Investitsiyalarni
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
xorizhij investitsiyalarni zhalb qilishda investitsiya muhitini
2. 2. 2-jadval
Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha chet el investitsiyalarining taqsimlanishi 31 Iqtisodiy faoliyat turlari 2016 yil. mlrd. so’m ekvivalentida yakunga nisbatan %da Jami 49476,8 100,0 Qishloq o’rmon va baliq xo’jaligi 123,0 1,1 Tog’-kon sanoati 4911,3 45,4 Ishlab chiqarish sanoati 1400,1 12,9 Qurilish 151,0 1,4 Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig’ish va utilizatsiya qilish 239,1 2,2 Ulgurji va chakana savdo; motorli trasport vositalari va motosikllarni ta’mirlash 181,0 1,7 Tashish va saqlash 1393,9 12,9 Yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar 3,4 0,03 Axborot va aloqa 754,4 7,0 Moliyaviy va sug’urta faoliyati 0,2 0,002 Professional, ilmiy va texnik faoliyat 3,3 0,03 Ta’lim 103,0 1,0 Sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko’rsatish 16,7 1,5 San’at, ko’ngil ochish va dam olish 0,1 0,001 Boshqa turdagi xizmatlar ko’rsatish 92,8 0,9 Yuqoridagi jadval orqali biz mamlakatimiz qaysi iqtisodiy faoliyat turlariga qanchalik xorijiy investitsiya va kreditlar jalb qilinganini bilishimiz mumkin. Bunda 31 Manba: O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi 55 2016 yilda eng ko’p miqdorda xorijiy investitsiya va kreditlar kiritilgan iqtisodiy faoliyat turlari tog’-kon sanoati 45,4 % va ishlab chiqarish sanoati esa 12,9 %ga to’g’ri keladi. Yana bu jadvaldan ko’rishimiz mumkinki, bunda qishloq,o’rmon va baliq xo’jaligi 1,1 %, qurilish 1,4 %, sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish 1,5 %ga to’gri kelganini ko’rish mumkin. Hozirda iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni chuqurlashtirish bilan birga, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, korxonalarni yangi texnika va texnologiyalar bilan qurollantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish muhimdir. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta’minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr energiyasi va to’qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar tarmog’i hamda boshqa yo’nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor e’tibor berilmoqda. Albatta bularni amalga oshirishda yurtimizga chet el investitsiyalarini kengroq jalb qilishimiz kerak. Iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali esa, avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr energiyasi va to’qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarini imkoniyatlarini kengaytirishimiz mumkin. Iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi, ularda keng imkoniyatlarni yaratilishi mamlakatning zamonaviy iqtisodiy rivojlanishi darajasini belgilaydi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi esa bevosita olib borilayotgan investitsiya siyosatiga bog’liqdir. Quyidagi jadval orqali ishlab chiqarish sanoatiga kiritilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar tuzilmasini ko’rishimiz mumkin. Bunda ishlab chiqarish sanoati bo’yicha 2016 yilda eng ko’p ulush 23,7% oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatiga to’g’ri keladi. Undan keyin esa to’qimachilik mahsulotlari va kiyim ishlab chiqarishga 23,2% to’g’ri keladi. Afsus bilan aytish mumkinki, ishlab chiqarish sanoati tarmoqlarida xorijiy investitsiya va kreditlar ajratilmagan tarmoqlar ham mavjud. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling