Investitsiyalar hisobi


Investitsiyalarni turkumlash va baholash


Download 21.04 Kb.
bet2/2
Sana02.01.2022
Hajmi21.04 Kb.
#195224
1   2
Bog'liq
invest

Investitsiyalarni turkumlash va baholash

Investsiyalarning turlari

Investitsiya kiritish maqsadlari va ular bilan bog‘liq risklardan kelib chiqqan holda investitsiyalar: venchur (riskli), bevosita, portfel va annuitet kabi turlarga tasniflanadi.

Investitsiyalar aniq va noaniq, lekin ehtimol risklar ostida kapitalni muayyan jarayonlarga, muayyan vaqtga bog‘lash bo‘lib, uning hozirgi qiymatini saqlash, kapitallashtirish va jamg‘arish maqsadiga qaratiladi.

Kapital investitsiyalarga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishga, shu jumladan yangi qurilishga, modernizatsiyalashga, rekonstruktsiya qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi.

Innovatsiya investitsiyalariga yangi yoki takomillashtirilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni), ishlab chiqarish jarayonini, tadbirkorlik faoliyatini yuritishda yangi marketing uslubini yoki tashkiliy uslubni ishlab chiqish va o‘zlashtirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi.

Ijtimoiy investitsiyalarga inson salohiyatini, ko‘nikmalarini va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi.

Moliyaviy investitsiyalar - xo‘jalik yurituvchi subyekt tasarrufidagi daromad olishga (foiz, royalti, dividend va ijara haqi shaklida) mo‘ljallangan, investitsiya qilingan sarmoya qiymatining ortishi yoki investitsiya qiluvchi kompaniya boshqa naf olish uchun foydalanadigan aktivlar.53

Moliyaviy sarmoya - bu sizning mablag‘ingizni katta miqdorda o‘sishi yoki qadriga etishiga umid bilan pul qo‘ygan aktivdir. Bu g‘oya shundan iboratki, uni keyinchalik yuqori narxda sotishingiz yoki unga ega bo‘lganingizda pul topishingiz mumkin bo‘ladi. 54

Joriy (qisqa) investitsiyalar - erkin sotiladigan va bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda egalik qilishga qaratilgan qimmatli qog‘ozlardi

Uzoq muddatli investitsiyalar hisobini yuritish tartibi

Turli mulkchilik shaklidagi korxonalarda qimmatli qog‘ozlarning buxgalteriya hisobi bo‘yicha muomalalar yagona (umumiy) tamoyillar asosida amalga oshirilishi lozim. 21-son BHMSga muvofiq 0600-“Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar" schyotida mamlakatimizda va undan tashqarida barpo etilgan korxonalarning qimmatli qog‘ozlarga, sho‘’ba,

qaram xo‘jalik jamiyatlarning hamda chet el sarmoyali korxonalarning nizom kapitali (jamg‘armasi)ga uzoq muddatli qo‘yilmalar (investitsiyalar) mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumot quyidagi hisob-varaqalaridan kelib chiqib umumlashtiriladi:

0610 “Qimmatli qog‘ozlar”;

0620 “Sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar”;

0630 “Qaram xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar”;

0640 “Chet el kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarga investitsiyalar”;

0690 “Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar”.

0610-“Qimmatli qog‘ozlar" schyotida aksiyadorlik jamiyatlarining aktsiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari (ortsion, fyuchers va boshqalar) ga uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning mavjudligi va harakati aks ettiriladi.

Qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘lgan operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun asos bo‘lib ularga egalik qilish huquqi o‘tganligini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlar xizmat qiladi:

- oldi-sotdi shartnomasi (barcha qimmatli qog‘ozlar uchun);

- sertifikatni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (faqat hujjatli qimmatli qog‘ozlar uchun);

- shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma (egasi yozilgan qimmatli qog‘ozlar reestrni yuritish tizimida hisobga olinganda);

- depo hisobvaraqdan ko‘chirma (qimmatli qog‘ozlar depozitariyga hisobga olinganda).

Qimmatli qog‘ozlarning turiga bog‘liq holda egalik qilish huquqining o‘tish sanasi, tegishincha ularni buxgalteriya hisobiga qabul qilish sanasi bo‘lib quyidagilar hisoblanishi mumkin:

- qabul qilish-topshirish dalolatnomasida ko‘rsatilgan sana;

- xarid qiluvchining unga reestrni yuritish tizimida ochilgan shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmada ko‘rsatilgan sana;

- xarid qiluvchiga qimmatli qog‘ozlar sotuvchi tomonidan saqlashga berilgan depozitariyga ochilgan depo hisobvaraqdan ko‘chirmada ko‘rsatilgan sana.

Qisqa muddatli investitsiyalar hisobi

Korxonaning boshqa korxonalar qimmatli qog‘ozlariga qilingan qisqa muddatli (bir yil muddatdan ko‘p bo‘lmagan) investitsiyalari (qo‘yilmalar) davlat qarzlarining foizli obligatsiyalari, boshqa korxonalarga berilgan qarzlar va boshqalarning naqdligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:

5810 “Qimmatli qog‘ozlar”;

5820 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar”;

5890 “Boshqa joriy investitsiyalar”.

5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotida aktsiyalarga, davlat qarzlarining foizli obligatsiyalariga va boshqa qimmatli qog‘ozlariga qo‘yilgan qisqa muddatli investitsiyalarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi.

Obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar 5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotiga sotib olish qiymatida kirim qilinadi.

Korxonada aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarning sotib olinishi 5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotining debetida va pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar va agar qimmatli qog‘ozlar uchun to‘lov moddiy yoki boshqa qiymatliklar (pul mablag‘laridan tashqari) orqali amalga oshirilsa, moddiy va boshqa qiymatliklarning sotilishini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida hisobga olinadi.

Agar sotib olingan obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarning sotib olish bahosi ularning nominal qiymatidan farq qilsa, u holda sotib olish va nominal qiymati o‘rtasidagi farqni shunday hisobdan chiqarish yoki qo‘shimcha

hisoblanishi kerakki, 5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotida hisobga olingan qimmatli qog‘ozlarning bahosi ularni qoplash davrida nominal qiymatiga muvofiq bo‘lishi lozim. Sotib olish va nominal qiymati o‘rtasidagi farq qoplanadigan vaqtgacha bo‘lgan davrda 5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotining debeti (qo‘shimcha hisoblash)da yoki krediti (hisobdan chiqarish) da, 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” yoki 9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar” schyotlari bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.

5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotida hisobga olingan obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarning qoplanishi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning debeti va 5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.

5820 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” schyotida korxonaning boshqa korxonalarga qisqa muddatga bergan pulli va boshqa qarzlarining harakati hisobga olinadi.

Berilgan qarzlar 5820 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” schyotining debetida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Qarzlarning qaytarilishi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning debeti va 5820 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.

5890 “Boshqa joriy investitsiyalar” schyotida korxonalarning bank va boshqa omonatlarga so‘mda va chet el valyutasidagi qo‘yilmalarining harakati hisobga olinadi.

Omonatlarga pul mablag‘larining o‘tkazilishi korxonalarda 5890 “Boshqa joriy investitsiyalar” schyotining debetida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Hisobda bank tomonidan omonatlar summasi qaytarilganda korxonada teskari yozuv amalga oshiriladi.

Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (5800) bo‘yicha analitik hisob qisqa muddatli investitsiyalarning turlari va ushbu qo‘yilmalar amalga oshirilgan obyektlar (qimmatli qog‘ozlarni sotuvchi-korxonalar, omonatlar va hokazolar) bo‘yicha yuritiladi.

Taqsimlanmagan foyda bu hisobot davri yakunida xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtierida qoladigan sof foydadir. Hisobot davridagi sof foyda taqsimlanmagan foydani oshiradi va u quyidagicha provodka bilan rasmiylashtiriladi:

Debet 9900 – “Yakuniy moliyaviy natija”

Kredit 8710 – “Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)”

Korxonaning ta’sischilar oldida dividendlar bo‘yicha va chiqib ketayotgan ta’sischilar oldida ularning ulushlari bo‘yicha joriy majburiyatlari to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:

6610 “To‘lanadigan dividendlar”;

6620 “Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarzlar”.

Korxona rahbariyati tomonidan aktsiyalarga dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror e’lon qilingandan so‘ng, dividend summasi joriy majburiyat sifatida aks ettiriladi. Dividendlar aktsiyalar bo‘yicha qonunchilikka muvofiq taqsimlanadi.

6610 “To‘lanadigan dividendlar” schyoti hisoblangan dividend summasiga

8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyoti bilan bog‘langan holda kreditlanadi.

6620 “Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarzlar” schyotining kredit tomonida korxonaning chiqib ketayotgan ta’sischisi ulushlari bo‘yicha hisoblangan majburiyatlari summasi 8330 “Pay va ulushlar”, 8610 “Sotib olingan xususiy aktsiyalar - oddiy”, 8610 “Sotib olingan xususiy aktsiyalar - imtiyozli” schyotlari bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.

6610 “To‘lanadigan dividendlar”, 6620 “Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarzlar” schyotlari bo‘yicha analitik hisob (ko‘rsatuvchiga

aktsiyalardan tashqari) har bir ta’sischi bo‘yicha alohida yuritiladi.

Qimmatli qog‘ozlarga dividend hisoblanganda xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlarga muvofiq ikkita usuldan foydalanish mumkin:

1. Qiymat usuli. Ushbu usul qo‘llanganda. Investor o‘z mablag‘ini boshqa korxonaga dastlabki qiymati bo‘yicha qo‘yadi. Uning asosiy tamoyilari shundan iboratki, investitsiyalar qiymati sho‘’ba tizilmalarining moliyaviy ahvolidan qat’iy nazar o‘zgarmaydi, ulardan olinadigan dividendlar bosh jamiyat daromadi sifatida hisobga olinadi.

Bu usulni quyidagi hollarda qo‘llash tavsiya etiladi:

- sho‘ba jamiyatini keyinchalik yaqin kelajakda sotish uchun olingan va uni nazorat qilish ham vaqtinchalik bo‘lganda;

- sho‘’ba jamiyati uning bosh jamiyatiga mablag‘ o‘tkazish qobilyatini jiddiy darajada kamaytirilgan belgilangan uzoq muddatli muhim sharoitlar doirasida

faoliyat yuritganda. Masalan, sho‘’ba jamiyatiga qarz bergan tashkilot tomonidan quyiladigan dividendlarni to‘lashda cheklashlar mavjud bo‘lishi mumkin.

2. Ulushbay ishtirok usuli. Bu usulni bosh jamiyat tomonidan sho‘’ba jamiyatiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazish va nazorat qilish hollarida qo‘llash

tavsiya qilinadi, u quyidagilardan iborat:

investitsiyalarning joriy qiymati sho‘’ba jamiyatining xo‘jalik faoliyati

natijalariga bog‘liqlikda o‘zgaradi: u foyda olganda investitsiyalar qiymati oshadi, zarar esa kamayadi;

- bosh jamiyat investitsiyalardan foydani egalik ulushiga munosib ravishda aks ettiriladi: uning sho‘’ba jamiyatidagi ulushi qancha ko‘p bo‘lsa, bosh jamiyat balansida investitsiyalar qiymati shuncha ko‘p summaga oshiriladi;

- olingan dividendlar daromad sifatida qaralmaydi, balki investitsiyalar qiymatini kamaytirish tarzida ifodalaydi.

Aktsiyadorlik jamiyatining umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan dividend pul mablaglari yoki boshqa qonuniy to‘lov vositalari bilan to‘lanishi mumkin.

Dividendlar hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi:

Debet 8710 – “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”

Kredit 6610 – “To‘lanadigan dividendlar”

Hisobot yilidagi taqsimlanmagan foyda summasi dividendlar hisoblanganidan so‘ng 8720 – “Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

Foyda olingan holatda:

Debet 8710 – “ Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”

Kredit 8720 – “Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)”

Zarar ko‘rilganda:



Debet 8720 – “Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)”

Kredit 8710 – “ Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”.
Download 21.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling