Sindikatli kreditlash va uning xususiyatlari. - Hozirgi kunda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning yangi, usuli sinditsirlashtirilgan kreditlash (sindikatga uyushgan bir necha kreditorlarning kreditlari majmui) paydo bo’ldi. Iqtisodiy adabiyotlarda bu so’zning aniq atamasi yo’qligi sababli, ko’pchilik hollarda moliyalashtirishning bu turini sindikatlashtirilgan kredit, deb ham ataladi.
- Investitsiya loyihalarni moliyalashtirishda sindikatlashtirilishi mumkin bo’lgan kreditlar loyihaviy moliyalashtirishga kiradi. Loyihaviy moliyalashtirishda kreditni qaytarishning manbai bo’lib, loyihani amalga oshirish natijasida olingan foyda hisoblanadi.
Sindikatli kreditlash va uning xususiyatlari. Sinditsiyalashtirilgan kredit deganda bir necha banklar tomonidan yirik investitsiya loyihalarini birgalikda kreditlash tushuniladi. - Yirik investitsiya loyihasi - umumiy qiymati tijorat banklarining birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshadigan investitsiya loyihasidir.
- Bank sindikati - sinditsiyalashtirilgan kredit berish borasida ikki yoki undan ortiq banklar o’rtasida o’zaro kelishuv bo’lib, bunda etakchi bank - sinditsiyalashtirilgan kreditlash tashabbusi bilan chiqqan va zimmasiga ishtirokchi-banklar nomidan kredit hujjatlarini yuritish mas’uliyati yuklatilgan qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob varag’iga xizmat ko’rsatuvchi bank hisoblanadi.
Sindikatli kreditlashni tashkil etish va uning bosqichlari. - Tijorat banklari tomonidan sinditsiyalashtirilgan kreditlash qaytarishlik, to’lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida amalga oshiriladi.
- Sinditsiyalashtirilgan kreditni berish qarz oluvchi va ishtirokchi banklar o’rtasida tuziladigan kredit shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
- Sinditsiyalashtirilgan kredit berish muddati yirik investitsiya loyihalarini qoplanish muddatiga bog’liq holda kredit shartnomasida belgilanadi.
- Sinditsiyalashtirilgan kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori sinditsiyalashtirilgan kredit to’g’risidagi kelishuv shartlariga ko’ra qarz oluvchi va ishtirokchi banklar o’rtasida tuziladigan kredit shartnomasi asosida belgilanadi.
Sindikatli kreditlashni tashkil etish va uning bosqichlari. - Sindikatli kreditlash bosqichlari:
Loyihalarni moliyalashtirishning uchinchi va to’rtinchi bosqichlarida homiylarni faoliyatini, risklarni va ularni taqsimlanishini tahlil etadi. Bu bosqichda kreditorlar rahbarlarning faoliyatini va ularning imidjini, loyiha ishtirokchilari uchun risklarning to’g’ri taqsimotini o’rganadi.
Birinchi bosqich - loyihaning texnik tahlili.
Ikkinchi bosqich - bu iqtisodiy va moliyaviy tahlil.
Thank you!
Do'stlaringiz bilan baham: |