Investitsiyalar auditi va baholash


 Moliyaviy investitsiyalarning daromadliligi, olingan


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.32 Mb.
#248265
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   102
Bog'liq
Инвестициялар аудити ва баҳолаш Файзиев Ш Н Ў Қ 2011

7.3. Moliyaviy investitsiyalarning daromadliligi, olingan 
daromadlarning to’liq aks ettirilishi va soliqqa tortilishini tekshirish 
Korhonaning  moliyaviy  investitsiyalardan  oladigan  daromadlari  9520  -
«Divident ko’rinishidagi daromadlar», 9530 - «Foiz ko’rinishidagi daromadlar» va 
9560  -  «Qimmatli  qog’ozlarni  qayta  baholashdan  olinadigan  daromadlar» 
schyotlarida  hisobga  olinadi  va  «Mahsulot  (  ish,  xizmat)lar  tannarxiga 
ko’shiladigan  mahsulot  ishlab  chiqarish  (ish  bajarish,  xizmat  ko’rsatish)  va 
realizatsiya  xarajatlarining  tarkibi  hamda  moliya  natijalarini  shakllantirish  tartibi 
to’g’risidagi  Nizom»  ga  muvofiq  moliyaviy  faoliyatdan  olingan  daromadlar 


 
115 
 
qatoriga kiritiladi. 
«Harajatlar  tarkibi.......to’g’risidagi  Nizom»da  (V  bo’limi  3§  «Moliyaviy 
faoliyatdan  olinadigan  daromadlar»,  3,5-modda«qimmatli  qog’ozlarga  qilingan 
investitsiyalar»,  shu’ba  korxonalarga  berilgan  mablag’lar  va  shu  kabilarni  qayta 
baholashdan olingan foyda, shuningdek, V. bo’limi, 3§ «Moliyaviy faoliyatga doir 
chiqimlar»,  3,4-modda  «Qimmatli  qog’ozlarga  qilingan  investitsiyalar»  (sho’’ba 
korxonalarga  berilgan"mablag’lar  va  shu  kabilar)ni  qayta  baholashdan  ko’rilgan 
zararlar  qimmatli  qog’ozlarga  qilingan  investitsiyalar  va  shu’ba  korxonalarga 
berilgan  mablag’larni  har  chorakda  (yilda)  qayta  baholash,  ya’ni  ularni  balansda 
bozor  bahosi  bo’yicha  aks  ettirish  tavsiya  etiladi.  Ammo,  bunday  hisob  yuritish 
siyosatiga  qimmatli  qog’ozlar  bozori  keng  rivojlanganda  erishilib,  bozor  qiymati 
haqida muntazam axborotlar mavjud sharoitda bo’lishi mumkin. 
Auditor  sotib  olingan  qimmatli  qog’ozlardan  tashqari  korxonaning  o’zida 
chiqarilgan qimmatli qog’ozlar saqlanishi ham mumkinligini bilishi zarur. Bunday 
qimmatli  qog’ozlar  o’z  jamoasi  a’zolariga  sotilguncha  yoki  birjaga  berilgunga 
qadar 006-«Qat’iy hisobot blankalari» degan balansdan tashqari schyotda hisobga 
olinadi. 
Qo’shimcha daromad olish maqsadida ikkilamchi sotish uchun birjada sotib 
olingan  yoki  jismoniy  shaxslardan  (masalan,  korxona  xodimi  ishdan  bo’shab 
ketayotganida)  sotib  olingan  korxona  aktsiyalari  8620-«Sotib  olingan  xususiy 
aktsiyalar  -  imtiyozli»  schyotida  hisobga  olinadi  va  quyidagi  buxgalteriya  yozuvi 
bilan  rasmiylashtiriladi:  Dt  8620-«Sotib  olingan  hususiy  aktsiyalar  -imtiyozli» 
schyoti  va  Kt  5010.  5110-schyotlar  -  qimmatli  kog’ozlarning  harid  qiymatiga. 
Korhona aktsiyalarini ikkilamchi sotish quyidagicha aks ettiriladi: 
1. Dt 5010, 5110, 5210, 5220 Kt 9220- ikkilamchi sotish qiymatiga. 
2.  Dt  9220  Kt  5610  (maxsus  subschyot)  qimmatli  qog’ozlarning  xarid 
bahosi. 
3.  Dt  9220  Kt  9590 ikkilamchi  sotish qimmatining xarid bahosidan oshgan 
qismi. 
Agar  harid  qiymati  ikkilamchi  sotish  qiymatini  yuqori  bo’lsa,  u  holda  Dt 


 
116 
 
9690  Kt  9220  provodka  tuziladi.  Auditor  bunday  hollarda  samarasiz  moliyaviy 
muomalalar  amalga  oshirilganligining  ob’ektiv  (balki  sub’ektiv)  sabablarini 
aniqlash,  oqilona  ish  yuritilganda  investitsiyalashdan  mumkin  yo’qotishlar 
qo’lamini  aniqlashi  va  bu  xaqda  direktorlar  kengashida  yoki  aktsiyadorlar 
majlisida bildirishi zarur. 
Boshqa  korxonalarning  ustav  kapitaliga  xissa  qo’shish  ko’rinishidagi 
qilingan  moliyaviy  investitsiyalar  auditi  ushbu  korxonalar  ustavlarini  tahlil  qilib, 
daromad  olish  shartlarini  hamda  bunday  investitsiyalar  samaradorligining 
to’g’riligi va hisobda to’liq aks ettirilganligini aniqlashdan iborat. 
Shuningdek,  vekselga  berilgan  qarzlar  ham  moliyaviy  investitsiyalar  bo’lib 
hisoblanadi.  Ular  quyidagicha  aks  ettiriladi:  Dt  0610,  5810  Kt  5110,  5210,  5220 
vekselga berilgan qarz summasiga. 
Veksellar  ularda  aks  ettirilgan  summalar,  ya’ni  nominal  qiymati  va  sotib 
olish  bahosi  o’rtasidagi  farqdan  daromad  olish  maqsadida  sotib  olinganida 
buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 
Dt 5810 Kt 5110, 5210, 5220 vekselning sotib olish qiymatiga. 
Dt  5810  Kt  9590  vekselda  ko’rsatilgan  summa  va  sotib  olish  qiymati 
o’rtasida farq daromadga olinganida. 
Moliyaviy  investitsiyalar  boshqa  korxonalar  faoliyatida  hissa  qo’shib 
ishtirok  etish,  aktsiyalar  bo’yicha  dividendlar  va  obligatsiyalar  bo’yicha 
daromadlar olish maqsadida amalga oshirilib, hisobda quyidagicha aks ettiriladi: 
Dt  5110,  5220,  5220  Kt  9520,  (9530)-  olingan  dividendlar  (foizlar) 
summasiga. 
Daromadlarning  to’liq  aks  ettirilganligini  tekshirishda,  ularning  miqdori 
buxgalteriyada  hisobga  olish  maqsadida  quyidagi  shart-sharoitlar  mavjud 
bo’lganda tan olinadi: 
- korhona ushbu daromadlarni olish huquqiga ega; 
- daromadlar summasi aniqlangan bo’lishi mumkin; 
- muayyan muomala natijasida korxona iqtisodiy manfaatining ko’payishiga 
ishonch bo’lganida. 


 
117 
 
Korxonaning moliyaviy investitsiyalardan olgan barcha daromadlari soliqka 
tortish maqsadida ikkita guruxga bo’linadi: 
- umum qabul qilingan tartibda realizatsiyadan tashqari daromadlar tarkibida 
soliqka tortiladigan daromadlar (hamkorlikdagi faoliyatdan olingan daromadlar);  
-  maxsus  tartibda  soliqka  tortiladigan  daromadlar.  Bularga  aktsiyador  -
korxonaga tegishli va bu qimmatli qog’ozlar egasining emitent - korxona foydasini 
taqsimlashda  ishtirok  etish  huquqini  tasdiqlovchi  aktsiyalar  bo’yicha  olingan 
daromadlar; 
- O’zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog’ozlari va mahalliy organlar 
qimmatli  qog’ozlari;  O’zbekiston  Respublikasi  xududida  tashkil  qilingan  boshqa 
korxonalar  ustav  kapitalida  hissa  qo’shib  ishtirok  etishdan  olingan  daromadlar. 
Bunday  daromadlar  belgilangan  foiz  stavka  bo’yicha  soliqqa  tortiladi  va 
daromadlarni to’lash manbalaridan to’lanadi. 
 Aktsiyalar  bozor  bahosining  ular  nominal  qiymatiga  nisbatan  yildan-yilga  o’sib 
borishi ham korxona rahbariyatining oqilona ish yurtayotganligidan dalolat beradi. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling