qilgan xarajatlarining hammasi yoki ko’p qismini, shuningdek lizing ob’ektini etkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli g’olga keltirish bilan bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlarini lizingga oluvchi tomonidan qoplanishi hamda lizingga beruvchining daromadidir. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling