Investitsiyalar auditi va baholash
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Инвестициялар аудити ва баҳолаш Файзиев Ш Н Ў Қ 2011
24 II-Bob. INVESTITSIYALAR HISOBI VA AUDITINING MUAMMOLARI. 2.1. Investitsiyalar hisobining uslubiy muammolari Xo’jalik sub’ektlari bilan uning tashqi va ichki manbalari o’rtasida investitsiya resurslarining eng samarali harakatini ta’minlash borasida qaror qabul qilish investitsiyalarni boshqarishdagi asosiy vazifa hisoblanadi. Shuning uchun moliyaviy investitsiyalar resurlari oqimini boshqarish investitsiya faoliyatini boshqarishdagi markaziy masala hisoblanadi. Investitsiya faoliyatini boshqarish jarayonida sub’ektni uchta izchil bosqichga ajratish mumkin: zarur axborotni yig’ish va to’plash; uni audit va tahlil qilish; boshqaruvga oid investitsion qarorlar qabul qilish. Bozor munosabatlari sharoitida buxgalteriya hisobi ichki va tashqi foydalanuvchilarga eng muhim ma’lumotlarni etkazib beruvchi vazifasini o’tab, maqbul boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga) ko’maklashadi, bunday qarorlar amalga tatbiq etlishi natijasida korxonaning ishlab chiqarish potentsiali oshadi va raqobat bozorida uning mavqei ko’tariladi. Biroq tezkor boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish, hisobot yuritish tizimida mavjud bo’lgan va buxgalteriya hisobi hisob varaqlarida, hisob registrlari va hisobotlarida aks ettirilgan ma’lumotlarda umuman etishmaydi. Buxgalteriya hisobi moliyaviy investitsiyalarni hisobini yuritishning mustaqil ob’ekti sifatida ko’radi. Bunday yondoshuv harajatlarni joriy asosiy faoliyat (ishlab chiqarish va muomala xarajatlari) bilan bog’liq xarajatlar va uzoq muddatli qo’yilmalarga bo’lish kontseptsiyasiga asoslangan. Axborotlar tizimi orqali olingan iqtisodiy ma’lumotlarni) muayyan ko’rsatmani vujudga keltiradigan xolatga etkazish uchun uni tayyorlash, ya’ni to’plash, tekshirish va qayta ishlash kabi qo’shimcha ishlarni amalga oshirish zarur, bu esa auditorlik faoliyatining asosiy mazmuni va taxlil ishlarining bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, audit tekshiruvidan o’tkazishning maqsadi auditorning moliyaviy hisobot va amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tayorlangani, buxgalteriya hisobi standartlariga mosligi, undagi 25 ma’lumotlarning xaqqoniyligi axborot mavjud bo’lganida ham darxol investitsion qaror qabul qilish mumkin emas. Olingan axborotni chuqur mulohaza qilish yo’li orqali boshqarilayotgan ob’ekt holati va uning rivojlanish tamoyillarini, amalga oshirilayotgan xo’jalik jarayonlari mohiyatini tushunishga erishiladi. Faqat moliyaviy hisobot ma’lumotlari va boshqaruv «yuragi»ni tashkil etadigan buxgalteriya hisobida boshqa axborot manbalarini chuqur tahlil qilish yo’li bilangina to’g’ri boshqaruv, investitsion qarorini qabul qilish mumkin. Mana shuning uchun ham auditor, moliyaviy hisobot elementlarining haqqoniyligini aniqlagandan so’ng o’z ishini tugallamaydi, balki tahlil ishlarini amalga oshiradi. Auditorlar moliyaviy hisobot haqida o’z fikrlarini bildirishdan oldin tekshirilayotgan xo’jalik sub’ekti ishlariga chuqurroq nazar tashlashlari, uning faoliyatidagi kamchiliklarni aniqlashlari hamda moliyaviy yo’qotishlarning oldini olish va auditdan o’tkazilayotgan sub’ektning bozorda barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan tegishli tavsiyalarni ishlab chiqishlari zarur. Bunga esa ular, bizningcha, faqatgina iqtisodiy tahlil usullariga tayangan holda ish olib borsalargina erishishlari mumkin. Boshqaruv nuqtai-nazaridan audit va moliyaviy taxlil qaror qabul qilishdan oldingi bosqich bo’lib, uning maqsadi: boshqarilayotgan ob’ekt holatiga to’g’ri baho berish va bu xolatning talab qilinayotgan xolatdan qanchalik farq qilinishini ko’rsatib berish; ob’ektni amaldagi vaziyatdan talab qilinayotgan holatga o’tkazish imkoniyatlari va yo’llarini aniqlash; maqbul qarorlar qabul qilish uchun materiallar tayorlashdan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, investitsiyalarni boshqarish tizimida audit va tahlil axborot olish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish o’rtasidagi oraliq joyni egallaydi. Ular boshqaruv qarorlarini qabul qilish asosi bo’lib hisoblanadi, qaror qabul qilishning o’zi esa boshqaruv tizimida etakchi o’rin tutadi. Xo’jalik sub’ektining investitsiya faoliyatini boshqarish tizimida buxgalteriya hisobi, taxlil va auditning tutgan o’rni quyidagi chizmada ko’rsatilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling