Investitsiyalarni


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/31
Sana19.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1607242
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
xorizhij investitsiyalarni zhalb qilishda investitsiya muhitini

2014 yil
 
2015 yil
 
2016 yil
 
1.
YaHM, mlrd.so`m
4736,3
5692,6
7093,8
2.
Sanoat mahsulotlari hajmi, mlrd.so`m
1651,7
2351,7 
2731,3
3.
Xalq iste’moli mollari hajmi, mlrd.so`m
1011,7
1504,2
1698,7
4.
Qishloq xo`jaligi mahsulotlari hajmi, mlrd.so`m
2236,8
2516,9
3034,0
5.
Asosiy kapitalga investisiyalar hajmi, 
mlrd.so`m
1220,6
 
1397,8
 
1451,4
 
6.
Qurilish ishlari hajmi, mlrd.so`m
1019,5
1145,5 
1306,3
7.
Chakana savdo aylanmasi hajmi, mlrd.so`m
2341,3
2 779 ,1
3 321,8
8.
Xizmatlar - jami, mlrd.so`m
2498,8
2603,4
2691,3
9.
shu jumladan, pullik xizmat ko`rsatish, 
mlrd.so`m
963,6
1198,3
X
10.
Tashqi savdo aylanmasi, mln. AQSH dollari
351,3
264,9 
282,3
11.
Eksport, mln. AQSH dollari
179,6
157,8
154,4
12.
Import, mln. AQSH dollari
171,7
107,1
127,9
13.
Tashqi savdo aylanmasi saldosi (+, -)
7,9
X
26,5
 
Yuqoridagi jadvalga e’tibor qaratadigan bo’lsak, Xorazm viloyatining asosiy 
makroiqtisodiy ko’rsatgichlari 2016 yilga o’sganligini ko’rishimiz mumkin. 2014 yilda 
viloyat YaHM hajmi 4736,3 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lsa bu ko’rsatgich 2016 
yilda 7093,8 mlrd. so’mga yetgan. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 2016 yilga kelib 
rivojlangan bo’lib, u 2016 yilda 2731,3 mlrd. so’mni tashkil qilgan. Asosiy kapitalga 
33
Manba: Statistik ma’lumotlar asosida muallif ishlanmasi 


59 
kiritilgan investitsiyalar hajmi esa 1220,6 mlrd. so’mdan 1451,4 mlrd. so’mga yetdi. 
Lekin 2016 yilda eksport va import sohalarida pasayish holatlari kuzatiladi. 
Bugungi kunda butun mamlakatimiz barcha hududlarida bo`lgani kabi, Xorazm 
viloyatida ham barqaror o`sish sur’atlari ta’minlanib, katta yutuq va marralar qo`lga 
kiritilmoqda. Buning tasdig`ini viloyat mehnatkashlari turli tarmoqlarda – bu sanoat, 
qurilish, qishloq xo`jaligi, madaniyat, sog`liqni saqlash, ilmu fan, ta’lim-tarbiya, sport 
sohalari bo`ladimi – bularning barchasida erishayotgan salmoqli natijalar misolida 
ko`rish, kuzatish mumkin. Viloyatda iqtisodiy o`sishning yuqori sur’atlari 
ta’minlanmoqda. Xususan, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 22-
noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan 2013-2015-yillarda Xorazm viloyati sanoat
salohiyatini rivojlantirish dasturi doirasida 308 miliondan ortiq investitsiya hisobidan 
432 sanoat korxonasi tashkil etildi. 2015 yilda sanoat, xizmat ko`rsatish va qishloq 
xo`jaligi sohalarida jami 559 mlrd.so`m miqdoridagi investitsiyalar o`zlashtirilishi 
hisobiga 1725 ta loyihalar amalga oshirildi hamda 11,6 mingta yangi ish o`rinlari 
yaratildi. Yurtimiz rahbari 2016 yil yanvar oyida viloyatimizga tashrif buyurdilar va 
tashrifi doirasida mamlakatning barcha hududlari qatori Xorazm viloyati iqtisodiyotini 
ham modernizatsiya qilish, qishloq xo’jaligi, to’qimachilik, tibbiyot, turizm, san’at va 
boshqa sohalarini yanada rivojlantirishga oid aniq rejalarni bayon etdilar. Hudud 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga omil bo’luvchi bir qancha investitsion loyihalar bilan 
tanishdilar.
Hudud sanoatini rivojlantirishda bir qancha istiqbolli yangi loyihalar amalga 
oshirilmoqda. Bu loyihalarni amalga oshishida, samarali faoliyat yuritishida 
investitsiyalar o’rni juda muhimdir. Xususan, Yangiariq tumanida tashkil etiladigan 
ip-gazlama ishlab chiqarish korxonasi loyihasi. Avvalgi “Yangiariq tekstil” 
mas’uliyati cheklangan jamiyati binosida ish boshlaydigan yangi korxonada yiliga 
qariyb 20 million kvadrat metr mahsulot ishlab chiqarish, 6 million dollarlik 
mahsulot eksport qilish, 150 ish o’rni yaratish rejalashtirilgan. “O’zbekneftgaz” 
kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan plastmassa zavodi loyihasida ham 3,5 
ming. tonna polietilen va polipropilen granulalarini qayta ishlash asosida turli 
sig’imli suv idishlari, shuningdek, yashik va qutilar ishlab chiarish mo’ljallanmoqda.


60 
Bundan tashqari, Hazorasp tumanida “Damas”, “Orlando” va “Labo” avtomobillari 
ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
Qishloq xo’jaligi tarmog’ida ham bir necha istiqbolli loyihalarni amalga 
oshirilmoqda. Jumladan, Xiva tumanidagi “Boltaboy oqsoqol” fermer xo’jaligida 
tashkil etilgan baliqchilik kompleksida 232 gektar havzada baliq yetishtirilmoqda. 
O’tgan yili 490 tonna baliq yetkazib berilgan. Fermer xo’jaligida Vetnam 
texnologiyasi asosida baliq yetishtirish va uni qayta ishlashni yo’lga qo’yish 
rejalashtirilgan. Bu texnologiya uvildiriqlarni intensiv usulda yetishtirish va 
havzalarga yuqori tig’izlikda o’tkazishga ixtisoslashgan. Odatda, bir gektarlik 
havzadan o’rtacha 15-20 sentner baliq olinsa, Vetnam texnologiyasi samarasida bu 
ko’rsatgich 400 sentnergacha yetadi. Korxonada yiliga 300 tonnadan ortiq mahsulot 
tayyorlash, 20 ish o’rni yaratish mo’ljallangan. Yana bir loyiha “Xiva naslli 
parranda” MCHJ tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilgan parrandachilik markazi 
loyihasi hisoblanadi. “O’zsanoatqurilishbank” mablag’lari yo’naltirilayotgan ushbu 
loyihaning umumiy qiymati 11 milliard so’mni tashkil etadi. Korxonada Italiya va 
Xitoy uskunalari asosida yiliga 51 million dona tuxum, 1 million 40 ming dona jo’ja 
yetishtirish mo’ljallanmoqda. Korxonada 50 ish o’rni yaratiladi. Yana bir istiqbolli 
loyiha 
– zamonaviy tipdagi chorvachilik kompleksini ishga tushirish 
mo’ljallanmoqda. Xalq banki krediti asosida “Tillo domor” xususiy korxonasi 
tomonidan tashkil etiladigan ushbu majmuada 2 ming bosh qoramol boqish, yiliga 4 
ming 100 tonna sut, 200 tonna go’sht tayyorlash rejalashtirilgan. Kompleksda 90 ga 
yaqin ishchi o’rbi yaratiladi. 
Hududlar investitsiya muhitini shakllantirish davlat siyosatining muhim 
shartlaridan biri bo’lib, u respublikadagi tuman, shahar va viloyatlarning har birini 
o’ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ishlab 
chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta ta’minlash, ular 
o’rtasida raqobat muhitini faollashtirish, bozor infratuzilmasini takomillashtirish kabi 
ustuvor masalalarni hal qilishga qaratilgandir. Mazkur ustuvor masalalarning 
kombinatsion yechimi va ularning samarasi huquqiy ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy 
omillar tasnifi va tavsifining hududlar bo’yicha tabaqalashtirilgan holda qabul 


61 
qilinadigan chora- tadbirlar rejasiga bog’liq. Demak, maqbul investitsiya muhitining 
o’ziga xos jozibasi va hayotiyligi huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy omillarning 
ta’sirida shakllanib, rivojlanar ekan, uni ilmiy –amaliy nuqtai nazardan o’rganish, 
tadqiq etish va mazmun-mohiyatini ochib berish shu davrning muhim vazifalari 
qatoriga kiradi. Hudud iqtisodiy o’sishining asosiy omillari sifatida yaratilgan 
investitsiya muhitining o’ziga xos tavsiflarini keltirib o’tish mumkin. Ularga 
huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy omillardan iborat bo’lgan kompleks tavsiflar 
kiradi. Xususan, huquqqiy tavsifdagi omilga e’tibor qaratadigan bo’lsak, birgina 
o’tgan yil davomida ushbu yo’nalishdagi say-harakatlar yana ikkita muhim hujjat 
bilan takomillashtirildi. Jumladan, 2016 yilning 5 va 26 oktabr kunlari Birinchi 
Prezidentimizning “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, 
xususiy mulknihar tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat 
jihatdan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi hamda “Erkin 
iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida”gi farmonlari qabul qilindi.
Bundan tashqari, Xorazm viloyati iqtisodiy jihatdan o’sishi va investitsiyalar 
faolligini oshirish uchun maqbul investitsiya muhitini shakllantirish borasida 
huquqiy jihatdan viloyatda qabul qilingan qarorlar takomillashtirildi. Jumladan, 
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentining 2012 yil 6 dekabr PQ-1874 
sonli “Xorazm viloyatining obodonchilik va aholi suv ta’minotini tubdan yaxshilash, 
Urganch shahar bosh rejasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi, 2012 
yil 22 noyabr, PQ-1856 sonli "Xorazm viloyatini 2013-2015 yillarda sanoat 
salohiyatini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”, 2013 yil 20 mart, PQ-1940 "2013-
2015 yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi 
qarorlari, 2016 yil 2-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal 
rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni Xorazm 
viloyatining iqtisodiy rivojlanishida muhim hisoblandi. 
Investitsiya muhitini shakllantirish viloyat iqtisodiy o’sishini yanada rivojlantirish, 
viloyatga investitsiyalar kiritilishini ko’paytirish uchun yana bir necha huquqiy me’yoriy 
hujjatlarning qabul qilingani muhim hisoblanadi. Bu O’zbekiston Reapublikasi 


62 
Prezidentining 2017 yil 31 martdagi “O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo’yicha 
davlat qo’mitasi tashkil etish to’g’risida”gi hamda “ “Urgut”, “G’ijduvon”, “Qo’qon” va 
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to’g’risida”gi farmonlari g’oyat 
ahamiyatlidir. Bu farmonlar mamlakatda investitsiya salohiyatini to’liq ro’yobga 
chiqarish, investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, yillik investitsiya dasturlarini 
sifatli ishlab chiqarish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yetakchi chet el kompaniyalari 
va bank tizimlari bilan hamkorlikni kengaytirish, EIZlarda sanoat ishlab chiqarishni 
kengaytirish, ishlab chiqarishda yuqori texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini 
yaratadi.
Mamlakatni, undagi barcha hududlarni har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishda mamlakatimiz o’z davlat dasturlarini amalga oshiradi. Mamlakatni 
ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishda eng muhim bo’lgan davlat dasturlaridan biri bu 2017-
2021-yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha 
Harakatlar strategiyasidir. Harakatlar strategiyasining aynan uchinchi yo’nalishi 
iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga qaratilgan. 2017-2021 yillarda 
umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollari miqdoridagi 649 ta investisiya loyihasini 
nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro`yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada 
keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki 
mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog`i ulushi 80 foizdan 
85 foizgacha oshadi.
34
Iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish tuzilishini takomillashtirishda quyidagilarga 
e’tibor qaratish maqsadga muvofiq: 

YaIMda investitsiyalarning ancha yuqori ulushga ega bo’lishiga erishish. Ushbu 
maqsadlar uchun 2017-2021 yillar davomida oxirgi 5 yil mobaynidagi investitsiyalrga 
qaraganda 2 barobar ko’p, jami 77,4 mlrd dollar miqdoridagi investitsiyalarni 
yo’naltirish mo’ljallanmoqda. Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning YaIMga 
nisbatan ulushi 24 foizdan kam bo’lmasligi tarkibiy o’zgartirishlarni jadal amalga 
oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishni ta’minlaydi; 
34
O
’zbekiston Respublikasi Prezidentining “
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar 
strategiyasi to’g’risida
”gi 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947 sonli farmoni.


63 

Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi nomuvozanatlikni qisqartirish ( 2017 yilda 
3-5 foizgacha); 

Chet el investitsiyalarining faol jalb qilinishini ta’minlash. 2017-2021 yillar 
davomida 13 milliard dollardan ziyod yoki o’tgan besh yildagiga nisbatan 1,7 barobar 
ko’p to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishi ta’minlanadi. 2017 yilda 3,9 
miliard dollardan ziyod xorijiy investitsiya va kreditlarni o’zlashtirilishi, uning qariyb 76 
foizini to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar tashkil etilishi ko’zda tutiladi; 

Investitsion resurslar taqsimlanishida qayta ishlovchi sanoat ustuvorligiga erishib 
borish (2017 yilda 52 foizga yetkazish).
Hududlar 
ijtimoiy-iqtisodiy 
kompleks 
rivojlanishida, 
ishlab 
chiqarishni 
takomillashtirishda o’z hududlar doirasida ham davlat dasturlani ishlab chiqadi. Bunda 
hududlarda sanoat, qishloq xo’jaligi, xizmat ko’rsatish sohalarida amalga oshiriladigan 
loyihalar belgilanadi. Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlari 
loyihalarini ishlab chiqishda viloyatning mavjud salohiyatini, jadal rivojlantirishning 
asosiy omil va yo’nalishlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hozirgi holati asos qilib 
olinadi. Dasturlar doirasida viloyatning butun iqtisodiy, ijtimoiy sohalarida amalga 
oshirilishi muhim bo’lgan ishlar, qaysi sohalarni rivojlantirish, investitsiyalar kiritish 
borasida muhim loyihalarni bajarish belgilanadi. Shu o’rinda viloyat tarmoq va 
sohalariga investitsiyalar kiritishida o’z investitsiya muhitini, investitsiya kiritilayotgan 
korxonalar va tashkilotlar investitsiya muhitini shakllantirish muhim masalalardan biri 
bo’lib qoladi.
“Xorazm viloyatini 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi” 
doirasida sanoat, xizmat ko`rsatish va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab 
chiqarish sohalari bo`yicha 2 079,8 mlrd. so`m hamda 97,0 mln. dollar miqdoridagi 
investitsiyalar o`zlashtirilishi hisobiga jami 5 957 ta loyihalarni amalga oshirish, 
natijada 41 719 ta yangi ish o`rinlarini yaratish belgilangan. Jumladan dastur 
doirasida 2016 yilda jami 479,4 mlrd. so’m o’zlashtirilishi hisobiga 2 180 ta 
loyihalarni amalga oshirish, ular hisobiga 12 722 ta yangi ish o’rinlarini tashkil etish 
ko’zda tutilgan. Xususan, 
- sanoat yo`nalishida 415 ta (195,9 mlrd. so`m 5 811 ta ish o`rni); 


64 
- xizmatlar sohasida 1 101 ta (177,4 mlrd.so`m, 4 806 ta ish o`rni); 
- qishloq xo`jaligida 664 ta (106,2 mlrd.so`m, 2 105 ta ish o`rni)
2016 yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatda jami 2 180 ta (yillik rejaga 
nisbatan 100,0%) loyiha amalga oshirilib, ular hisobiga 450,0 mlrd.so`m 
miqdorida investitsiya o`zlashtirildi hamda 12 891 ta (101,3%) yangi ish o`rinlari 
yaratildi. Jumladan, sanoatda 415 ta (196,5 mlrd.so`m, 5 849 ta ish o`rni)
xizmatlar sohasida 1 101 ta (161,4 mlrd.so`m, 4 867 ta ish o`rni)qishloq xo`jaligi 
yo`nalishida 664 ta (92,1 mlrd.so`m, 2 175 ta ish o`rni). 
Sanoat salohiyati oshirish borasida joriy yilning yanvar-dekabr oylarida dastur 
doirasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun 108,0 mlrd.so`m (reja 107,9 
mlrd.so`m) miqdorida tijorat banklari kreditlari jalb qilindi. Misol uchun: 
-oziq-ovqat sanoatida: “Turist savdo” xususiy korxonasi non va non 
mahsulotlari, “Sardor Raxim” firmasi va Yakka tadbirkor “Panayeva Adolat” 
tomonidan qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish “BEST MEAT” MCHJ 
tomonidan go’sht mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish loyihalari amalga 
oshirildi;
- yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish “Qatqal’a teks” MCHJ 
korxonasida paypoq mahsulotlarini ishlab chiqish yo’lga qo’yildi; 
- qurilish materiallari sanoatida “Xorazm Yangibozor g’ishtlari” MCHJ 
tomonidan g’isht mahsulotlari ishlab chiqarish, “MUZAFFAR GROUP” MCHJda 
temir beton ishlab chiqarish, “Qoratosh Granit Uchqun” MCHJ cho’yan buyumlar 
ishlab chiqarish (quduq qopqoqlari) tashkil qilish loyihasi.
Qishloq xo’jaligi sohasida 2017-yilning yanvar holatiga 664 ta (reja 664) 
loyihaga 92,1 mlrd.so`m (106,2 mlrd.so`m)shundan bank krediti 15,9 mlrd.so`m 
(54,5 mlrd.so`m) miqdoridagi investitsiyalar kiritish hisobiga 2 175 ta (2105 ta) 
yangi ish o’rinlari tashkil qilindi. 
Shuningdek, Dasturning xizmat ko`rsatish va servis sohasi yo`nalishi bo`yicha 
2016 yilning yanvar-dekabr oylari davomida umumiy qiymati 161,4 mlrd. so`mlik 


65 
(reja 177,4 mlrd.so`m) 1101 ta (1101 ta ) loyihalar amalga oshirildi va 4867 ta 
(4806) yangi ish o’rinlari yaratildi. 
Jumladan, mazkur Dastur doirasida Urganch shahridagi “Med kompleks” 
MCHJ tomonidan tibbiy xizmat ko`rsatish klinikasi, Qo`shko`pir tumanidagi 
“Semrug` oil” MCHJ tomonidan avtomobillarga siqilgan gaz (metan) quyish 
shoxobchasi, Yangiariq tumanida “Maxliyo Jo`rabek” xususiy korxonasi 
tomonidan to`yxona tashkil qilish loyihalari foydalanishga topshirildi.
2017-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida sanoat, 
xizmat ko`rsatish va qishloq xo`jaligi yo`nalishlarda 4 ming 886 ta loyihalarga 
umumiy qiymati 2 trln. 767 mlrd. so`m miqdorida investitsiyalar kiritilishi va 25 
ming 164 ta yangi ishchi o`rinlari yaratilishi belgilab olindi. Xususan, umumiy 
qiymati 1 trln. 117 mlrd. so`m (shundan, 644,7 mlrd. so`m bank krediti va 
investitsiyasi) investitsiya o`zlashtirilishi hisobiga 2017 yilda 2 609 ta istiqbolli 
loyihalar amalga oshirilishi hamda 14 587 ta yangi ishchi o`rinlari yaratilishi 
kutilmoqda. Jumladan: 
- sanoat yo`nalishida – 473 ta loyiha (investitsiya qiymati
491,2 mlrd.so`m, yaratiladigan ish o`rni 5 839 ta); 
- ximat ko`rsatish va servis sohasida – 1 202 ta loyiha (investitsiya qiymati 
394,2 mlrd.so`m, yaratiladigan ish o`rni 4 903 ta); 
- qishloq xo`jaligi yo`nalishida – 934 ta loyiha (investitsiya qiymati 232,1 
mlrd.so`m, yaratiladigan ish o`rni 3 845 ta). 
2017 yilda Dastur doirasida jami 473 ta loyihaga umumiy qiymati 491,2 
mlrd.so`m o`zlashtirilish natijasida 5 839 ta yangi ish o`rinlari yaratish 
rejalashtirilgan.
Dasturga kiritilgan sanoat loyihalarning 36,6 foizi (173 ta) oziq-ovqat sanoati 
yo`nalishi, 10,1 foizi (48 ta) yengil sanoat, 3,8 foizi (18 ta) farmasevtika sanoati, 
3,6 foizi (17 ta) charm-poyabzal sanoati, 30,7 foizi (145 ta) qurilish materiallari 
sanoati, 5,3 foizi (25 ta) kimyo va elektrotexnika sanoati, 9,9 foizi (47 ta) boshqa 
turdagi nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo`nalishida amalga oshiriladi. 


66 
SHuningdek, 2017-2018 yillarda oziq-ovqat sanoati yo`nalishi doirasida amalga 
oshirilishi belgilagan loyihalarning 58 tasi (20,2 ming.tonna) meva-sabzavot 
mahsulotlari ishlab chiqarish 
22 tasi (quvvati 3,0 ming.tonna) go`sht mahsulotlari, 31 tasi sut
(8,8 ming.tonna) mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan loyihalar 
hisoblanadi. 
Buguni kunda qishloq xo`jaligining 7 ta ustuvor yo`nalishi bo`yicha tijorat 
banklar mas’ul etib biriktirilgan bo`lib, ular tomonidan 2017 yilning o`zida 
umumiy qiymati 232,1 mlrd.so`mlik jami 934 ta loyihalar amalga oshirilishi 
belgilandi. Jumladan: 
Meva-sabzavotchilik bo`yicha (mas’ul - Milliybank) – 429 ta loyiha (98,8 
mlrd. so`m, shundan 53,4 mlrd.so`m kredit); 
- Urganch shahrida “Taraqqiyot Imkoniyat” MCHJ tomonidan 4,0 mlrd.so`m 
(3,0 mlrd.so`m bank krediti) investitsiya kiritish hisobiga 1500 tonna mahsulot 
saqlash quvvatiga ega zamonaviy sovutkichli sig`im tashkil qilinishi natijasida 5 ta 
yangi ish o`rinlari yaratish; 
Uzumchilik bo`yicha (Asakabank) – 85 ta loyiha (3,9 mlrd.so`m, shundan 1,6 
mlrd.so`m kredit); 
- Bog`ot tumanida “Xorazm uzumi tayyorlov savdo” MCHJ tomonidan
2,5 mlrd.so`m (1,4 mln.so`m bank krediti) investitsiya kiritish hisobiga
100 gektar tokzor tashkil qilish natijasida 1500 tonna uzum yetishtirish 
quvvatlari yaratilib, 65 ta yangi ish o`rinlari tashkil etish. 
CHorvachilik bo`yicha (Xalq bank) – 159 ta loyiha (32,5 mlrd. so`m, shundan 
18,5 mlrd.so`m); 
- Urganch tumanida “Quvondiq” fermer xo`jaligi tomonidan 
1,1 mlrd.so`m (400 mln.so`m bank krediti) investitsiya kiritish hisobiga


67 
100 bosh qoramol boqishga mo`ljallangan qoramolchilik kompleksini tashkil 
qilish natijasida 30 tonna go`sht ishlab chiqarish quvvatlari yaratish, 10 ta yangi ish 
o`rinlari tashkil etish; 
Parrandachilik (O`zsanoatqurilishbank) – 42 ta loyiha (56,3 mlrd. so`m, 
shundan 25,1 mlrd.so`m); 
- Xonqa tumanida “FEEDGRAN” ASK MCHJ tomonidan 19,5 mlrd.so`m
(9,5 mlrd.so`m o`z mablag`i, 10,0 mlrd.so`m bank investitsiyasi) investitsiya 
kiritish hisobiga parrandachilik kompleksini tashkil etish, tuxumni eksport kilish 
uchun saralash va qadoklash quvvatlari tashkil qilish natijasida 50 ta yangi ish 
o`rinlari; 
- Qo`shko`pir tumanida “Qo`shko`pir Parranda” MCHJ tomonidan 
15,0 mlrd.so`m (10,0 mlrd.so`m bank krediti) investitsiya kiritish hisobiga 
parrandachilik kompleksi tashkil qilinishi natijasida 50 ta yangi ish o`rinlari 
yaratish; 
Asalarichilik (Aloqa bank) – 110 ta loyiha (5,3 mlrd.so`m, shundan 2,3 
mlrd.so`m); 
- YAngiariq tumanida “Gullanbog` boyot” MCHJ tomonidan 
200,0 mln.so`m (100,0 mln.so`m bank krediti) investitsiya kiritish hisobiga 
asalarichilik kompleksi tashkil qilinishi natijasida 6 ta yangi ish o`rinlari; 
Baliqchilik bo`yicha (Ipoteka bank) – 100 ta loyiha (32,6 mlrd. so`m, shundan 
19,2 mlrd.so`m); 
- Xiva tumanida “Boltaboy oqsaqol” fermer xo`jaligida 10,8 mlrd.so`m (5,6 
mlrd.so`m bank krediti) hisobiga 400 gektar maydonda baliqchilik kompleksi, 500 
tonna mahsulotni qayta ishlash, 1000 tonna mahsulot saqlash quvvatlari tashkil 
qilish natijasida 100 ta yangi ish o`rinlari; 
Quyonchilik (Mikrokredit bank) – 9 ta loyiha (2,8 mlrd.so`m, shundan 757 
mln.so`m). 


68 
- Urganch tumanidagi “Xorazm quyon savdo” MCHJ tomonidan 1,6 
mlrd.so`m (1,5 mlrd.so`m bank investitsiyasi) investitsiya kiritish hisobiga 5 ming 
bosh quyon boqish quvvatlari tashkil qilinishi natijasida 0,3 tonna quyon go`shti 
ishlab chiqarish quvvatlari yaratilib, 12 ta yangi ish o`rinlari). 
Xorazm viloyatini 2017-2018 yillarda kompleks rivojlantirish dastur doirasida 
amalga oshiriladigan sanoat va qishloq xo`jaligi yo`nalishlaridagi 2 380 ta 
investision loyixalarni foydalanishga topshirish natijasida 167 ta korxonalar 
tomonidan 144,2 mln. dollarlik mahsulotlarni eksportga chiqarish bo`yicha 
qo`shimcha zahirani tashkil etish imkoniyati paydo bo`ladi. 
2017-2018 yillarda Xorazm viloyatida sanoat, qishloq xo’jaligi va xizmat 
ko’rsatish loyihalarining ko’rsatkichlarini tasdiqlash to’g’risida Vazirlar 
Mahkamasi qaror qabul qildi. Bu qaror 2017-2018 yillarda Xorazm viloyatida 
sanoat, qishloq xo’jaligi va xizmat ko’rsatish loyihalarining ko’rsatkichlarini o’z 
ichiga oladi. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling