Investitsiyalarni jalb etishning jahon tajribasi va uni O’zbekistonda qo’llash amaliyoti
Download 20.5 Kb.
|
1savol javob Хикматуллаев И
Investitsiyalarni jalb etishning jahon tajribasi va uni O’zbekistonda qo’llash amaliyoti Savol-javob 1. Xorijiy investorlarga beriladigan qanday imtiyozlarni bilasiz? 2. islom taraqqiyot banki nima va uning asosiy maqsadi? 3. Tabiiy boyliklarni, ayrim foydali qazilmalarni qazib olish va o’zlashtirish uchun tuzilgan shartnoma nima deb ataladi? 4. Kredit hajmi va uning foiz stavkasi Investitsiyalarni jalb etishga ta’sir etuvchi qaysi omil tarkibiga kiradi. 5. Chet el investitsiyalari erkin kirib kelishi va ularga nisbatan qator imtiyozlar belgilangan hudud bu- …………….. 6. Xorijiy investitsiyalar bilan tashkil etilgan korxonalar (savdo, vositachilik, xom ashyo yetkazib beruvchilardan tashqari) ro’yxatdan o’tgan kundan boshlab ishlab chiqarish bilan band bo’lsa yer solig’idan necha yil ozod qilinadi ? 7. Bozor izlovchi va samara izlovchi to’g’ridan – to’g’ri xorijiy investitsiyalarni farqli jihatlari.? 8. Xalqaro iqtisodiy integratsiya nima? 9. 1992 yilda erkin savdo to’g’risida Markaziy Yevropa kelishuvi imzolanib, unga qaysi davlatlar azo edi? 10. Bunda qatnashchi mamlakatlar o’zaro savdoda barcha cheklanishlarni bartaraf etibgina qolmay, tashqi savdo to’siqlarining yagona tizimini ta‘sis etadilar. Bu Iqtisodiy integratsiyaning qaysi shaklida yuzaga keladi
12. Xorijiy investitsiyalar uchun hudud jozibadorligini (maftunkorligini) baholash indeksi qaysi? 13. Investitsiya salohiyati omillaridan biri tabiiy salohiyat nima? 14. Texnika-texnologiya salohiyati nima? 15. Erkin iqtisodiy zonalarning xizmat ko’rsatishga yo’naltirilgan qanday turlarini bilasiz? 16. Xususiy mulk hamda xorijiy investitsiyalarga nisbatan mahalliy aholi munosabati Investitsiya muhiti holatini belgilovchi qaysi omil tarkibiga kiradi? 17. Erkin iqtisodiy zonalarda qanday imtiyoz turlari beriladi? 18. Qulay sharoit bilan ijaraga berish.va Ro’yxatdan o’tkazish va bojxona muolajalarini soddalashtirish qanday imtiyoz tarkibiga kiradi.? 19. Moliyaviy salohiyat haqida ma’lumot bering. 20. Investitsiya faoliyati huquqiy asoslarining mustahkamlik darajasi Investitsiya muhiti holatini belgilovchi qaysi omil tarkibiga kiradi? 1. Transchegaraviy investitsiyalarning shunday turiki, unda bir iqtisodiyotdagi rezident boshqa iqtisodiyotdagi resident korxonaga investitsiya kiritishi uning boshqaruvini nazorat qilish yoki unga salmoqli ta‘sir ko’rsatish imkoniyatini beradi 2.Chet el investitsiyalari ishtirokida asbob – uskunalarni, texnika texnologiyalarni uzoq muddatga ijaraga olishdir. 3. Konsessiya shartnomalari 4. Iqtisodiy omil 5. 1)Ko’rilgan zararlarning qoplanishi uchun kafolatlar; 2) Islom Taraqqiyot Bankining asosiy vazifasi a‘zo-mamlakatlarda shariatga muvofiq ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotni qo’llab-quvvatlashdan iborat 3)soliqqa tortish tizimida ularga oid belgilangan imtiyozlar; 4)foyda va daromadlarni xorijga olib chiqib ketishning erkinligi; 5)milliy so’mda va chet el valyutasida olingan foydalarni o’tkazish va olib chiqib ketish imkoniyati; 6. 2 yil 7. Bozor izlovchi TTXI muayyan mamlakat yoki mintaqa iste‘mol bozorlarini egallashni maqsad qilib qo’yadi. Bu turdagi investitsiyalarni kirituvchi korxonalar odatda o’z mahsulotlariga bo’lgan joriy yoki kelgusi talabga javoban uy xo’jaliklari uchun zarur iste‘mol va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Samara izlovchi TTXI harajatlar past bo’lgan resipiyent mamlakatdagi arzonchilikdan foydalanish uchun amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish harajatlarining kamayishi esa investor korxonalar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi 8. Milliy xo’jaliklar (davlatlar) o’rtasida o’zaro ko’ptomonlama barqaror aloqalarning rivojlanishi va mehnat taqsimoti negizida yuzaga kelgan mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan birlashuvi bo’lib, ishlab chiqarish tarmoqlarining turli darajada va turli ko’rinishdagi o’zaro aloqadorligini ifoda etadi. 9. Vengriya, Polsha, Chexiya va Slovakiya 10. Bojxona ittifoqi. 11. Siyosiy omil 12. BERI 13. Tabiiy salohiyat tabiiy resurslar miqdori va sifati, mamlakatning iqlimi, tabiiygeografik shart-sharoitlarini o’z ichiga oladi. Tabiiy resurs omillari quyidagilarni qamrab oladi: mineral resurslar (foydali qazilmalar); agromuhit shart-sharoitlari; yer va suv resurslari; o’simlik va hayvonot dunyosi va h/k 14. Texnika-texnologiya salohiyati mamlakatdagi mashina-mexanizmlar miqdori, ularning tarkibi, texnologik tizim kabilardan iborat bo’lib, u fan yutuqlari va ularning qay darajada tatbiq etilishi bilan bog’liq. 15. Offshor. Moliyaviy markazlar.Bank xizmatlari. Turistik xizmatlar, ekopark 16. Ijtimoiy omil 17. Moliyaviy , soliq, mamuriy ,tashqi savdo imtiyozlari. 18. Mamuriy 19. Moliyaviy salohiyat ushbu mamlakatning moliyaviy imkoniyatlari, iste‘mol va jamg’armaning nisbati, bank sohasida pul-kredit va depozit siyosati, tashqi qarzlar holati, ichki zaxiralar va boshqalarni xarakterlaydi 20. Huquqiy omil Download 20.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling