Investitsiyalarni
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda investitsiya muhitini
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
xorizhij investitsiyalarni zhalb qilishda investitsiya muhitini
1.3. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda investitsiya muhitini
aniqlashning jahon tajribasi. Xorijdan kapital qabul qiluvchi tomonidan investitsiya muhiti modelini ishlab chiqish har tomonlama asoslangan tashqi iqtisodiy aloqalarni aniqlab beruvchi vositadir. U orqali xorijiy investorga ta’sir ko’rsatuvchi omillar to’g’risida aniq tushunchalarga ega bo’lish, xorijlik investorlarning xulq-atvorini har tomonlama anglash va mamlakatdagi iqtisodiy holatni chuqurroq baholash imkoniyati paydo bo’ladi. Bu jarayonlarning barchasi respublikamizning boshqa davlatlar bilan dastlabki iqtisodiy munosabatlarini yo’lga qo’yish jarayonida chetdan kapitalni jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xorijiy investitsiya ishtirokida amalga oshirilishi lozim bo’lgan loyiha va dasturlarni ishlab chiqishda nafaqat o’z manfaatlari bilan chegaralanmasdan investorning maqsad va imkoniyatlari bilan hisoblashish alohida e’tiborga loyiqdir. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, investitsiya faolligining o‘sish sur’atlari investitsiya muhitiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Xorijiy investitsiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb etish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Qaysi mamlakatda iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy shart- sharoitlar mavjud bo‘lsagina o‘sha davlat iqtisodiyotiga investitsiya qo'yilishi mumkin. Investitsiya muhitining jozibadorligi xorijiy investitsiyalar oqimini ko‘paytirishning muhim omili hisoblanadi. Investitsiya muhiti tushunchasi o’z murakkabligi va mukammalligi jihatidan makro va mikro iqtisodiyot darajasida ko’rib chiqiladi. Mikroiqtisodiyot darajasida investitsiya muhiti bir tomondan investor- firmasi va ikkinchi tomondan xorijiy investitsiyani qabul qiluvchi xo’jalik sub’ektlari, ya’ni sotuvchilar, sotib oluvchilar, banklar hamda kasaba uyushma va boshqa jamoat tashkilotlari o’rtasidagi ikki yoqlama munosabatlarni aks ettiradi. 27 Makroiqtisodiyot darajasida u kapitalni qabul qiluvchi mamlakatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy holatlarni o’z ichiga oladi. Makroiqtisodiyot darajasida yondashilganda xorijiy investitsiyalarga nisbatan davlat siyosati, xalqaro shartnomalar shartlarini bajarish xorijiy mulkni milliylashtirish, turli masalalar bo’yicha xalqaro shartnomalar tizimida ishtirok etish davlat boshqaruv tizimlarining mustahkamligi, siyosiy rahbariyatning muqarrarligi, davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasi, iqtisodiy siyosatning mukammalligi, davlat apparatining ish samaradorligi, banklar tizimining takomillashuv darajasi, pul muomalasi va davlat budjetining barqarorligi, davlatning ichki va tashqi qarzlari miqdori va boshqalar hal qiluvchi o’rinda turadi. Investitsiya muhitiga kapitalni qabul qiluvchi mamlakatning qonunlarida aks ettirilgan to’g’ridan-to’g’ri xarajatlar va xorijiy firmalarining faoliyatini chegaralovchi yoki taqiqlovchi omillardan tashqari, to’liq aniqlanmagan ba’zi qoidalar va muvofiqlashtirilmagan jarayonlarning mavjudligi salbiy ta’sir etadi. Mikro va makroiqtisodiyot darajalari birgalikda yagona investitsiya muhitini tashkil etadi va potensial investorlar hamda kapitalni qabul qiluvchi tomonlarning bo’lajak munosabatlarini belgilab beradi. Mamlakatning zamonaviy iqtisodiy rivojlanish darajasi va shuningdek, olib borilayotgan investitsiya faoliyatining o’sish sur’atlari investitsiya muhitiga bog’liq bo’ladi. Investitsiya muhiti investitsiya resurslarini joylashtirish uchun umumiy mezon bo’lib, birinchi navbatda, kapital mablag’larning daromadliligini ta’minlab beradi. Iqtisodchi olimlardan A.Vaxabov, Sh.Xajibakiyev, N.Muminovlar investitsiya muhiti to‘g‘risida quyidagilarni ta’kidlab o‘tadilar: «Investitsiya muhiti — bu xorijiy kapital qo'yilmalarining qaltislik darajasini va ulardan mamlakatda samarali foydalanish imkoniyatlarini oldindan belgilaydigan iqtisodiy, siyosiy, yuridik va ijtimoiy omillar yig‘indisidir. Investitsiya muhiti kompleks, ko‘pqirrali tushuncha bo‘lib, milliy qonunchilik, iqtisodiy shart-sharoitlar (inqiroz, o‘sish, stagnatsiya), bojxona rejimi, valyuta siyosati, iqtisodiy o'sish sur’atlari, inflyatsiya sur’atlari, valyuta 28 kursining barqarorligi, tashqi qarzdorlik darajasi kabi ko‘rsatkichlarga ega». 14 Shuningdek, mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, me’yoriy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmui investitsiya muhitini anglatadi. «Investitsiya muhiti» va «investitsiya iqlimi» sinonim tushunchalar sifatida ishlatiladi. Bu haqda iqtisodchi olimlardan D. G‘ozibekov va T. Qoraliyevlar tomonidan quyidagi fikrlar bildirilgan: «Investitsiya iqlimi juda keng ma’noda ishlatiladigan tushuncha bo‘lib, investor tomonidan hisobga olinadigan barcha muammo va masalalarni mujassamlashtiradi. Investor tomonidan ma’lum bir mamlakatga kapital ajratishning qulay va noqulay tomonlari belgilanadi, shu bilan bir qatorda, o‘z kapitalini kiritmoqchi bo’lgan mamlakat mafkurasi, siyosati, iqtisodiyoti va madaniyatiga katta ahamiyat beriladi». 15 Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling