Investitsiyalarni moliyalashtirishdan moliyaviy vositalar


Download 387.68 Kb.
bet3/3
Sana08.03.2023
Hajmi387.68 Kb.
#1249748
1   2   3
Bog'liq
Mavzu

Obligatsiya (lotincha obligatio so’zidan, majburiyat) –bu uning egasi qarz berganligidan guvohlik beruvchi va unga ushbu qimmatli qog’ozning nominal qiymatini unda ko’rsatilgan muddatda belgilangan (qat’iy) foiz to’langan holda qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog’ozdir.

Davlat qimmatli qog’ozlari - O’zbekiston Respublikasining g’azna majburiyatlari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari. Munitsipal obligatsiyalarning emitentlari sifatida O’zbekiston Respublikasining milliy – davlat va ma’muriy – hududiy tuzilmalarining hokimiyat idoralari qatnashishi mumkin. Obligatsiyalarni chiqarish to’g’risidagi qaror davlat hokimiyatining mahalliy idoralari: Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarshaharlar, tumanlar hokimiyatlari tomonidan qabul qilinadi.

Veksel (nemischa Wechsel so’zidan) – veksel beruvchining yoki vekselda ko’rsatilgan boshqa to’lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to’lashga doir shartsiz majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog’oz. Oddiy veksel (solo veksel) – bu qarzdorning (veksel beruvchining) muayyan pul summasini ko’rsatilgan muddatda kreditorga (birinchi oluvchisiga) to’lash majburiyatini ifodalovchi hujjat. Oddiy vekseldan farqli o’laroq, o’tkazma vekselda ikkita emas, balki uchta shaxs qatnashadi: veksel beruvchi (trassant); veksel bilan birga u bo’yicha to’lovni talab qilish huquqini oluvchi dastlabki haridor (yoki veksel egasi); to’lovchi (trassat), unga veksel egasi to’lovni amalga oshirishni taklif etadi (vekselda bu "to’lang" degan so’z bilan ifodalanadi).


Download 387.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling