Investitsiyalarni
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
xorizhij investitsiyalarni zhalb qilishda investitsiya muhitini
1. 3. 2-jadval
O’zbekiston Respublikasi investitsiya muhitining imitatsion baholanishi 17 № BERI indeksi mezonlari Bahosi Salmog’i % Indeks 1. Siyosiy barqarorlik 4 12 0,48 2. Xorijiy investitsiyalar va foydaga munosabat 3 6 0,18 3. Milliylashtirish 2 6 0,12 4. Devalvatsiya 0 6 0 5. To’lov balansi 1 6 0,006 6. Rasmiyatchilik masalalari 1 4 0,04 7. Iqtisodiy o’sish sur’atlari 1 10 0,01 8. Valyutani konvertirlanganligi 1 10 0,01 9. Shartnomani amalga oshirish imkoniyati 3 6 0,18 10. Ish haqi va mehnat unumdorligiga xarajatlar 2 8 0,16 11. Ekspertlar va marketing xizmatlaridan foydalanish imkoniyati 1 2 0,02 12. Aloqa va transportni tashkil etish 1 4 0,04 13. Mahalliy boshqaruv va hamkor 3 4 0,12 14. Qisqa muddatli kredit 1 8 0,08 15. Uzoq muddatli kredit va shaxsiy kapital 2 8 0,16 16. JAMI 100 1,61 17 Imomov H. H “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” o’quv qo’llanma.T:2011- 120 b 34 Mamlakat riskining o’rtacha tortilgan bali quyidagi formula yordamida aniqlanadi (BERI indeks): bu yerda: K i ,J i — tegishli ravishda, omilni baholovchi mezonlarning ballardagi qiymati va vaznli koeffitsiyenti Bundan tashqari, investitsiya muhitini baholashda turli yondashuvlar mavjud. Ushbu yondashuvlar bir- biridan investitsiya muhitini tashkil etuvchi omillarni to’liq yoki qisman qamrab olishi bilan farq qiladi. Tahlillar ko’rsatishicha, «Standart va Poors» («Standard & Poor’s»), «Modus» («Moody's») va «Fitch ABKA» («Fitch IVSA») jahondagi eng yirik reyting agentliklardan hisoblanadi. Ushbu agentliklar emitentning qarz majburiyatlarini ko’rsatilgan muddatda va to’laqonli bajara olish imkoniyatlari va emitentlarning kredit bera olish qobiliyatiga baho beradilar. Agentliklar tomonidan ishlab chiqilgan va tuzilgan reytinglar mamlakat investitsiya muhitini ma’lum darajada baholash imkonini beradi. Masalan, «Standard & Poors» uslubiyatiga ko’ra, uzoq, muddatli reyting eng yuqori «AAA» ko’rsatkichidan eng quyi «D» ko’rsatkich oralig’ida o’zgarib boradi. «AA» dan «SSS» ko’rsatkichigacha bo’lgan oraliq, reytingi «musbat» (+) yoki «manfiy» (-) belgilar bilan to’ldirib borilishi mumkin va ular asosiy ko’rsatkichlarga tegishli bo’lgan oraliq ko’rsatkichlar hisoblanadi. Qarz majburiyatlarini bajarish sifati reytingning quyidagi ko’rsatkichlari orqali baholanadi: AAA — qarz majburiyatlarini ko’rsatilgan muddatda va to’liq bajarishning eng yuqori qobiliyatini aks ettiradi; AA — qarz majburiyatlarini ko’rsatilgan muddatda va to’liq bajarishning yuqori qobiliyatini anglatadi; A — qarz majburiyatlarini o’z vaqtida va to’liq bajarishning nisbatan yuqori qobiliyati, ammo tijorat, moliya va iqtisodiy sharoitlardagi salbiy o’zgarishlar ta’sirini ifodalaydi; VVV — qarz majburiyatlarini o’z vaqtida va to’liq bajarishning yetarli darajadagi qobiliyati bo’lib, moliya va iqtisodiy sharoitlardagi salbiy o’zgarishlar 35 ta’sirining yuqori darajada sezilishini ifodalaydi; V - moliya va iqtisodiy sharoitlardagi salbiy o’zgarishlar ta’sirining keskin sezilishi hamda qarz majburiyatlarini ko’rsatilgan muddatda va to’liq bajarish imkonining mavjudligini bildiradi; SSS — emitentning qarz majburiyatlarini bajarmaslik ehtimolining mavjudligi bo’lib, qarz majburiyatlarining o’z vaqtida bajarilishi esa qulay tijorat, moliyaviy va iqtisodiy shart-sharoitlar bilan belgilanadi; SS — hozirgi davrda emitentning qarz majburiyatlarini bajarmaslik ehtimolining yuqori ekanligini ifodalaydi; S — emitentga nisbatan bankrotlik yoki prosedurasi ko’zg’atilgan holda to’lovlar yoki qarz majburiyatlarining bajarilishi davom etayotganligini bildiradi; SD — boshqa qarz majburiyatlarini ko’rsatilgan muddatda va to’liq, to’lanayotgan sharoitda ushbu qarz majburiyati bo`yicha tanlanma defolt mavjudligini aks ettiradi; D — qarz majburiyatlari bo`yicha defoltni ifodalaydi. «AAA», «AA», «A» va «VVV» kategoriyalari reytingi investitsion klass reytinglari hiisoblanib, «VV», «V», «SSS», «SS» va «S» kategoriyalari reytingi esa spekulyativ klassga ma’lum darajada kiradi. Kredit reytinglarini ishlab chiqishning asosiy tashkiliy qismi ularning o’zgarishini prognozlash hisoblanadi. Prognozning quyidagi tavsiflari keng qo’llaniladi: «ijobiy» (reytingning ko’tarilishi ehtimoli), «salbiy» (reytingning pasayishi ehtimoli) va «barqaror» (reytingning o’zgarishi kuzatilmaydi). Reyting agentliklari tomonidan reyting o’zgarishi tendensiyalarini aniqlash murakkab bo’lgan holatda «rivojlanayotgan» prognoz tavsifidan foydalaniladi va u reytingning ko’tarilishi yoki pasayishi ehtimoli borligini anglatadi. Rossiya iqtisodiy hududlarining investitsiya jozibadorligini baholashda qo’llaniladigan «Ekspert» haftanomasi uslubiyati. Ushbu uslubiyatga muvofiq investitsiya muhitiga ta’sir qiluvchi investitsiya risklarining quyidagi turlari ajratib ko’rsatiladi: — huquqiy (investitsiyalashning huquqiy shartlarini, alohida ishlab chiqarish 36 omillari tarkibini aks ettiradi); — siyosiy (siyosiy barqarorlik darajasini hisobga oladi); — ijtimoiy (ijtimoiy holat darajasi hisobga olinadi); — noqonuniy (mintaqada jinoyatchilik darajasini hisobga oladi); — moliyaviy (hududiy budjet va korxonalar moliyasining muvofiqlashganlik darajasini aks ettiradi); — iqtisodiy (mintakaning iqtisodiy rivojlanish darajasini hisobga oladi); — ekologik (atrof-muhitning ifloslanish darajasini hisobga oladi). Rossiyada o’tkazilgan reytinglar natijasiga ko’ra mamlakatdagi investitsiya muhitining yaxshilanishi ustun darajada investitsiya sohasidagi qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlar bilan bog’liq ekanligi aniqlangan. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling