Investitsiyalarni


Invеstitsiya bilan ta'minlashda


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/31
Sana19.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1607242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
xorizhij investitsiyalarni zhalb qilishda investitsiya muhitini

Invеstitsiya bilan ta'minlashda 
ishtirоk etishning хususiyatiga ko`ra: 

To’g’ridan-to’g’ri;

Portfel

Qayta ishlab chiqarish 
shakllariga ko`ra: 
 

yangi lоyiha bo`yicha 
ishlash; 

kоrхоna ishlab chiqarish 
quvvatini оshirish; 

kоrхоnani qayta tiklash; 

tехnik 
qayta 
qurоllantirish

Mоliyaviy хavf darajasiga 
ko`ra: 

minimal хavf darajasidagi 
mоliyaviy invеstitsiyalar; 

хavf tug`diradigan
INVЕSTITSIYALAR

Invеstitsiya 
kiritiladigan davriga 
ko`ra: 
 

qisqa 
muddatli 
invеstitsiyalar;

uzоq 
muddatli 
invеstitsiyalar.
1. 1. 1-chizma. Xorijiy investitsiyalarining tasniflanishi.
8
8
Xorijiy investitsiyalar” o’quv-uslubiy majmua. Urganch-2015- 22 b. 


12 
Maqsadiga ko`ra xorijiy investitsiyalar to’g’ridan-to’g’ri va portfel 
investitsiyalarga bo`linadi.
To’g’ridan-to’g’ri – bu kapitalning to`g`ridan-to`g`ri eksporti bo`lib, 
investitsiya kirituvchiga shu korxona ustidan nazorat qilish huquqini beradi. Bunda 
korxona asosiy kompaniyaning xorijdagi shahobchasiga aylanadi. To’g’ridan-
to’g’ri xorijiy investitsiyalar asosan xususiy tadbirkorlik kapitali shaklida bo`ladi. 
Bu xorijiy kapitalning uzoq muddatli kiritilishi bo’lib, investor tashkil qilayotgan 
firma aksiyalari yoki aksioner kapitaliga to’la ega bo’lish yoki kamida 10 foizi 
xo’jalik faoliyatining ta’sirchan nazorat qilinishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston 
iqtisodiyotini 
rivojlantirishda 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
xorijiy 
investitsiyalarning ahamiyati beqiyosdir. Milliy iqtisodiyotga TTXIni jalb qilish va 
ulardan samarali foydalanish holati ichki bozor hamda eksportning hajmi, tabiiy va 
mineral resurslar, malakali ishchi kuchi mavjudligi, bozor islohotlarining amalga 
oshirish sur’atlari, iqtisodiy barqarorlik omillari bilan bog’liqdir. To‘g‘ridan-to‘g‘ri 
xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarish kapitalini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tovar va 
xizmatlar ishlab chiqarishga yo'naltirishni anglatadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar har qanday holatda ham xorijiy 
investorga investitsiyalash obyekti bo‘lgan korxona, firmalarning ishlab chiqarish 
faoliyatini boshqarishda samarali ishtirok etishini ta’minlaydi. 
Shu bilan birga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar TTXI qabul qiluvchi 
mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir o’tkazishi ham mumkin: 
> milliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan kuchli raqobatchining kirib kelishi; 
> korxonani keyinchalik muqobil ishlab chiqarishini tugatish maqsadida yopib 
yuborish; 
> atrof-muhitning ifloslanishi, chunki xorijiy kapital o’z vatanida taqiqdangan 
zararli ishlab chiqarishni chetga chiqarishga harakat qiladi; 
> eksportyor mamlakatda raqobatbardosh bo’lmay qolgan kapitalning kirib 
kelishi; 
> erkin tadbirkorlik muhitiga zarar yetkazuvchi monopol bozorning o’rnatilish 
xavfi; 


13 
Shunga qaramay, TTXI milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, 
ular ichki jamg’armalar darajasidan ko’proq miqdorda kapital jamgarish, to’lov 
balansini qo’llab-quvvatlash va import qilish imkoniyatini kengaytirish orqali 
iqtisodiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. 
TTXI ikki maqsadda yo`naltiriladi: 

yangi kompaniya tashkil etish; 

bankrot bo`lgan kompaniyalarni xarid qilish. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar: 
— 
investorga investitsiya kiritilayotgan obyekt ustidan nazorat qilish huquqini 
beruvchi ishlab chiqarishga sarflangan uzoq muddatli xorijiy qo‘yilmalarni; 
— 
pirovard maqsadi foyda ko'rinishida daromad olishga qaratilgan tadbirkorlik 
kapitalining ustuvor shaklini; 
— 
xususiy kapitalga asoslangan to‘g’ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni; 
— 
xorijiy investorning investitsiya kiritilayotgan obyekt ustidan to‘liq egalik 
qilishini; 
— 
xorijiy investor tomonidan investitsiya kiritilayotgan obyekti ustav kapitalining 
10 %dan kam bo'lmagan qismi ustidan nazorat o‘rnatishini; 
— 
xorijiy investorning investitsiya kiritilayotgan obyektlarni boshqarishda 
samarali qatnashishini; 
— 
mustahkam iqtisodiy munosabatlarni o‘rnatish hamda korxona ustidan nazorat 
huquqini qo‘lga kiritish maqsadida kapital va resurslarning transchegaraviy harakatini 
qamrab oladi.
O‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni 
jalb qilishning jozibadorligini belgilovchi omillarni besh guruhga bo‘lish mumkin: 
— 
bozor omillari (ichki bozor va eksport imkoniyatlari); 
— 
boy tabiiy resurslaming mavjudligi; 
— 
ishlab chiqarish xarajatlari omillari; 
— 
investitsiya muhiti; 
— 
mamlakatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasi
.


14 
Quyidagi portfel va bevosita investitsiyalar o`rtasidagi farq jadval ko`rinishida
yaqqol tasvirlab berilgan. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling