Investitsiyalarni
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
xorizhij investitsiyalarni zhalb qilishda investitsiya muhitini
Huquqiy omillar
1. Investitsiya faoliyati huquqiy asoslarining mustahkamlik darajasi 2. Investitsiya faoliyatini bevosita ta’minlovchi huquqiy asosning mustahkamlik darajasi 3. Investitsiya faoliyatining me’yoriy asoslari (farmonlar, qarorlar, qonunlar, nizomlar, yo’riqnomalar va h.k. ) 16 Jo’rayev A.S, Xo’jamqulov D.Y., Mamatov B. «Investitsiya loyihalari tahlili» Toshkent «Sharq»2007-59b 31 Biron mamlakatning investitsion muhitini tahlil qilinganda, amaldor nuqtai nazari emas, balki o’z mablag’ini daromad keltiruvchi loyihaga joylashtirmoqchi bo’lgan xorijiy investorlarning fikrlari ahamiyatlidir. Ularning fikricha investitsiya muhiti bir qator zaruriy omillarga bog’liq bo’lib, ularning mavjudligi investitsiya muhitining eng qulay bo’lishini ta’ minlaydi. Birinchisi, siyosiy barqarorlik bo’lib, uning mavjud bo’lishi investorning kelgusi ishlarini rejalashtirish va ishonch bilan oldinga intilishiga imkon beradi. U kuchli qonuniy tizimning mavjudligi, tashqi va ichki harbiy nizolar, hamda inqilobiy o’zgarishlarning bo’lmasligida namoyon bo’ladi. Ikkinchisi, iqtisodiy samaradorlik. Har bir investor iqtisodiy o’sish juda yuqori bo’lgan, hukumat iqtisodiyotni rivojlantirish borasida barqaror siyosat olib borayotgan mamlakat iqtisodiyotiga mablag’ sarflashni xohlaydi. Yana bir muhim omil mamlakatdagi hukumat rahbarlari, mehnat jamoalari, muholif partiya vakillari va xalqning xorijiy investorlarga nisbatan bo’lgan do’stona munosabatlaridir. Undan tashqari oddiy xalqning xorijliklarga, ularning mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatiga bo’lgan munosabati ham katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu omil ham investorlarning mamlakatdagi faoliyatlariga katta ta’sir o’tkazadi. Investitsiya muhitini yaxshilashdan maqsad investitsiya salohiyatini oshirish uchun zarur va maqbul shart-sharoitlarni yaratish, investitsiya faoliyatini jadallashtirish va pirovardida, iqtisodiyotni yuksaltirish, ijtimoiy muammolarni hal etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini yaratishdan iborat. Investitsiya muhitini yanada yaxshilash shartlaridan biri bank tizimini takomillashtirish, moliya bozorida raqobatni vujudga keltirish, naqd puldagi va naqd bo’lmagan puldagi operatsiyalarni amalga oshirishni yaxshilash, shuningdek xorijiy investorlarni axborot bilan ta'minlashni yaxshilashdan iboratdir Har qaysi investor ma’lum bir mamlakat va uning hududiga investitsiya kiritishdan avval o‘sha mamlakat va hududning investitsiya muhitini baholash, uning jozibadorligini aniqlashga harakat qiladi. Albatta, bunda yuqorida ko‘rib o‘tilgan omillar o‘rganiladi, tahlil qilinadi va shu asosda investitsiya qarorlari qabul qilinadi. Qabul qiluvchi mamlakatning investitsiya muhiti xorijlik investorlar tomonidan 32 baholanishida, birinchi navbatda, uning xavfsizligi, investitsiyalash maqsadlariga muvofiqligi, mamlakatga xos risklar darajasi, investitsiyalarni rag‘batlantirish tadbirlariga e’tibor qaratiladi. Xorijiy investor uchun yuqorida qayd qilingan barcha omillar muhimdir. Shuning uchun ham rivojlangan ko‘pgina mamlakatlarda investitsiya loyihalarini baholaydigan, investitsiyalar qo‘yilishiga talab bo‘lgan davlatlarning investitsiya muhitini o'rganadigan va aniq xulosa va ma’lumotlarni investorlar uchun taqdim etuvchi maxsus firmalar, tashkilotlar mavjuddir. Investitsiyalash borasidagi qo’shma loyihalar va qo’shma korxonalarni tashkil etishdagi risklarni hisobga olishda ko’pchilik xorijiy investorlar Beri indeksidan foydalanadilar. Ushbu indeks mamlakatdagi investitsiya muhitini turlicha salmoqqa ega bo’lgan 15 ta baholash mezonlari asosida hisoblab chiqadi. Har bir mezonga 0 dan (to’g’ri kelmaydi) 4 gacha (o’ta qulay) baho beriladi. To’plangan yuqori ball “barqaror mamlakat”ni anglatadi. Mamlakat to’plagan ball qanchalik yuqori bo’lsa, investitsiyalashdan olinishi mo’ljallangan foyda ham shuncha yuqori bo’lishi zarur, aks holda investitsiyalash asossiz hisoblanadi. Ushbu usulda baholash mezonlari va ularning qiymatlari quyidagilardan iborat: 1. Siyosiy barqarorlik (0,12). 2. Xorijiy investitsiyalarga bo’lgan munosabat (0,06). 3. Milliylashtirilishi xavfi (0,06), agar mamlakat qonunchiligida mulkni haq, to’lamasdan ekspropriatsiya qilish ko’zda tutilgan bo’lsa, 0 ball qo’yiladi. 4. Valyutaning devalvatsiya qilinish ehtimoli va darajasi (0,06). 5. To’lov balansining holati (0,06). 6. Biznesning byurokratlashish darajasi (0,04). 7. Iqtisodiy o’sish sur’ati (0,1). 8. Valyutaning erkin almashinuv darajasi (0,1). 9. Shartnoma majburiyatlarini bajarish soni (0,06). 10. Mehnat unumdorligi darajasi va ish haqi xarajatlari (0,08). O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga nisbatan Beri indeksi asosida investitsiya muhiti imitatsion baholangan bo’lib, u quyidagi jadvalda qayd etilgan: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling